Salom blogimning o’quvchilari! Siz bilan yana men Oxunjon. Ko’pchilik passiv (doimiy) daromad olish niyatida sayt yoki shaxsiy blog yaratadi. Men bugun sayt ochib uni yuritishda yo’l qo’yiladigan kamchiliklar, xatolar va ularning aniq to’g’ri yechimlari to’g’risida maqola yozishga qaror qildim.
Bu qarorga kelishimning sababi, blogimda “Saytga maqola yozuvchi muallif va muharrirlar kerak (To’lov: har bitta chop etilgan maqola uchun)” nomli maqola yozganim bo’ldi. Bu maqolaning maqsadi, foydali ma’lumotlarni ko’paytirish bilan birga, sayt yoki blog ochishni endi boshlayotganlarni haqiqiy bloggerlikka tayyorlash edi.
Xullas, blogimning bir foydalanuvchisi, o’z shaxsiy kabinetidan (profilidan) menga maqola sifatida o’z tarixini yozib jo’natibdi. Uning yozishicha, u sayt orqali pul ishlash maqsadida sayt yaratgan. Ammo u sayt ochish va uni rivojlantirish to’g’risida ko’p ma’lumotga ega emasligi sababli ko’p xatolarga yo’l qo’yganligini yozgan.
Ushbu qisqa tarixni o’qib chiqqanimda, bunday xatolarni sayt yaratishni endi boshlaganlar tez – tez qilib turishi hayolimdan o’tdi va bunday xatolarning oldini olish maqsadida ushbu maqolani yozdim. Albatta, bu maqolamda, sayt yaratishni juda yaxshi biladiganlar uchun, Amerikani kashf qilmadim, lekin bu ishga endi qo’l urgan webmasterlar uchun az qotadi deb o’ylayman.
Men o’z blogimni yaratishni boshlashdan oldin sayt ochish yoki bo’lmasam blog yuritish to’g’risida ko’p ma’lumotim yo’q edi. Ammo ingliz tilini bilardim va ko’p ma’lumotlarni ko’rib chiqqanligim, to’g’ri odamlar bilan suhbatlashib, to’g’ri ko’rsatmalar olganligim sababli, blogimni to’g’ri nuqtadan boshladim.
Oxunjon G’aybullayev
Biroq, bilamanki ko’pchilik yangi kelganlar aniq va to’g’ri ma’lumot yo’qligi (kamligi), buning ustiga biron chet tilini yaxshi bilmasligi tufayli shaxsiy sayt yuritishda ko’p xatolarga yo’l qo’yishadi. Qancha vaqti va pulini ham yo’qotishadi. Ha deb ishi o’ngidan kelavermagach, qo’li ishdan sovib qoladi. Keyin o’zicha o’ylab qoladi, rostdan ham shu ish orqali biron foyda olsa bo’larmikan o’zi, boshlaganimdan beri faqat men pul to’layapman, lekin, pul keladigan joyi yo’q, deb. Mana o’sha xatdan bir parcha:
Ha, agar qilayotgan ishingizni aniq bilmasangiz, manashunaqa miyangiz achishib ketadi.
Agar biz sayt yaratish, uni rivojlantirish va undan pul ishlashni to’liq anglasak, xatolarning yechimlari ham asta sekin shakllana boshlaydi. Albatta, har qanday ish mashaqqatsiz bo’lmagani kabi, internetda sayt ochib, uni rivojlantirib, uning nonini yeyish ham oson ish emas. Buning uchun esa, avvalo sabr toqat, o’z-o’ziga talabchanlik, izlanuvchanlik va mehnatsevarlik talab etiladi.
Har qanday ish boshlanishida har xil xarajatlar bo’lgani kabi, internetda ham xarajat qilmasdan biron natijaga erishish osonmas, lekin bu xarajatlarni ham qayerga va nima uchun qilinayotganini yaxshi tushunib qilmasangiz, foydangizdan zararingiz ko’p bo’lishi mumkin.
Sayt ochishni endi boshlaganlar bitta narsani yaxshi tushunishlari kerak: internetda sayt ochib uni sifatli va foydali ma’lumotlar bilan to’ldirgandan keyin darrov saytingiz rivojlanib ketavermaydi. Bu yerda ko’plab sirlar yashiringan. Masalan: qidiruv mashinalarining (google, yandex va hokazo..) o’ziga yarasha ishlash prinsiplari mavjud, saytingiz kamida 3-5 oy ularning sinovida bo’ladi, ya’ni siz bu talablarni o’qib, o’rganib, talablarga amal qilib borishingizga to’g’ri keladi. Aks holda, sayt rivojlanishi qiyin kechadi.
