Assalom aleykum! Yana men Oxunjon. Bu maqolamda eng kerakli plaginlardan biri bo’lgan All in One SEO Pack haqida yozdim.
Agar siz wordpressda saytingizni (blogingizni ) yaratgan bo’lsangiz va hali ham All in One SEO Pack plaginini o’rnatmagan bo’lsangiz, unda darhol buni o’rnatib olishingiz kerak.
Nega deb quyidagi savollar hayolingizga keldimi?
All in One SEO Pack plagini nima o’zi?
Nega WordPress sayt (blog) uchun bu plaginni o’rnatishim kerak?
Yaxshi unda savollaringizga javob oling.
Demak, saytingizni yaratdingiz va saytda yozadigan maqolalaringiz ham tayyor. Maqolalaringizni saytingizga qo’yib saytingiz borligi va kerakli malumotlar borligi haqida barchaga tarqatmoqchisiz.
Bu uchun siz insonlar malumot topishda Google, Yandex ga o’xshagan qidiruv tizimlaridan foydalanishini nazardan chetta qoldirolmaysiz.
Bunda siz qidiruv tizimlari bilan aloqa qilishingiz kerak. All in One SEO Pack plagini xuddi shu vazifani bajaradi. Aslida bu vazifani bajaradigan plaginlar ko’p, masalan: Platinum Seo Pack va WordPress SEO. Bu plaginlar ham ba’zi jihatlari bilan All in One SEO Pack dan ustun turadi.
Ammo hozir mening blogimga All in Seo Pack plagini o’rnatilgan va u anchagina oddiy, tushinarli va shu bilan birga ko’p faoliyatli.
Bu plagin 2007 – yildan buyon plaginlar ichida eng ko’p ishlatiladigan plaginlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda bu plagindan foydalanuvchilar soni 27 mln dan ortgan.
Ko’rsatgichlar yomon emas, to’g’rimi? Shuning uchun men sizlarga bu plaginni o’rnatishni tavsiya qilaman. Shu va shunga o’xshash plaginlar to’g’risidagi malumotlarni blogimning PLAGINLAR sahifasidan bilib olasiz.
Shu maqolamdagi ko’rsatilgan sozlashlarni hech qanday o’zgarishsiz parallel tarzda o’rnatishingiz kerak.
- All in One Seo Pack plaginini o’rnatishni va sozlashni boshlaymiz.
- Sozlashning o’nta bo’limi bor.
- General setting-Umumiy sozlamalar .
- Home Page Setting-Bosh sahifa sozlamalari.
- Title Setting- Sarlavha Sozlamalari.
- Custom Post Type Setting- Maxsus xabar turi sozlamalari uchun:
- Display Setting- Sozlamalarni ko’rsatish.
- Webmaster Verification- webmasterini tekshirish.
- Google Setting—Google sozlamalar.
- Noindex Setting—Noindeks sozlamalar.
- Advansed Setting—Murakkab sozlash.
- Keyword Setting—Kalit so’z sozlamalar.
All in One Seo Pack plaginini o’rnatishni va sozlashni boshlaymiz.
Plaginni oldin o’rnatamiz, demak, WordPressda adminga boring va Plugins ga kiring!
Suratlarni yaxshi ko’rish uchun kursorni surat ustiga bosing!
Keyingi ishlar raqamlar bilan ko’rsatilgan. O’rnatmoqchi bo’lgan plaginimizni topish uchun “All in One Seo Pack” so’zini yuqorigi rasmda ko’rsatilgan (3) joyga kiritib Enter tugmasini bosing.
Endi izlayotgan plaginimizni ko’rasiz (qizil ramka bilan ajratib ko’rsatilgan):
Bu plaginni Install Now tugmasini bosib o’rnatib olamiz.
O’rnatganimizdan so’ng yana qaytib Pluginlarga kiramiz va o’rnatgan plaginimizni topib aktivatsiya qilamiz.
Plagin aktivatsiya bo’lganidan so’ng o’sha plaginni menyu yuqorisida ko’rasiz.
O’rnatib bo’lgach plaginni sozlaymiz. Sozlash uchun yuqoridagi rasmda qilinadigan ishlar raqamlar bilan ko’rsatilgan ya’ni “All in One Seo” ga borasiz va “General setting” ga kirasiz.
Asosiy qilinadigan ish endi boshlandi.
Sozlashning o’nta bo’limi bor.
General setting-Umumiy sozlamalar.
Bu bosqichda Canonical URLs ni yoqib qo’yasiz. Bu sizni nusxalashtirilgan contentlar uchun Google tomonidan jazolanishingizning oldini oladi.
Use Original Title – ga Disabled qiling! Agar buni Enabled qilsangiz, unda o’sha tema sarlavhasidan foydalanadi.
Use Schema.org Markup – ni yoqib qo’ying.
Home Page Setting-Bosh sahifa sozlamalari.
Bu tanlovda bir qancha detallarni qo’shishingizga to’g’ri keladi. Quyidagilarga e’tibor bering:
Home title— Bosh sahifa sarlavhasi. Bu Qidiruv mexanizmlari qidiruv natijasida topilgan saytga ssilka sifatida ko’rsatadigan sarlavha va u Browzerning eng yuqorisida chiqadi. Bu 60 harf yoki undan kam bo’lsin!!!
Home Descreaption—Bosh sahifa tarifi. Bu qidiruv mexanizmlari o’zlarining natijalarida ko’rsatadigan tarif. Sarlavha ostida chiqadi. Harflar soni 160 yoki undan kamroq bo’lishi kerak.
Use Static Front Page Instead— ni o’chirib qo’ying.
Keyingi sozlash:
Title Setting- Sarlavha Sozlamalari.
Bunda quyidagi rasmdagidek sozlashingiz mumkin.
Custom Post Type Setting- Maxsus xabar turi sozlamalari uchun:
Maxsus xabar turlari bo’limida siz har qanday post uchun SEO ni yoqish yoki o’chirishingiz mumkin. O’zingizni biron bir SEO ishini ko’rmaydigan xabarlarning har qanday turi mavjud bo’lsa, ularni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
Display Setting- Sozlamalarni ko’rsatish.
Webmaster Verification- webmasterini tekshirish.
Bu sizning WordPress blogingizni Google Webmaster vositasida, Bing veb-menejeri vositasida va Pinterestda tekshirish uchun foydalidir. Barcha qiladigan ishimgiz, veb-saytingizni ushbu uchta veb-saytga yuboring, tasdiqlash kalitini oling va bu yerga joylashtiring.
Google Setting—Google sozlamalar.
All in One SEO plagini Google muallifligini qo’llab-quvvatlaydi. Yagona muallifli WordPress blogi ishlayotganda u eng yaxshi ishlaydi. Google+ profilingiz URL-manzilini qo’shing va sizning Google profilingiz orqali blogingizga havolani qo’shing. Bundan tashqari, blogingiz uchun Google Analytics tomosha qilishni tezda faollashtirish uchun Google Analytics ID qo’shishingiz mumkin.
Noindex Setting—Noindeks sozlamalar.
Ushbu bo’lim sizning saytingizdagi qidirish mexanizmlari tomonidan kategoriya, arxiv sahifalari va tag arxivlarini indeksatsiyalashni o’chirib qo’yishga yordam beradi. Chunki, Qidiruv tizimiga kiritilganda ular past sifatli sahifalar sifatida ishlaydi.
Advansed Setting—Murakkab sozlash.
Murakkab sozlamalar bo’limi tajribali webmasterlarga veb-sayt optimallashtirishning ba’zi jihatlarini o’zgartirish imkonini beradi. Sahifalarni chiqarib tashlash kabi, sarlavhalarga kod qo’shish, tavsiflarni avto-yaratish va h.k.
Keyword Setting—Kalit so’z sozlamalar.
Ko’p SEO mutaxassislari, meta kalit so’zlarni tagdan foydalanishning hech qanday foydasi yo’q deb hisoblaydi. Boshqa tomondan, ba’zi mutaxassislar, ular hali ham foydalidir, deb hisoblashadi. Agar siz ham foydali deb hisoblasangiz yoqib qo’yishingiz mumkin.
Barchasini saytingizga mos bo’lganini to’ldirganingizdan so’ng eng quyi chap tomonda turgan “ Update Options” tugmasini bosing va shu bilan plaginni o’rnatib bo’ldingiz.
Agar keyinchalik sozlamalarda kamchilik sezsangiz, yana boshqa qo’shimcha faoliyatlarni qo’shing.
Shu bilan bu maqolada All in One Seo Pack plagini nima ekanligini va qanday o’rnatishni endi siz ham bilasiz.
Agar maqola yuzasidan tushunmagan joyingiz yoki savollaringiz bo’lsa, kommentariyada qoldiring va keyingi maqolalarni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling. Men esa sizlar bilan xayrlashaman, xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev