Okhunjon Gaibullayev's blog

Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?

Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?


Salom do’stlar! Ismim Oxunjon.  Bu maqolamdan qanday muvaffaqiyatli blog yaratishni boshlash va uni rivojlantirish ya’ni topga chiqarish turlari haqida bilib olasiz.

Balki siz, o’zi blog nega kerak deb o’ylayotgandirsiz, buni mening “Sayt ochish va uni yuritish siz uchun nega kerak?” nomli maqolamdan bilib oling va buyerga qayting! Men esa sizni shuyerda kutaman.

Demak siz, endi shaxsiy blogingiz sizga nima berishini ham bilasiz, birgina bu blogni yaratishni boshlash va blogni rivojlantirishingiz qoldi.

Rivojlantirish deganda, qisqacha aytsam sizni shu blogingizdagi qatnov ya’ni insonlarning blogingizga kelishi va ketishi. Hamda blogingiz qidiruv tizimlarida Top o’ntalikdan joy olishi.

Qo’rqmang, siz yolg’iz emassiz.

Bu maqolani o’qib chiqib blogni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo’lgan isbotlangan strategiyalar haqida bilib oling! Ishonaman, bu maqola sizning ko’zlaringizni ochadi va siz o’zingiz anchadan beri o’ylayotgan muammolaringizga javob olasiz.

 1. O’zingiz eslaganingizda jo’shqinlanib ketadigan ma’qul sohani tanlang!

Insonlar turli sabablar uchun blog yaratishadi. Ba’zilar blogi orqali shuhratga va mashhurlikka erishmoqchi bo’lishadi va yana ba’zilar minglab izdoshlarga erishmoqchi bo’ladi. Kimdir esa uyida o’tirgan joyida pul ishlash maqsadida blogging bilan shug’ullanadi.

Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?

Blogging (blogga ega bo’lib uni yuritish) dan maqsadingiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar, muvaffaqiyatli blogni yaratmoqchi bo’lsangiz, siz o’zingiz qiziqqan sohani tanlashingiz kerak.

Muvaffaqiyatli blogni boshlash, o’z o’quvchilaringizga taqdim etayotgan mavzularni doimiy tarzda o’rganib borishingizni talab qiladi. Sizni blogingizga mos bo’lgan soha haqidagi maqola va kitoblarni o’qishingizga to’g’ri keladi, o’sha mavzuga aloqador videolarni tomosha qilishingizga to’g’ri keladi, o’quvchilaringizga mavzu haqidagi malumotni yetkazib berish uchun tengi yo’q usul topishingiz kerak bo’ladi.

Agar blogingizdagi sohaga qiziqishingiz bo’lmasa, bu vazifalar zerikarli ishga aylanib boradi. Yozadigan maqolalaringiz ham qiziqarsiz bo’ladi.

Blogingizdagi barcha maqolalarning maqsadi sizning o’quvchilaringizga odatiy holga aylanishi kerak, masalan: ular har doim yanada ko’prog’ini kutayotganini aytishi kerak. Buni amalga oshirish uchun, o’sha sohada o’zingizni tengsiz ekanligingizni ko’rsatishingiz kerak va agar sizning bu sohaga qiziqishingiz past bo’lsa, buni qilish qiyin.

 2. Tanlagan sohangizning hayotiy ekanligini aniqlash.

Omadli blogger bo’lishda ba’zan qiziqish ham yetarli emas.

Muvaffaqiyatli blog yuritishning eng muhim jihatlaridan biri bu: blogingizni boshlashingizdan oldin sohangizni tekshiring! Bu uchun esa Google va Yandex xizmatlaridan foydalaning.

Siz yaxshi soha tanlaganmisiz yoki yo’q, buni bilishning yana bir yo’li, shu sohadagi beshta blogni kuzating, masalan: izdoshlari qancha, kommentariyalar bormi, insonlarga qanchalik yordam bera olyapti. Agar bunaqa talabga javob bera oladigan blog topa olmasangiz, tanlagan sohangiz haqida qayta o’ylab ko’ring!

Lekin shuni hisobga olishingiz kerak, O’zbekistonda bloggingda ko’p sferalar hali bo’sh. To’ldirilishi kerak bo’lgan joylar ko’p. Ehtimol siz birinchilardan bo’larsiz va balkim bunda yulduz darajasiga ko’tarilarsiz. Bu tomonlarini o’ylab ko’ring!

Bloggingni yangi boshlaganlar o’zlarining tanlagan sohasida raqobatni ko’rishganida qiladigan odatiy xatolarida biri “E-eh, bu sohada manga joy yo’q, barcha malumotlar allaqachon berilgan, endi men yangi biron narsa yaratolmayman.” deyish bo’ladi.

Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?

Bu fikrlarni hayolingizdan o’chirib tashlang!

Raqobat yaxshi narsa. Raqobat – odamlar ko’proq ishlashi va muammolarni hal qilish uchun yangi yechimlar ishlab chiqarishga undaydigan narsa. Raqobat, sizni topga chiqarish uchun butunlay yangi narsalarni yaratishga majbur qiladi. Raqobatni do’stingiz va rag’batlantiruvchingiz sifatida qarang.

Bloggerlar jamoasi bir-biriga yordam beradigan guruhlar. Chunki, o’z bloglarini tanitishda bir-biridan foydalanishadi. “Raqib” bilan do’st bo’lishingizni bilib hayron qolayotgandirsiz.

 3. Texnik ishlarni bajaring!

Blogingiz maqsadini aniqlab bo’lganingizdan so’ng, blogingizni yaratishingiz kerak. Bunga quyidagilar kiradi:

  1.  Esda qolishi oson, sohaga bog’liq domen nom sotib olish.
  2.  Domeningiz uchun xostni topish va sozlash.
  3.  Blog platformasini tanlash.
  4.  Blog dizaynini eskizini yaratish.
  5.  Blog bosh sahifasini va navigatsiyasini sozlash.

Bu texnik ishlarni bajarishda qo’shimcha malumotni mening “WordPressda blog yaratish” nomli BEPUL mini kitobimdan bilib oling! Bu shaxsiy blogimning “KURSLAR” sahifasida joylashgan.

To’liq xususiyatli platformani tanlang. Siz tanlashingiz mumkin bo’lgan ko’plab platformalar bor va ularning ko’pchiligi foydalanuvchiga qulay ( shuning uchun siz kodni bilishingiz yoki dizayn mutaxasisi bo’lishingiz shart emas).

“Muallif haqida” nomli sahifa qo’shing va bunda o’z suratingiz ham bo’lsin! O’quvchilar kimning so’zlarini o’qiyotganini ko’rishni yoqtirishadi. Xullas, “Muallif” yoki “Muallif haqida” nomli sahifa yangi o’quvchilar bilan bog’lanishdagi kalit yo’l.

Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?

“Boshlanish joyi” haqida ham sahifa qo’shing! Bu sahifa “Muallif haqida” sahifasiga o’xshab ketadi va bu sizning blogingiz nima haqida ekanligini yoritib beradi. Va shuningdek boshqa kuchliroq maqolalaringizga ham ssilkalar berib blog maqsadini kuchliroq tushuntira olasiz. Bu sahifani hamma sahifalardan yuqorida qo’ying, shunda maxsus bir maqola orqali blogingizga kirib qolgan yangi tashrif buyuruvchi ham bu blog maqsadini oson tushunadi.

 4.Chuqur manoli maqolalar qo’shing.

Ko’pchilik yangi blogerlar qisqa blog maqolalarini yozish bilan xatoga yo’l qo’yishadi. Qisqacha yozish o’quvchilaringizga qiymatli malumotlarni yetkazib bera olmaydi.

Biz insonlar vaqtlari evaziga biron narsa olishni xohlaydigan dunyoda yashayapmiz. O’quvchilaringiz qimmatbaho daqiqalarida muammoga javob berishingizni yoki hech bo’lmasa ularning vaqtlarini behudaga ketqizmasligingizni kutadi.