Qidiruv mashinalarining 1-2 ta talablarini shu yerda keltirib o’taman: yosh, yaqinda ochilgan saytga, pul ishlash maqsadida darrov har xil reklamalar osmang, bu qidiruv mashinalari uchun yomon signal hisoblanadi. Kamida 5-6 oy o’tib, sayt foydalanuvchilari, kamida, kuniga 600-700 kishini tashkil qilganidan keyin, bu ishlarga asta sekin qo’l ursangiz bo’laveradi.
Men yangi ochilgan saytni, endi tug’ilgan chaqaloqqa o’xshatgan bo’lardim. Yosh chaqaloqni qanday yaxshi, to’g’ri tarbiyalab voyaga yetkazsangiz u katta bo’lganida ham yaxshi odam bo’lib, sizga, jamiyatga foyda keltiradigan inson bo’lib yetishgani kabi, saytingizni ham yoshligidan to’g’ri tarbiyalab, to’g’ri yuritsangiz u albatta sizga foyda keltiradi. Farqi, chaqaloqni ko’p muddat tarbiyalash kerak, saytni esa uzog’i bilan bir yil.
Shunday ekan, shoshmasdan, fikr qilib, zikr qilib, yosh chaqalog’ingizni to’g’ri va bilimli qilib tarbiyalasangiz omad sizni uzoq kutdirmaydi.
- Bu maqolada quyidagilar bilan tanishasiz:
- Sayt yuritishda yo’l qo’yiladigan xato va kamchiliklar.
- Sayt yaratishdan oldin yo’l qo’yiladigan xatolar va ularning yechimlari.
- Sayt yaratadigan platformani tanlashdagi xatolik.
- Hosting tanlashdagi xatolik va uning yechimi.
- Sayt yoki blog yuritish davomida yo’l qo’yiladigan xato va kamchiliklar va ularning yechimlari.
- Maqola ichida rasmlarni ishlatmaslik.
- Kommentariyalarga javob bermaslik.
- Ijtimoiy media (tarmoq) bo’lishish tugmalarini o’rnatmaslik.
- Google Tools, Yandex Webmaster va Analytics-dan foydalanmaslik.
- Yangi va o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatmaslik.
Bu maqolada quyidagilar bilan tanishasiz:
- Sayt yaratadigan platformani tanlashdagi xatolik.
- Hosting tanlashdagi xatolik va uning yechimi.
- Maqola yozish tartiblaridagi kamchilik va xatolar.
- Maqola yozish tartiblaridagi kamchilik va xatolar.
- Kommentariyalarga javob bermaslik.
- Ijtimoiy media (tarmoq) bo’lishish tugmalarini o’rnatmaslik.
- Google Tools, Yandex Webmaster va Analytics-dan foydalanmaslik.
- Yangi va o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatmaslik.
Sayt yuritishda yo’l qo’yiladigan xato va kamchiliklar.
Bu xato va kamchiliklarni ikki xil turlarga bo’lishimiz mumkin:
Birinchisi – sayt yaratishdan oldin.
Ikkinchisi – sayt yuritish davomida.
Sayt yaratishdan oldin yo’l qo’yiladigan xatolar va ularning yechimlari.
Demak, birinchi xato sayt yaratishni boshlashda shakllanadi. Shaxsiy sayt orqali foyda olishini bilgan odam o’z oldiga taxminan shunday savol qo’yadi “Qanday qilib sayt yaratish mumkin?” va keyin o’zicha javoblar topa boshlaydi.
Men hozir sayt yaratish turlari haqida gapirmoqch emasman, chunki, sayt yaratish turlari haqida tushinarli qilib maqola yozganman. Agar sizda sayt yoki blog ochish yo’llari haqida ma’lumot bo’lmasa, o’sha maqolamdan bilib olishingiz mumkin! Bu uchun esa manabu ssilkaga kiring!
Davom etamiz…
Sayt yaratadigan platformani tanlashdagi xatolik.
Hozirda ko’pchilik (shu jumladan men ham) sayt yaratadigan platformalardan foydalanadi. Buning afzallik tarafi ko’p, lekin eng asosiysi, siz kod yozishni yoki dasturlash tillarini o’rganishingizga hojat yo’q.
Bunaqa platformalar juda ko’p va ular beradigan takliflar ham o’xshaydi. Aynan shu joyda ba’zi yangi kelganlar to’g’ri platformani tanlamay xatoga yo’l qo’yishadi.
Maqola boshida aytgan inson ham UCOZ.com sayt yaratadigan platformadan foydalanib xato qilib qo’yganini aytmoqchi bo’lgan.
Sayt yaratishda hosting qilishingiz kerak bo’ladi. Shu tariqa ko’pchilik BEPUL host qiladigan platformani tanlab xato qiladi. Agar haqiqatda sayt orqali daromad qilmoqchi bo’lsangiz, bu kabi takliflarga uchmang. Siz sayt yaratdim deb o’ylaysiz, lekin sayt sizga tegishli bo’lmaydi, siz yaratgan sayt esa xohlangan paytida o’chirilib yuborilishi mumkin.
