Assalomu- aleykum! Qadrli blogimning o’quvchilari. Yana men Oxunjon G’aybullayev. Bugun sayt yoki bo’lmasam shaxsiy blogni nima sababdan ochishingiz kerakligi haqida maqola yozishga qaror qildim.
Bugun 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami. Shu munosabat bilan Ishga o’tishdan oldin, o’zbek munisa ayollarimizni, opa-singillarimizni va albatta onajonlarimizni 8-mart xotin qizlar bayrami bilan tabriklayman, sizlarga uzoq umr va yaxshi hayot tilayman, hayotingiz ushbu gullardek chiroyli bo’lishiga tilakdoshman. Yuzlaringizdan kulgu va tabassum arimasin.
Mavzuga o’tamiz:
Aslida, nima uchun internetda o’z shaxsiy blogingiz bo’lishi kerakligi sabablarini oldingi maqolalarimda qisman aytib o’tganman ham. Lekin bu safar yana bir muhim sababi to’g’risida ma’lumot bermoqchiman. Albatta insonlar har xil maqsadda sayt yoki blog yuritishi mumkin. Masalan ko’pchilik pul ishlash uchun sayt ochadi.
Yangi kelganlarga g’alati tuyilishi mumkin “nima saytdan pul ishlasa bo’ladimi ?”. Albatta ishlasa bo’ladi, buni tushinish uchun saytlarda yoziladigan maqolalarni, ma’lumotlarni kim yozishi va nega yozishi haqida o’ylang! Axir qimmatli vaqtini ketqazib bekordan bekorga shuncha ma’lumotlarni bermaydiku.
Xullas, maqsadga o’tamiz.
Nega sayt kerak?
Javob: O’zingizni bildirish va tanitish uchun kerak.
Nega o’zingizni bildirishingiz kerak va kimga bildirishingiz yoki tanitishingiz kerak degan yana savol tug’iladi.
Nega bu javobga borganimizni ko’rib chiqamiz.
Masalan menda blog ochish sababi shunday boshlangan:
Men dasturchi bo’lishga qaror qilgandim. Dasturchilikni o’rganish uchun oldimga ma’lum bir vaqt qo’ydim va o’zlashtirishni boshladim ham.
Dasturlashni o’rganish uncha qiyin kechmadi (to’liq o’rganmaganman). Lekin ba’zan o’rgangan narsalarimni ham esdan chiqarib qo’ydim. Keyin bir insonning maslahati bilan o’rganganlarimni birma-bir yozib bordim, tekst qilib ham, video dars qilib ham yozib bordim.
Keyin yaqin do’stlarim va ukalarimda dasturlashga qiziqib dasturchi bo’lish istagi paydo bo’lganini ko’rdim. Bu paytga kelib, menda anchagina o’quv qo’llanma yig’ilib qolgandi.
Shunda o’zimcha o’ylab qoldim: men o’zim dasturlashni o’rganib, o’quv qo’llanmalarimni yaratib bo’lganimdan keyin, mendan keyingi ukalarim ham osongina shu qo’llanmalardan foydalanib o’rganishi mumkin ekan.
Shunga ko’ra men har bir o’rgangan narsamni yozib borishga qaror qildim va bunga amal qilib bordim.
Mana asta sekin sayt yoki blog ochish sabablariga ham kelayapmiz.
Demak, men dasturlashni o’rganishni boshladim va agar harakat qilsam, qachondir ma’lum bir bilimga va tajribaga ega bo’laman. Albatta o’rganishdan maqsad shu soha bo’yicha qayerdadir ishlash.
Dasturlashda ko’zga ko’rinadigan biron darajaga erishgandan so’ng, ishga ariza topshirish vaqti keladi. Ariza qog’ozida ishga qabul qilinishingiz uchun arzirlik sabab ko’rsatishingiz talab qilinadi, albatta.
Ya’ni ariza qog’ozi sizning bilim darajangizni, yana ham aniqrog’I shu kasbda ishlashga qanchalik mos ekanligingizni ko’rsatib berishi kerak.
Endi, asosiy joyiga keldik.
Yuqorida aytilganlarni anglagan bo’lsangiz, inson o’zining qo’lidan keladiganini isbotlash uchun, o’zining bilim manbasiga ega bo’lishi kerak, bizningcha. Aks holda o’rgangan narsangizni qanday qilib birovga isbotlab ko’rsatasiz, nima, qo’limdan mana shunaqa ishlar keladi deysizmi? Axir quruq aytish bilan ish bitmaydiku.
Aynan shu joyda sayt yaratishingiz kerak demoqchiman. Sezgan bo’lsangiz yuqorida bu uchun ikkita sabab ko’rsatildi.
1. Do’stlarim va mendan keyingi ukalarimga o’rganganlarimni o’rgatishim mumkin deb aytgandim. Sayt orqali nafaqat o’zingiz taniydigan biladigan insonlarga, shu bilan birga siz o’rganayotgan sohaga qiziqib qolgan odamlarga ham bilganlaringizni o’rgatish imkoningiz bo’ladi.
Demak, sayt sizga dunyoga chiqish va o’z so’zingizni aytish imkonini beryapti. Masalan men Java dasturlash tili bo’yicha o’rganganlarimni yozib bordim va oxirida bularni jamlab bitta mini kitob qildim. Hozirda bu kitobimni ko’plab javaga qiziqqan odamlar blogimdan o’ziga yuklab olishyapdi, o’rganishayapdi va tushunmagan joylarida menga savollar berishayapdi, men esa shu o’rinda o’zimga hamfikr do’stlar ortirayapman va tanilayapman.
Umuman tanimiydigan insonlarimga ham so’zimni aytayapman va ular eshtayapti.
Bu kitobni blogimning KURSLAR sahifasidan siz ham yuklab olishingiz mumkin.
2. O’zingizning darajangizni bildirish uchun kerak. Youtube kanalimda Javadan boshlang’ich video kurslarim bor. Kelajakda Javada qilingan katta loyihalarim (dasturlarim) haqida video darslarni kanalimga va saytimga joylashtirish niyatim bor.
Demak, bilim darajamni ko’rsatish uchun ishlarimni saytimga to’plab boraman. Ertaga kimdir kimsan, nima ish qo’lingdan keladi deganida, men manashu saytni yoki blogni egasiman deb ssilka berib qo’ysam bo’ldi. Mening kim ekanligimni tariflash uchun boshqa so’z kerak emas.
Hayotimiz davomida ko’p narsalarga qiziamiz va ko’p narsalarni o’rganamiz, lekin o’rganganlarimiz faqat o’zimizning kallamizda qolib ketadi ko’pincha, bu meni shaxsiy kuzatishim.
Sayt yuritish orqali bilganlarimizdan unumliroq va ko’pchilikga foydaliroq foydalanish yo’li mavjud bo’laturib, biz nega undan foydalanmasligimiz kerak?
Maqolani shu yergacha o’qib kelib sayt ochishga qiziqib qolgan bo’lsangiz, sayt tuzish qo’llanmasi sifatida mening “WordPressda blog yaratish” nomli mini kitobimni blogimning KURSLAR sahifasidan yuklab olsishingiz mumkin.
Yuqorida berilgan ma’lumotlarning foydasi tekkan bo’lsa xursandman, savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldirish cheklanmagan, o’zingizni erkin his qiling va izoh qoldiring! Keyingiz maqolalarimni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!
Endi esa xayrlashamiz, xayr!
Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.