Keng, uzun maqolalarni yozish uchun (kamida):

  • Mavzuni yaxshilab o’rganib chiqing!

  • Masalaning asosiy nuqtasini boshqaradigan misollar va tasavvurlarni taqdim eting!

  • O’zingizning fikringizni tushuntirishga yordam beradigan rasmlar, grafikalar va videolar qo’shing!

Agar siz o’quvchilarni qiziqtiradigan maqola sarlavhasini yozsangiz, bu vadani to’liq o’quvchiga yetkazib berishingiz kerak. Agar bunaqa qila olmasangiz, unda yangi kitobxonlarni yo’qotasiz va izdoshlar ham uzoq qolmaydi.

Manabu ahvolga tushib qolmang yana: (((Blog yaratishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?

 

Yozadigan maqola mavzusini va turini tanlashda, kundalik hayotingizda sizdan ko’p so’raladigan savollarga, shuningdek, o’quvchilarning saytingizga joylashtiradigan fikr- mulohazalarga e’tibor qaratishingiz kerak. Shu orqali o’quvchilaringiz uchun nima qimmatli ekanligini topa olasiz.

Blogging ancha vaqt talab qiladi. Nafaqat maqolalar yozish va izdoshlar to’plash uchun, shuningdek maqolalarni o’qishga arzugulik qilish uchun ham.

 5. O’z uslubingizni ishlab chiqing!

Ilhom olish uchun boshqa bloglarni o’qish boshqa bir narsa, lekin o’z maqolalaringizni yozish uchun, o’z yozish uslubingizni yaratishingiz kerak. Yozuv uslubingizni ishlab chiqish ikki muhim narsani amalga oshiradi.

1. Bu sizni raqobatdan ajratib turadi.

2. O’quvchilaringizga sizni shaxsan bilishga o’xshagan his uyg’otadi.

O’zingizni ajratib ko’rsating. Odamlar bloglarni o’qib chiqishining sabablaridan biri, ular turli narsalarni talab qiladi, masalan: turli fikr, malumot va ifoda. Agar siz yangi mehmonlarni blogingizning sodiq izdoshlariga aylantirmoqchi bo’lsangiz, yozishingiz yoki ishlaringiz orqali o’zingizni boshqa bloggerlardan farqli ekanligingizni ko’rsatishingiz kerak.

Farqli bo’lish zo’r bo’lish degani emas. Bu bilan o’ziga xoslik haqida o’ylang demoqchiman.

 6. Turli xil maqola turlaridan foydalaning.

Blog maqolalaringizni turli usulda yozish orqali o’quvchilarni ushlab turing. Har bir maqola bu sizni uslubingiz ekanligini ko’rsatib turishi kerak, biroq malumotlarni oldingisidan boshqacha usulda ko’rsating.

 7. Maqolalarni jadval bo’yicha e’lon qilish.

Qiymatli va kerakli maqolalarni juda ko’p e’lon qilish qancha muhim bo’lsa, ularni muntazam bir vaqtda nashr qilish shuncha muhim, ya’ni o’quvchilaringiz keyingi maqolalaringiz qachon chiqishini oldindan bilishi muhimdir.

Keling, siz allaqachon biron mavzuda seriyaviy maqolalaringizni tayyorlab bo’lgansiz deb faraz qilaylik va ularni bir kundayoq saytingizga qo’ymoqchisiz. Va hatto buni ham qildingiz, xuddi tomdan tarasha tushgandek. Bunda maqolalaringizning qiymati pasayib ketadi. Qolaversa barcha maxsulotlaringizni bir kunda chiqarib qo’yib, ertaga nima haqida yozsam ekan deb qolasiz.

Bir qancha vaqt davomida blogingizda o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bu eng qo’pol xatolardan biri ya’ni bunaqa faoliyatni qidiruv tizimlari yoqtirmaydi (Google, Yahoo, Yandex va hakazo).