Men bularning yechimi sifatida WordPressni ko’rsatmoqchiman. Meni saytimdan tashqari yana 72 mlndan ortiq sayt WordPressda yaratilgan. Men bu bilan WordPress.comni nazarda tutmayapman, men taklif qilayotganim WordPress.org.
WordPress.org va WordPress.com butunlay boshqa boshqa platformalar. Xatolar va muammolarning yechimi bu WordPress.org.
Sayt yaratish va uni yuritish to’g’risida maqola yozgandim, ushbu maqoladan o’qiganlaringizni mustahkamlash maqsadida ushbu maqolani o’qib chiqishni maslahat beraman, bu uchun manabu yerni bosing!
WordPressda sayt yaratish to’g’risida BEPUL mini kitob yozgandim. Bu kitobdan foydalanib o’z saytingizni yaratishni boshlasangiz bo’ladi. Kitobni “KURSLAR” sahifasidan, yoki manabu ssilkaga kirib yuklab olsangiz bo’ladi.
Ayni vaqtda WordPressda sayt yaratish to’g’risida BEPUL video kurs yaratish haqida o’ylayapman:
[poll id=»4″]
Agar saytimga OBUNA bo’lib qo’ysangiz, kurs chop etilishi bilan sizga xabar boradi.
Davom etamiz…
Hosting tanlashdagi xatolik va uning yechimi.
Yaxshi platformani tanlagandan keyin, yaxshi host servisini ham tanlash kerak.
Hosting tanlashda ikkita narsaga ahamiyat qaratish kerak.
- Sahifani yuklash tezligi – blogingizni yuklash uchun ketadigan vaqtning o’rtacha qiymati.
- Ishlatsa bo’ladigan vaqt, ya’ni ishlash vaqti – 99.9 % yetarli emas, siz 100% ishlab turadigan host servisini tanlashingiz kerak.
Bu borada o’zim anchadan buyon foydalanib keladigan www.mchost.ru ni taklif etaman.
Host uchun oyma-oy yoki yilma – yil pul to’lab borasiz. Agar siz yuqorida aytgan mini kitobimdan foydalansangiz, arzonroq yo’llari ko’rsatilgan.
Sayt yoki blog yuritish davomida yo’l qo’yiladigan xato va kamchiliklar va ularning yechimlari.
Sayt yaratish qiyin emas, uni yuritish, rivojlantirish, ya’ni qidiruv natijalarida birinchi topga chiqarish qiyinchilik tug’diradi.
Saytni rivojlantirish mobaynida o’zimiz bilib bilmay qiladigan bir qancha kamchilik va xatolarni ko’rib chiqamiz.
O’ylaymanki shu tariqa siz o’zingiz uchun yechim topa olasiz.
Maqola yozish tartiblaridagi kamchilik va xatolar.
Shuni aytishim kerakki, sayt yaratish maqsadida yurganlarning ko’pchiligi musiqiy yoki kino sayt yaratishga qiziqishadi, lekin saytga maqola yozish eng muhim rol o’ynaydi. Masalan, siz internetdan biron narsa qidirmoqchi bo’lsangiz, siz albatta birinchi navbatta qidiruv tizimlari formasiga biron so’zni yozasiz. Qidiruv tizimlari esa saytlardagi yozuvlar ichidan siz yozgan so’rovni topib beradi.
Demak, saytda maqola yozishingiz, saytning rivojlanishi uchun katta foydasi bor. Maqolani qanday yozishni “Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma! nomli maqolamda ( Qo’llanmada ) to’liq, qadamba qadam ko’rsatib chiqqanman, foydalanishingiz mumkin.
Mavzuga qaytamiz…
Agar sizning saytingizdagi maqolalar bir tekisda uzluksiz yozilsa, bu foydalanuvchi uchun noqulaylik yaratadi va zerikarli bo’ladi, hatto go’yalar ajoyib bo’lsa ham.
Shuning uchun har 4-5 jumladan keyin yangi qatorga o’tib, klaviaturaning Enter tugmasini bir marta bosib, yangi qatordan ajratib yozing!
Maqola ichida rasmlarni ishlatmaslik.
Rasm tomosha qilish har doim maroqli bo’lgan. Maqolalar ichida rasmdan foydalanish ham foydalanuvchini (o’quvchini) ushlab turishning yaxshi yo’li. Albatta, rasm maqola mazmuniga mos bo’lishi kerak.
Ba’zan rasmlarga o’zgartirish kiritishingizga to’g’ri keladi. Bu masalada sizga o’zim foydalanadigan Lightshot va Greenshot dasturlarni tavsiya qilaman. Bu dasturlar ko’p funksiyalarga ega.
Ulardan qanday foydalanishni ko’rsatadigan maqolalar yozganman. Manabu ssilkalarga kirib dasturlardan foydalanishni o’rganib olishingiz mumkin: Lightshot va Greenshot.
Kommentariyalarga javob bermaslik.
(Bu bo’lim albatta saytni endi ochganlar uchun).
Kimdir kommentariya yozish uchun vaqtini ketqizganida, sizning qilishingiz mumkin bo’lgan katta xato ularga javob qaytarmaslik.
Kommentariyaga javob berish orqali foydalanuvchilarni qayta saytga kirishini ta’minlashingiz mumkin. Chunki bu orqali ularning munosabatlariga hurmatingizni bildirgan bo’lasiz, xoh ijobiy, xoh salbiy.
Yangi kelgan foydalanuvchi yozilgan kommentariyalarga javobni ko’rmasa, bu saytni o’zi uchun befoydaga chiqarishi mumkin. Aksincha, kommentariyaga javob yozilganini ko’rsa, muammosiga shu yerda yechim yoki yo’nalish olishini bilishi mumkin.
Qidiruv tizimlari (Google, Yandex va hakazo) ham kommentariyalarni yaxshi ko’radi. Kommentariyalarning ko’p bo’lishi qidiruv tizimlari uchun bu saytda muhokamaga arzigulik kerakli ma’lumotlar ko’pligini bildiradi va shu tarzda qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarda ko’rsatadi.
Bu esa albatta sayt rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.
Ijtimoiy media (tarmoq) bo’lishish tugmalarini o’rnatmaslik.
(Yangi sayt yaratuvchilar uchun).
Sayt yoki blogingizda chop etiladigan maqolalarni oila a’zolaringiz o’qishi yaxshi albatta va keyinchalik ko’proq o’quvchilarga ega bo’lishni istab qolasiz. O’shaning uchun ham iloji boricha maqolalarni bo’lishsa bo’ladigan va tarqatsa bo’ladigan qilishingiz kerak bo’ladi.
Bunda ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Odnaklassniki, VKontakte va hakazo) yaxshigina kalit bo’ladi. Ya’ni o’zingizda ham, biron maqolani o’qiyotgan sayt foydalanuvchisi ham, do’stlari bilan maqolani bo’lishish imkoniyati bo’ladi.
Shu tariqa maqolangizni ko’pchilik o’qishi mumkin bo’ladi.
Google Tools, Yandex Webmaster va Analytics-dan foydalanmaslik.
O’quvchilaringiz yaxshi ko’rib o’qiydigan maqola qaysi ekanligini bilasizmi? Ma’lumotlaringizni odamlar qanday topayotganliginichi?
Google Tools, Yandex Webmaster, Google Analyticsni o’rnatish tez va oson bo’lib, sizga saytingiz haqidagi ancha ma’lumotlarni beradi, jumladan:
- Qaysi maqolalar eng mashhur.
- Odamlar sizning saytingizni qanday topishyapdi (Google, Yandex, ijtimoiy tarmoqlar ssilkalari va hokazo).
- Odamlar saytda qancha uzoq vaqt ushlanib qolishyapdi?
- Foydalanuvchilar saytingizda nimalar qilishyapdi?
- Va hokazo.
Google Tools va Yandex Webmasterlarni qanday sayt bilan bog’lashni ssilkalardan kirib, bilib olishingiz mumkin.
Google Analyticsni albatta saytga o’rnating va saytingizni kuzatib boring! Analyticsni plagin orqali va plaginsiz o’rnatish uchun bu ko’rsatmalardan foydalanishingiz mumkin: PLAGIN BILAN O’RNATISH va PLAGISIZ O’RNATISH.
Yangi va o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatmaslik.
Ba’zan saytga yangi tashrif buyuruvchilar, saytda yaqinda qilingan o’zgarishlar va saytda qanday ma’lumotlar borligini bilishga qiziqishadi. Bunda siz saytingizga yangi va o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatsangiz, saytingiz haqida ko’proq ma’lumotni o’quvchiga yetkazgan bo’lasiz.
Shunda, yangi kelgan foydalanuvchini saytingizda ushlab qolish imkoniyati oshgan bo’ladi. O’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatish bo’yicha ko’rsatmani bu ssilkaga kirib topasiz.
Shunday qilib siz bilan, yo’l qo’yishingiz mumkin bo’lgan xatolar va ularning yechimlarini ko’rib chiqdik. Albatta bular to’liq ma’lumotlar emas. To’liq ma’lumotni to’plashda kommentariyada yozadigan fikrlaringiz va savollaringiz orqali aniqlik kiritamiz.
[poll id=»3″]
Maqola sizga yordam bergan bo’lsa xursandman. Yangi maqolalar uchun blogimga OBUNA bo’ling! Tushunmagan joyingiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.