Salom uzinfobiz.ru blogimning o’quvchisi ! Internetda o’zingizning haqiqiy pullaringizni ishlashni xohlaysizmi? Agar javobingiz «HA» bo’lsa, unda siz to’g’ri vaqtda va to’g’ri manzildasiz!
Men sizga shaxsiy blog yuritishni mashq qilishni va shu bilan birga pul ishlashni taklif qilaman! Gap shundaki men blogimga har kuni bitta maqola yozishga ulgurmayapman. Chunki, saytimda har kuni bitta maqola yozilishi shart! – bu birinchi sababi. Ikkinchisi – yana boshqa loyihalarim bor, shunga o’zim atrofimga komanda yig’ish niyatidaman. Shu sababli menga manashu ishlarga yordam beruvchi yozuvchi, muharrir va jurnalistlar kerak. To’lov: har bitta chop qilingan maqola uchun 10 000 so’mdan 30 000 so’mgacha to’layman!Maqolani oxirigacha o’qisangiz batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz!!!
Chet el birjalari, yani masalan Rossiya runetida, maqola narxini 1000 ta probelsiz harfga 12 rubldan(hozirgi so’m narxida 1720 so’mga to’g’ri keladi) 30-40 rublgacha(o’rtacha 4300 so’mga to’g’ri keladi), bu degani har bitta harf uchun 1 so’m 72 tiyindan 4 so’m 30 tiyingacha to’lanadi. Ba’zan undan ko’proq to’lashadi.
Lekin men birja emasman, menga sifatli va odamlar muammosini yecha oladigan maqolalar kerak, shuning uchun maqola narxini 10 000 dan 30 000 gacha deb belgiladim. Bu esa birjalar narxidan ancha yuqori.
Bu narxni aniq hisoblarda ko’radigan bo’lsak: Agar siz kuniga o’rtacha bitta maqola yozadigan bo’lsangiz, oyiga 300 000 so’mdan 900 000 so’mgacha pul ishlashingiz mumkin. Bu kuniga 2-3 soatda ishlanadigan pul, a kunning boshqa vaqtlarini nimaga sarflash bu sizning ishingiz.
Hozirgi O’zbekiston sharoitida kuniga 2-3 soat ishlab, oyiga 300 000 so’mdan 900 000 so’mgacha uyda o’tirib pul ishlash yomon natija emas deb o’ylayman.
Maqola narxi quyidagicha narxlanadi: Biz maqoladagi harflar sonini hisoblamaymiz. Chunki, bu bilan maqola sifatini bilib bo’lmaydi, ya’ni siz maqola hajmini ko’paytirish maqsadida mavzuga oid bo’lmagan so’zlar bilan maqolani “boyitishingiz” mumkin(((. Bu yaxshi emas albatta.
To’lov har bir maqola uchun belgilanadi:
- Eng kam to’lov, har bitta maqola uchun 10 000 so’m.
- O’rtacha to’lov, bitta maqola uchun 20 000 so’m.
- Eng yuqori to’lov 30 000 so’m.
Ishlangan pulni olish uchun shaxsiy kabinetingizdagi «Muloqot» bo’limidan elektron hamyoningizning hisob raqamini Administratorga yoki Bosh muharrirga yo’llashingiz kerak bo’ladi. Albatta o’zingizga elektron hamyon ochib oling. Mana hamyonlar ochish uchun qo’llanmalar: Webmoney, Qiwi, Yandex Dengi. Yaqinda Webso’mda hamyon ochish to’g’risida ham qo’llanma bo’ladi, buni birinchilardan bilish uchun OBUNA bo’lib qo’ying.
Elektron pochtalar ochish uchun qo’llanmalar: E-mail, Gmail, Yandex pochta.
Maqola sifati va foydaliligi bosh muharrir tomonidan tasdiqdan o’tkaziladi. Tasdiqdan faqat noyob va sifatli maqola o’tadi.
Maqola namunalari va sarlavhalar ro’yxati bilan maqolani o’qish jarayonida tanishib olasiz.
O’qishni davom ettirishdan oldin quyidagi videoni oxirigacha ko’ring va ushbu maqolani o’qishda davom eting!
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
- MUNDARIJA:
- 1 Ro’yxatdan o’tish va profil bilan tanishish.
- (Videoni diqqat bilan ko’ring!)
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
- 2 Qabul qilinadigan maqolalar namunasi
- Qisqa yozilgan maqolalar qabul qilinmaydi! Albatta maqola yozish shartlarini o’qib, namunalar bilan tanishib chiqing!!!
- Maqolaning noyoblik darajasi 80% dan 100% gacha bo’lishi shart!
- 3 Maqola yozishning amaliy jarayoni va yozilish tartibi, ya’ni maqola yozuvchi (Frilanser) uchun amaliy qo’llanma ( AQ ).
- 4 Quyidagi maqolalar ro’yxatidan bittasini tanlang:
- Sarlavhani tanlab olganingizdan keyin, birinchi navbatda shaxsiy kabinetingiz orqali bosh muharrirga sarlavhani yo’llang va siz shu maqolani yozish uchun olganingizni bildiring!
- Maqolani tanlab uni topshirish qoidasi:
- Sayt yaratishning texnik tomolarini tuzatish. Bunga:
- WordPress plaginlari haqida. Bunga:
- Shaxsiy blog yurutish to’g’risida. Bunga:
- Shaxsiy rivojlanish to’g’risida. Bunga:
- Buyuklar hayotidan. Bunga:
- Saytni rivojlantirish to’g’risida. Bunga:
- Internetda pul ishlash turlari. Bunga:
- Sheriklik qiluvchi servis va saytlar haqida. Bunga:
- Ijtimoiy tarmoqlar haqida. Bunga:
- Foydali programmalar. Bunga:
- Dasturlash tillarining boshlang’ich asoslari. Bunga:
- Kompyuterda ishlashni o’rganish va foydalanish. Bunga:
- Va oxirgi bo’lim. Bunga:
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
- 5 Bizning jamoamizda ko’plab muharrir va blogerlar ishlashyapdi. Siz ham qo’shiling!
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
- 6 Qanday SUPER MUHARRIR bo’lish mumkin?
- === MAQOLANI CHOP QILISH ===
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
Agar siz yuqorida aytilgan gaplarni o’qib, maqola yozishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda siz uchun birinchi qilinadigan ishlar ro’yxati bilan tanishing:
MUNDARIJA:
- Ro’yxatdan o’tish va profil ( shaxsiy kabinet ) bilan tanishish.
- Qabul qilinadigan maqolalar namunasi.
- Maqola yozishning amaliy jarayoni va yozilish tartibi.
- Quyidagi maqolalar ro’yxatidan bittasini tanlang. ( Tanlagan sarlavhani shaxsiy kabinetingizdagi «xabar yo’llash» bo’limi orqali bosh muxarrirga jo’natib siz shu maqolani yozishga olganingizni bildiring )
- Bizning jamoada haqiqiy mualliflar va blogerlar ishlashyapdi. Siz ham qo’shiling!
- Qanday qilib haqiqiy muallifga aylanish mumkin?
1 Ro’yxatdan o’tish va profil bilan tanishish.
Quyidagi videoda, saytda ro’yxatdan o’tib shaxsiy kabinetda ishlash va uning imkoniyatlari bilan tanishasiz:
(Videoni diqqat bilan ko’ring!)
Shaxsiy kabinetingiz (profil) saytning bosh sahifasi va boshqa sahifalarning o’ng tomon panelida joylashgan: ( Saytning mobil versiyasida eng quyi qismida joylashgan )
Shaxsiy kabinetingizga kirganingizdan keyin, quyidagi rasmda ko’rsatilgan tartibda ssilkalarga bosasiz va maqola yozish formasiga kirasiz:
Endi manashu yerdan maqola yozishni boshlaysiz. Bu yerda: ( Quyidagi rasm )
- Nomer 1 bilan ko’rsatilgan sarlavha formasiga – men bergan maqola sarlavhasini yozasiz, ya’ni quyidagi sarlavhalar ro’yxatidan o’zingiz tanlab olgan sarlavhani yozasiz. ( Bu sarlavhani yuqoridagi rasmdagi o’ng tomon panelning birinchi bo’limi, ya’ni «Muloqot» bo’limidan bosh muharrirga albatta yuborib, shu maqolani aynan siz olganligingizni ma’lum qiling )
- Nomer 2 ga maqola matnini (tekst) ni yozasiz.
- Nomer 3 bilan ko’rsatilgan tugma bilan esa maqola ichiga qo’yiladigan rasmni yuklab olasiz, Ya’ni maqola ichida rasmni qayerga qo’ymoqchi bo’lsangiz o’sha joyga kursorni qo’yib quyidagi tugmaga bosib kompyuteringizdan rasmni yuklab olasiz.:
Va nihoyat shu formaning eng quyi qismidagi 3 ta tugmalarning vazifalarini tushuntirib o’taman. Quyidagi rasmda:
- Nomer 1 – bu tugma, qoralamani shaxsiy kabinetingizda saqlab qo’yasiz va keyin yana ushbu maqolani davom ettirishingiz mumkin.