Ha, ba’zan maqolalar yoza olmay qolishingiz ham mumkin. O’shaning uchun ham bor , mavjud maqolalaringizdan to’g’ri foydalaning!

Shunchaki, maqola e’lon qiladigan mos vaqtni tanlang (har kuni bittami, ikki kunda birmi yoki haftada birmi ) va e’lon qiling!

 8. O’quvchilar bilan muloqatda bo’ling.

Blogdagi maqolalaringiz o’quvchilaringizning to’g’ri nuqtasiga tegayotganini bilish uchun, siz ular bilan muloqatda bo’lishingiz kerak. Albatta siz jimgina kommentariyalarni kuzatib yoki Likes va Shares larni sanab o’tirishingiz mumkin, ammo o’quvchilaringiz bilan o’zingiz muloqatda bo’lishingiz sizga ularning fikrlarini, qo’rquvlarini, umidlarini, yoqtirishlarini, va yoqtirmaydiganlarini yaxshiroq tushinishda yordam beradi.

Demak, o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish, ularda iliq hissiyot uyg’otadi, ya’ni ular eshitilayotganini va tinglanayotganini his qiladi.

Oddiygina, sizni kimdir eshitsa qanchalik xursand bo’lasiz va agar sizga kerakli javobni bersa, unda boshingiz ko’kka yetadi. Shundan misol olishingiz mumkin.

Kommentariyada cheklovlar qo’yishdan saqlaning. Albatta, qo’pol so’zlardan foydalanmaslikni bildiring! Chunki, birgina qo’pol (so’kinish) aytilgan so’z ham saytingizni obro’sini tushurishi mumkin. Lekin, mantiqiy tanqidlardan qo’rqmang va ulardan to’g’ri xulosa chiqarishga harakat qiling.

 9. Rag’batlantirish blogni muvaffaqiyatga ko’tarishning muhim qismi.

Rag’batlantirish, oddiyroq aytganda BEPUL malumotlar berish, ya’ni o’quvchilarga.

Hozir ko’p ish beradigan rag’batlantiruvchi metodlardan:

Elektron kurslar va elektron kitoblar.

Youtube kanal yaratish.

Ijtimoiy media tarmoqlari.

Shunga o’xshashlar.

Bu metodlarning ba’zilari blogni yurutishni boshlaganingizdan bir necha oy yoki yil o’tganidan keyin to’g’ri kelishi mumkin, chunki bu vaqtda malumot yig’ish bilan ovora bo’lasiz. Bu o’rinda, raqobatchilaringiz rag’batlantirishni qanday bajarayotganini ham kuzating va o’zingiznikini yarating!

 10. Daromad olish uchun pullashtirish.

Blogingiz sizga bir qancha yo’llar orqali pul keltirishi mumkin.

Masalan: biron soha bo’yicha oson usulda video kurs yoki kitob yaratib sotuvga qo’yishingiz mumkin. Agar siz allaqachon sodiq izdoshlar yiqqan bo’lsangiz, unda siz yaratgan maxsulotlarni tezda sotib olishadi.

Faqat shuni esda tuting, yaratgan maxsulotlaringiz foydali va sifatli bo’lishi shart.

Reklamlar orqali pul ishlashingiz mumkin, masalan: kontekst reklama, tizer reklama va banner reklamalar va boshqalar.

Reklamalar orqali pul ishlash haqida yozsam, buni o’zi katta maqola bo’lib ketadi.

Shu sababli, keyingi maqolalarimda bu haqida to’liq ma’lumot beraman va o’ylaymanki siz bu maqoladan ham o’zingizga kerakli malumotni ola oldingiz.

Keyingi maqolalar uchun blogimga OBUNA bo’ling!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

DESERTGA:  O’rganing (((

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 2
  1. Nodirbek

    Zo’r gapyoq lekini bor chunki yasash programmasimi yoki biron nimani orgating va play marketga qoshishniyam orgatishkerak lekin zo’r :idea: :idea:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, harakat qilaman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: