Assalomu-aleykum! Siz bilan yana men Oxunjon G’aybullayev. Bu maqolamda WordPress sayt yoki blogingizga ikkita oson usulda plagin o’rnatishni ko’rsatmoqchiman.
Lekin, oldin sizga bir savol. Blogda yoki saytda eng asosiy plagin qaysi? Saytda hamma plagin ham kerakli bo’ladi lekin asosiysi qaysi? Javobni bilish uchun manabu maqolani o’qib chiqing!
WordPress plaginlarini o’rnatishning uchta yo’li bor:
1. Qidiruv va o’rnatish.
2. Yuklash va o’rnatish.
3. FTP.
1- Usul: Qidiruv va o’rnatish.
WordPress Dashboard (boshqaruv paneli) dan plaginni o’rnatish eng oson yo’l.
Agar o’rnatmoqchi bo’lgan plaginingizning nomini bilsangiz, to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv panelidan plagin qidiruv tizimiga boring!
Oldin Plugins ga, keyin Add New ga kirasiz. Endi qidiruv tizimida plaginning nomini yozasiz. Rasmga qarang:
Bu holatda sizga WP-Optimize plaginini o’rnatishni misol tariqasida ko’rsataman.
Agar bu plagin nomini qidirsak
quyidagi natijaga ega bo’lamiz:
Plaginni o’rnatishdan oldin, shu plagin haqidagi to’liq malumotlarni va statistikalarini o’qib o’rganing va ishonch hosil qiling “ bu aniq men qidirayotgan plaginmi o’zi?”
O’rnatish uchun Install Now tugmasini bosing!
O’rnatish tugaganidan so’ng, plaginni aktivatsiya qilmaguningizcha plagin ishlamaydi.
Bu uchun Activate tugmasini bosishingizni o’zi yetarli. Yoki boshqaruv panelidagi menyudan Plugins ga kirib o’rnatilgan plaginlar ro’yxati ichidan hozirgina o’rnatgan plaginingizni topib o’sha yerdan Activate tugmasini bosib aktivatsiya qilasiz va shu bilan plaginingiz ishlashni boshlaydi.
Keyingi bosqichda menyudan o’rnatgan plaginingizni topib ( faqat menyudagi Plugins bo’limidan emas, u yerda blogdagi barcha plaginlar ro’yxati turadi) sozlashlarni amalga oshirasiz.
Ko’pincha, plaginlarni o’rnatishda ularni to’g’ri sozlamasdan xato qilib qo’yamiz.
Har doim plaginni o’rnatganingizdan keyin, to’g’ri sozlamalarni qiling!
2- Usul: Yuklang va O’rnating.
Bu kabi plagin o’rnatishda siz oldindan .zip formatidagi plaginni kompyuteringizga yuklab olgan bo’lishingiz kerak.
Ha, to’g’ri topdingiz, plaginni boshqa saytlardan yuklab olsangiz ham bo’ladi, faqat shuni esda tuting .zip formatda bo’lishi kerak.
Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek Plugins>>Add New>> Upload Plugin ga borasiz.
Pastda rasmda ko’rsatilgan joydan .zip formatidagi plagin faylingizni WorPressga yuklab olasiz.
Yuklash tugaganidan keyin Install Now tugmasini bosib o’rnatib olasiz.
O’rnatish tugaganidan so’ng aktivatsiya qilasiz.
Sezgan bo’lsangiz plagin o’rnatishning birinchi usulida qilinadigan ishlar takrorlanishni boshladi. Faqat farq shundaki busafar o’zingiz boshqa saytdan topib olishingiz kerak bo’ldi.
Bu usulda ham aktivatsiya qilganingizdan keyin, sozlamarni to’g’irlashni unutmang!
Men shaxsan WordPressning o’zida o’rnatishni tavsiya qilaman. Lekin ayrim hollarda ba’zi cheklovlarga ko’ra bu usuldan foydalana olmasangiz FTP dan foydalanishingizga to’g’ri keladi.
Agar FTP haqida yozadigan bo’lsam, buni o’zi juda katta mavzu bo’lib ketadi shuning uchun plaginni FTP dan foydalanib o’rnatishni keyingi maqolalarimdan o’rganib oling!
O’tkazib yubormaslik uchun esa blogimga OBUNA bo’ling.
Men esa sizlar bilan xayrlashaman, xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.