- Nomer 2 – bu tugma, maqola tayyor bo’lganidan keyin uning internetda qanday ko’rinishini va o’z xatolaringizni ko’rib olishingiz uchundir. Agar xatolar bo’lsa, uni yana qaytadan to’g’irlashingiz mumkin, yoki xatolar bo’lmasa, o’sha joydan maqolani bosh muharrirga tekshirish uchun yuborishingiz mumkin.
- Nomer 3 – bu tugma bilan tayyor maqolani bosh muharrirga yuborasiz.
Albatta, yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatmalar umumiy ko’rsatmalar, bu bilan siz mukammal maqola yozish uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lmaysiz. Shu sababli biz maqola yozuvchi (Frilanser) uchun alohida amaliy qo’llanma ( AQ ) yozdik. Siz shu qo’llanma bilan tanishib, undagi talablarni albatta bajarishingiz shart. Aks holda maqolangiz tasdiqdan o’tmaydi. Bu qo’llanma “Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi” deb nomlanadi. Siz albatta va yana albatta 3 – chi bo’limdagi ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz shart!!! ( Mundarijadagi 3 – chi bo’lim )
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
2 Qabul qilinadigan maqolalar namunasi
Umumiy maqolalar namunasi:
Namuna 1 ( Maqola yozish to’grisida )
Namuna 2 ( Saytni analiz qilib borish to’g’risida )
Namuna 3 ( Sayt yaratish to’g’risida )
Namuna 4 ( Sayt himoyasi to’g’risida )
Namuna 5 ( Plaginlar to’g’risidagi maqola )
Namuna 6 ( Maqola yozib pul ishlash )
Rus tilidagi maqolalar namunasi:
Namuna 1 ( Sharlotte haqida )
Namuna 2 ( Uyda pishirish uchun eng yaxshi retseptlar)
Namuna 3 ( Qish uchun pomidorlardan tayyorlangan salatlar – oddiy va mazali taomlar )
Qisqa yozilgan maqolalar qabul qilinmaydi! Albatta maqola yozish shartlarini o’qib, namunalar bilan tanishib chiqing!!!
Diqqat qiling: Biz befoyda maqolalar sonini orttirmoqchi emasmiz. Ko’p odamlarda har xil g’oyalar tug’ilishi tabiiy, qisqa vaqt ichida ko’p maqola yozish, har xil saytlardan nusxalashtirish. Nusxa qilingan maqolalar tasdiqdan O’TMAYDI !!!
Maqolaning noyoblik darajasi 80% dan 100% gacha bo’lishi shart!
Maqola shaxsan o’zingiz tamondan yozilgan bo’lishi kerak, yoki boshqa maqola shaxsan siz tamondan qayta yozilgan bo’lishi kerak. Ya’ni boshqa maqolani o’qib, o’rganib, ma’no mazmunini yo’qotmagan holda o’z tushunganingiz bo’yicha, sizning tildan yozilgan bo’lishi kerak. Aks holda maqolangizning noyoblik darajasi 80% ga yetmay qolishi mumkin.
Sarlavhalar – quyida yozilgan. Siz ularni birinchi maqolangiz tasdiqdan o’tgandan keyin ikkinchisini olishingiz mumkin. ( Sarlavhani tanlab olganingizdan keyin, birinchi navbatda shaxsiy kabinetingiz orqali bosh muharrirga yo’llang va siz shu maqolani yozish uchun olganingizni bildiring )
Maqola ichidagi sarlavhalar ( h2 ) eng kamida 2-3 ta bo’lishi shart.
Maqola teksti noyob bo’lishi shart.
Maqola uzunligi 3000 harfdan 10 000 harfgacha bo’lishi mumkin (probelsiz)
Maqolani rasm qo’yishdan boshlamang, a tekstni yozishdan boshlang(((. Rasm qo’yishni maqolani yozib bo’lgandan keyin “yuklash” tugmasi orqali qo’yib olasiz.
Do’stlar, e’tiboringizni maqolalar namunasiga qarating, uning uzunligiyu, mavzunning qanchalik mazmunli va tushunarli yoritilishiga e’tibor bering. Va agar siz buni juda qiyin deb bilsangiz, unda “BALKIM TASDIQDAN O’TIB QOLAR” degan xayoldan vos kechib bu ishni qilmagan ma’qul. Chunki – BALKIM – degani, bu maqola o’tmaydi deganidir.
Lekin, aslida bir ishni faqat boshlash qiyin, keyin…..
Do’stim, o’ylaymanki, agar siz maqolani mana shu yerigacha o’qib kelibsizmi, demak siz internet orqali uyda o’tirib o’zingiz uchun pul ishlashga befarq emassiz. Shuning uchun birinchi kundanoq harakat qiling. Chunki, bu ish sizning hech qanday boshqa ishingizga halaqit bermaydi. Va yana changli ish emas.
Eng asosiysi, agar siz kelajakda internet orqali o’z shaxsiy biznesingizni yo’lga qo’yish niyatingiz bo’lsa, manabu qilmoqchi bo’lib turgan ishingiz, ya’ni maqola yozishni mashq qilishingiz sizga katta poydevor bo’ladi. Va siz uchun o’z shaxsiy blogingizda pul ishlash qiyin bo’lmay qoladi.
Shaxsiy blog – bu internetda o’z shaxsiy biznesingiz demakdir.
Ko’pchilik shunday boshlashadi – oldin mazmunli maqola yozishda o’zlarining tajribalarini orttirishadi, keyin o’z shaxsiy blogini yuritishadi.
Shunday ekan, bu ish siz uchun ayni muddao.
Men taklif qilgan mavzularda keng va mazmunli maqolalarni yozing va internetda pul ishlashni boshlang. Agar 2-3 ta maqolani mening talablarimga mos ravishda yoza olsangiz, sizga yangi takliflarni qilishim aniq.
Rasm – maqola teksti ichida bo’lishi shart, yuqoridagi maqola namunalarida ko’rsatilganidek. Internetdan yuklab olingan rasmni yoki fotoaparat, telefonda tushirilgan rasmni to’gridan-to’g’ri o’zini maqola ichiga qo’yish yaramaydi. Bu juda muhim.
Rasmni FastStone Capture, Joxi , Lightshot yoki Greenshot programmalari orqali kompyuter ekranidan rasmga tushirib olib Fotoshopda uning og’irligi 80-100 КБ dan kichik bo’lishiga erishish shart va razmerlari: eni o’rtacha – 600, bo’yi, o’rtacha 300 bo’lishi kerak. Bu juda oson.
Nima uchun Fotoshopda, chunki rasm razmerini o’zgartirganingizda sifat buzilmaydi, yoki Whatsup orqali boshqa Whatsapingizga yuborib u yerdan telefoningizga yoki kompyuteringizga yuklab olsangiz ham rasm razmeri kerakli darajada, sifat buzilmagan holda kichrayadi.
Men shu yo’l bilan rasmlarni tayyorlayman. Agar siz rasm sifatini buzmasdan, yengil razmerli rasm tayyorlash yo’llarini bilsangiz u ham sizning ixtiyoringiz. Lekin, yana qaytarib aytaman, siz albatta “Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi” nomli maqolani o’qib chiqing. Bu maqola keyingi 3 – bo’limida joylashgan.
eng asosiy qism boshlanyapdi…..
3 Maqola yozishning amaliy jarayoni va yozilish tartibi, ya’ni maqola yozuvchi (Frilanser) uchun amaliy qo’llanma ( AQ ).
Maqola yozish katta mavzu bo’lganligi uchun, bu to’g’rida alohida maqola yozishga qaror qildim. Maqolani yozishning amaliy jarayoni va yozilish tartibini manashu maqoladan albatta o’rganib oling va ushbu maqolani manashu yeridan o’qishni davom ettiring: “Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”.
Maqolalar namunalarini yuqorida ko’ring…..
4 Quyidagi maqolalar ro’yxatidan bittasini tanlang:
Biz sizning ishingizni yengillashtirish maqsadida qaysi mavzuda va qanday sarlavha qo’yishni biz o’z zimmamizga olamiz. Bu bizning vazifa!
( Vaqti-vaqti bilan bu sarlavhalar ro’yxati yangilanib turiladi. Birinchi maqolani chop qilganingizdan keyin ikkinchi maqolaga o’tish ruxsat etiladi.)
Sarlavhani tanlab olganingizdan keyin, birinchi navbatda shaxsiy kabinetingiz orqali bosh muharrirga sarlavhani yo’llang va siz shu maqolani yozish uchun olganingizni bildiring!
Maqolani tanlab uni topshirish qoidasi:
DIQQAT: Usti chizilgan maqolalarni tanlamang, chunki ularni kimdir yozish uchun olgan! Siz maqolani tanlab, bizga malum qilganingizdan keyin bu ro’yxatda siz olgan maqola sarlavhasining usti chiziladi, yani band qilinadi! Bitta maqolani yozib topshirish muhlati 3 kun. Agar 3 kun ichida maqolani yozib topshirmasangiz, maqola keyingi talabgor uchun bu ro’yxatda yana bo’sh hisoblanadi.
Sayt yaratishning texnik tomolarini tuzatish. Bunga:
- WordPress saytga shablon (tema) qanday o’rnatiladi? WordPressda menu qanday qilinadi? WordPressda kategoriya (bo’lim) lar qanday qilinadi?
- Va shunga o’xshash mavzularni siz taklif qiling, biz ko’rib chiqib bo’lish va bo’lmasligini aytamiz.
WordPress plaginlari haqida. Bunga:
Hyper Cache plagini haqida ma’lumot, uni o’rnatish va sozlash.- Subscribe To Comments plaginining ahamiyati va uni o’rnatib sozlash.
WordPress Database Backup plaginining ahamiyati va uni sozlash.7 xil yangi yil plaginlari haqida va ularning sozlamalari.- Siz bilgan foydali plaginlar haqida taklif kiritasiz biz esa ko’rib chiqamiz.
Shaxsiy blog yurutish to’g’risida. Bunga:
Shaxsiy blogni qanday yuritish va unda nimalar to’g’risida yozish lozim.- Shaxsiy blogdan qanday foydalanish mumkin? Va yana shaxsiy blog yuritishning qanday foydasi bor?
Shaxsiy rivojlanish to’g’risida. Bunga:
Men nima qildim va nimaga erishdim, yutuqlarim.- Ko’zlangan maqsadga qanday erishish mumkun? Nima uchun ko’p hollarda ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaymiz?
- Mativatsion maqolalaq yozishga taklif bering biz esa ko’rib chiqamiz.
Buyuklar hayotidan. Bunga:
- Siz bilgan buyuklarni taklif qiling biz ko’rib chiqamiz
Saytni rivojlantirish to’g’risida. Bunga:
- Kalit so’zlarini topish va ishlatilish yo’llari haqida.
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali saytni rivojlantirish yo’llari.
- Saytning qidiruv tizimlaridagi o’rnini aniqlash va uni yuqoriga ya’ni topga chiqarish yo’llari va usullari.
- Va boshqa yo’llarini siz taklif qilasiz biz ko’rib chiqamiz.
Internetda pul ishlash turlari. Bunga:
- Sayt orqali pul ishlash
- Siz qanday turlarini bilasiz? Siz taklif qiling biz ko’rib chiqamiz.
Sheriklik qiluvchi servis va saytlar haqida. Bunga:
- Mchost.ru hosting servisi haqida ya’ni uning imkoniyatlari va avzalliklari.
- Aliexpress.com servisi haqida, uning imkoniyatlari va ustunliklari
- Amazon.com servisi nima? Uning imkoniyatlari va ustunliklari.
- Ebay.com servisi nima? Va undan foydalanish yo’llari.
- Siz bilgan hamkorlik qiluvchi servislaringizni taklif qilasiz biz esa ko’rib chiqamiz.
Ijtimoiy tarmoqlar haqida. Bunga:
- Odnaklassnikida ro’yxatdan o’tish (profil ochish), uni yuritish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- Odnaklassnikida gruppa ochish va uni yuritish, rivojlantirish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- Facebookda ro’yxatdan o’tish (profil ochish) uni yuritish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- Facebookda gruppa ochish va uni yuritish, rivojlantirish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- VKontakteda ro’yxatdan o’tish (profil ochish), uni yuritish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- VKontakteda gruppa ochish va uni yuritish, rivojlantirish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
- Google + da ro’yxatdan o’tish (profil ochish), uni yuritish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
Google +da gruppa ochish va uni yuritish, rivojlantirish va sayt uchun qanday foydalansa bo’ladi?
Foydali programmalar. Bunga:
- Wordda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari.
- Excelda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari.
- PowerPointda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari.
- Photoshopda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari.
Camtasia Studioda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari.- Siz bilgan foydali programmalarni taklif qilasiz biz esa ko’rib chiqamiz.
Dasturlash tillarining boshlang’ich asoslari. Bunga:
- C++ nima? Uning imkoniyatlari va o’rnatish va unda ishlash.
- C# nima? Uning imkoniyatlari va o’rnatish va unda ishlash.
- JavaScript nima? Uning imkoniyatlari va unda ishlash.
- PHP nima? Uning imkoniyatlari va unda ishlash.
- HTML nima? Uning imkoniyatlari va unda ishlash.
Kompyuterda ishlashni o’rganish va foydalanish. Bunga:
- O’zingiz bilgan kompyuter sirlarini taklif qiling biz esa ko’rib chiqamiz.
Va oxirgi bo’lim. Bunga:
- Siz o’zingiz xohlagan mavzuni taklif qilasiz biz esa ko’rib chiqamiz.
Esingizda tuting! Maqola yozish uchun yuqorida ko’rsatilgan ro’yxatdan o’zingizga maqulidan bittasini tanlang ( ixtiyoriy). Keyingi maqolani esa birinchi maqolangizni sayt taxririyati tasdig’idan o’tgandan keyin tanlashingiz mumkin! ( Sarlavhani tanlab olganingizdan keyin, birinchi navbatda shaxsiy kabinetingiz orqali bosh muharrirga sarlavhani yo’llang va siz shu maqolani yozish uchun olganingizni bildiring )
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
5 Bizning jamoamizda ko’plab muharrir va blogerlar ishlashyapdi. Siz ham qo’shiling!
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
6 Qanday SUPER MUHARRIR bo’lish mumkin?
Saytimizda yangi kelgan muharrirlarni rag’batlantirish, ya’ni ularga har xil sovg’a va o’rin(reyting) lar berish yo’lga qo’yilgan. Faxriy yorliq va o’rinlar nafaqat maqola yozib uni chop qilganlik uchun beriladi, balki keng va mazmunli izoxlar (kommentariyalar) yozganliklari uchun ham beriladi.
Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin, maqolalar ro’yxatidan 3 ta maqolani tanlab bir hafta ichida maqolani tasdiq uchun bizga yo’llang. Maqola tasdiqdan o’tgandan keyin saytda izma-iz chop qilinadi (har kun bitta, maqolalar bizning boshqa proyektlarda ham ishlatiladi). Va har bir chop qilingan maqola uchun sizga xizmat haqqi to’lanadi.
3 ta sifatli va noyoblik darajasi 80-100% bo’lgan va tasdiqdan o’tib chop qilingan maqola uchun siz rag’bat sifatida mukofot olasiz va bu blogda super muharrir maqomiga ega bo’lasiz.
Super muharrirlar har bir chop qilingan maqolasi uchun o’zining haqiqiy pullarini ishlashadi. Bu uchun siz shaxsiy kabinetingizdagi shaxsiy habar yo’llash bo’limidan sayt administratoriga yoki bosh muharrirga o’zingizning elektron hamyoningizning nomerini yozib yuborishingiz kerak bo’ladi. To’lovlar faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Webmoney, Yandex dengi, Qiwi, PayPal, va Websumlar qabul qilinadi.
Keyingi maqolalaringiz sizga haqiqiy pullarni keltira boshlaydi.
Bulardan tashqari doimiy foydalanuvchi va muharrirlar uchun alohida mukofotlar mavjud. Ya’ni, agar sizning yozgan maqolalaringizga qidiruv tizimlaridan (Google, Yandex va boshqalar), ijtimoiy tarmoqlaridan (Odnaklassniki, Facebook, Vkontakte, Instagram, Twitter va boshqalar) ko’p foydalanuvchilar jalb qilinib, kommentariya yozilishlar aktivlashaversa, sizga qo’shimcha haq to’lanadi.
Bunga erishish uchun muharrirning maqolalari SEO talablariga ham javob berishi kerak. SEO haqida tushunchaga ega bo’lish uchun “ SEO – nima? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi?” nomli maqolani o’qib chiqing.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa, mavzuga oid guruhlarga a’zo bo’lib, turli xil munozaralarda qatnashib, maqolangiz haqida bahslashishga da’vat qilishingiz mumkin yoki maqolangizga ssilka berishingiz mumkin.
Xullas yo’llari ko’p. Izlagan imkon topadi, qidirgan Makkani-degan xalqimiz.
Sinab ko’ring va boshqalar bilan birga pul ishlashni boshlang. O’ychi o’yini o’ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi – degan xalqimiz(((.
Shuningdek, biz hamkorlikni, haq to’lashning oylik (oklad) asosida qilishni kelishishimiz ham mumkin. Yoki boshqa onlayn-loyihalarimizda parallel ravishda ishlashni taklif qilishimiz ham mumkin.
Bitta narsani tushunishingizni xohlardim! Loyihaning faqat yuqori sifatli va noyob maqolalarga qiziqishi (2 chi bo’limidagi talablarni ko’ring) va shuning uchun yangi foydalanuvchilar uchun «doimiy muharrir» bo’lishdan oldin juda qattiq tekshiruv tizimi ishlayotganini tushunish kerak.
Jamoamizga qo’shiling, o’z mahoratingiz va bilimingizni hozirdanoq ko’rsating!!!
[poll id=»3″]
=== MAQOLANI CHOP QILISH ===
Do’stlar, shu bilan bugungi maqolamni tugataman, sizlarga esa sog’lik omonlik, ijodingizga zafarlar tilab siz bilan xayrlashaman. tushunmagan savol va talablar bo’lsa kommentariyada yozib qoldiring, albatta javob olasiz. xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev
Assalomalekum, Oxun aka. Maqola sarlavhasini o’zimiz tanlasak ham bo’laveradimi? masalan: Buyuklar hayotidan mavzusiga o’zim bir buyuk shaxs to’g’risida maqola yozsam ham bo’laveradimi? Oldindan raxmat.
Salom Malikaxon. Ha, albatta bo’ladi. Faqat kim to’g’risida yozmoqchiligingizni bizga bildirib qo’ying.
Salom yaxwimisz
Va alekum salom, yaxshi
Asalomu aleykum men ham maqola yozsak bo’ladimi
Kimga yozish kerak? maqolani qanaqasi kerak?
Salom Oxun. Men olgan maqolani ustini urmabsizu
Salom Olimjon. Qaysi maqola edi u? Aytivoring urib qo’yaman
Camtasia Studioda ishlash sirlari va uning imkoniyatlari digan maqola edi
Urilganu, yaxshiroq qarangda((
Haa uzr(( ikkinchisi bilan almashtirib qo’yibman uzr(
Ha xechqisi yo’q, bo’lib turadi. Ijodizga omad
Hammaga salom. Oxunjon, maqola yozish joyida rasm yuklanmayapdi, yordam berivoring
Salom Azizaxon. To’g’rlab qo’ydim, yuklanadi
Raxmat, endi ishlayapdi
Arzimaydi, ijodizga omad
Raxmat o’zizgayam. Shunday birovlarga foydasi tegadigan ishlarni ko’pro qilishda sizga omad, xech qachon charchamang
Aka yuborgan pulizzi oldim raxmat
Arzimaydi, kam bo’lsa ham ko’p o’rnida ko’rasiz endi(((
Assalom-u aleykum! Kechirasiz maqolaning hajmi qancha bo’lishi kk va qanaqa mavzularda bo’lishi kk shu haqida ma’lumot bersangiz?
Va yana bir savol sizning blogizga googledan qaysi nomda poisk berib kirish kk shaxsiy kabinet debmi?
Vaaleykum Salom! Maqolaning hajmi va shaxsiy kabinetdan qanday foydalanish to’g’risidagi to’liq ma’lumotni manabu QO’LLANMA dan bilib olishingiz mumkin. Mavzular ro’yxatini manashu maqolaning 4 chi bo’limidan bilib olasiz ya’ni manabu bo’limidan- 4 Quyidagi maqolalar ro’yxatidan bittasini tanlang:. Googledan uzinfobiz.ru deb qidirasiz va saytning o’ng tomonidagi bo’limning eng yuqorisida joylashgan formaga ro’yxatdan o’tganingizda kiritgan login va parolingizni qayta kiritib ENTRY tugmasini bosasiz, agar bir marta bosganingizda shaxsiy kabinetga kirmasa yana bir marta login parolingizni kirgizib ( login parol aslida kiritilgan bo’ladi ) qayta yana o’sha ENTRY tugmasini bosasiz.
Va yana o’zingiz tushunadigan, biladigan mavzularda yozishni istasangiz bizga taklif qiling va biz ko’rib chiqamiz. Agar ma’qul bo’lsa yozishingiz mumkin
Ko’pchilik shaxsiy kabinetiga kirishda qiynalyapdi, shu jumladan siz ham. Shuning uchun shu kommentariyada hamma uchun tushuntirib o’tmoqchiman: Agar ro’yxatdan o’tganizdan keyin login parolizi kiritib ENTRY tugmasini bir marta bosganizda o’z shaxsiy kabinetizga tushib, hech qanday tugma ishlamasa yani manabu holat yuz bersa unda siz yana bir marta login parolizi kiritib ENTRY tugmasini qayta bosing. Va yuqoridagi so’roq belgisi bilan ko’rsatilgan forma o’rnida manabu: bo’lishi kerak, va shiz shaxsiy kabinetizda hisoblanasiz.
Haa raxmat endi tushundim. menam kirolmaytgandim
Ha Zufar salom. Raxmat, arzimaydi. Ishlarizga omad .
Maqolalar istagan mavzuda bo’lsa ham va + youtubega video joylab qilsak bo’laveradimi?
Maqola asosan sayt tuzish, Saytni rivojlantirish, shaxsiy rivojlanish va internetda pul ishlash haqida bo’lishi kerak. Agar boshqa mavzuda yozmoqchi bo’lsangiz, unda qaysi mavzuligini shaxsiy kabinetingizdan bizga yo’llang, ko’rib chiqamiz.
Salom men internetda ya’ni Google Chromeda ajoyib ishlar haqida maqola yozmoqchi edim. Bu maqola ham bo‘laveradimi
Salom, Maqolangizda nimalarni yozmoqchi ekanligingizni aniqroq yozsangiz yaxshi bo’lardi. Telegram manzilimga yozsangiz ham bo’ladi: https://t.me/uzinfobiz
Kasbim taqozosi bilan montaj, televideniye, kino, rejissura, ba’zida esa biznes kitoblar o’qib bu sohada ham o’z fikr-mulohazalarimga egaman. Shu sohalarda maqola yozsam bo’ladimi? Umuman, maqoladan maqsad ITga ixtisoslashgan maqolalar bilan blogni boyitishmi, yoki blog aktualligini ko’taruvchi ommabop mavzularda ham qalam tebratsa bo’ladimi?
Javob uchun, oldindan rahmat!
Salom. Asosan IT ga iqtisoslashgan maqolalar, lekin bu shaxsiy blog bo’lganligi uchun ommabop maqolalar ham bo’laveradi, ya’ni masalan bank sohasi, bank tizimlari, biznes, internet orqali pul ishlash va hokazo shunga oxshash.
Yaxshi, unda ishni boshlay qolaman.
Ha boshlayvering
Hozirda agar ruschani bilsa, yaxshigina ishlash mumkin, lekin o’zbekcha yozish orqali pul topsa ham bo’ladi. Forumlarda telegramda bitta bolani ismini oqib qoluvdim. Yozib ko’ring, turli usullarda ishlaydi. Men ozim 30$ ishladim 20 kunda, hozir vaqt bomayabdi lekin ishlari oson, kopincha tarjima qilishni soraydi
Boshqa qiladigon ishlarin yuqmi
Salom, hozircha yo’q
Salom! Maqolangiz menga yoqdi. Hozirda men ham maqola yozishni organyapman. Saytda oz kabinetimni ochmoqchiman lekin uddalay olmayapman.
Salom, hozirda saytdan kabinet ochish funksiyasi olib tashlangan, kabinet ochib bo’lmaydi. Telegram orqali bog’lanishingiz mumkin: https://t.me/uzinfobiz
Assalomu alekum Oxunjon aka siz bilan qande bog`lansa bo`ladi doimiy hamkor bo`lishni xohleman. Maqolalar yozganman yana davom ettirishni isteman men bilan bog`laning yoki siz bilan bog`lanadigan manzilni yuboring. Javobizni kutib qolaman
Va alekum salom, telegram orqali bog’lansak bo’ladi, meni telgram manzilim https://t.me/uzinfobiz
Salom Oxunjon men googledan ro’yxatdan o’tolmayapman yordam berib yuborsangiz
Xa
men nima deb yozishni bilmadim. menga ko’proq puplisistik yo’nalish kerak. shahsiy rivojlanish haqida
uychi uylagancha tavakalchi ishni bajarar
Men ham maqola yozib pul ishlamoqchiman ijodiy qobiliyatim yuqori. Mobil telefonda ham maqola yozib jo‘natsam bo‘ladimi
Iltimos menga javobni yo‘llang
Salom, telegram chatga yozing: https://t.me/uzinfobiz
Assalom men maqola yozmoqchiman. Mening maqsadim odamlarga boy va omadli insonlarni kitoblarini tanitmaoqchiman. Uzimni xulosalarim xaqida urtoqlashmoqchiman. Masalam robert kiyosakini boy ota kambagal ota, Djon kexoning ,, gayri ixtiyoriy ong mujizalai,, kitoblarini tanitmoqchiman. Kitob uqishga vaqt ajratishmay kambagalikdan noliyotgan odamlarni ozgina boshqacharoq uylashlarini xoxladim.
Bu maqolamni nomi,, Mening 2 dustim va 1ta dushmanim,, deb nomlanadi.
Lekin siz bilan qanday boglanishni bilmayapman.
Salom, maqola yozib mablag’ topish hali ham kuchdami? Unda nega saytdan ro’yxatdan o’tib bo’lmayapti? Men maqola yozmoqchiman, hozirda qanday ma’lumot olsam bo’ladi oldindan rahmat.
Salom. Biz maqola yozish oynasini olib tashladik. Maqola yozishni istasangiz manabu saytga murojaat qilishingiz mumkin: https://islife.uz/maqola-yozish-qoidalari
Bu sayt qulayliklari menga yoqdi va bu sayt bilan ishlayman