Okhunjon Gaibullayev's blog

Blogga maqola yozishning 4 xil usuli !!!

Maqola yozish usullari


Salom, yana men Oxunjon. Bu maqolamda blog uchun maqola yozish turlari haqida yozishga qaror qildim.

Bloggerning ko’p vaqti maqola yozishga ketadi. Va albatta, bu maqolalarning maqsadi biron malumotni o’quvchiga yetkazib berishdan yoki mavjud muammolarini yechib berishdan iborat.

Blogga maqola yozishning 4 xil usuli !!!

Agar siz maqola yozishning aniq bir turidan yoki usulidan, janridan foydalansangiz, maqola yozishga ketadigan vaqtingizni va o’quvchilaringizga maqola maqsadini ko’rsatishda qiynalmaysiz.Shu sababli, bu maqolamda maqola yozishning bir nechta samarali usullarini ko’rsatmoqchiman.

Eng boshida maqola yozishni katta to’rtta bo’limga bo’Lish mumkin, bular:

 

TUSHUNTIRUVCHI.

TASVIRLOVCHI.

ISHONTIRUVCHI.

HIKOYA.

Maqola yozayotganingizda maqolangiz turini aniqlab olsangiz, siz uchun muammo yo’q.

Yuqoridagi turlarni kengroq yoritib va ularda maqola yozishning qanday metodlaridan foydalansangiz bo’lishini aytmoqchiman.

Blogga maqola yozishning 4 xil usuli !!!

TUSHUNTIRUVCHI – bu turdagi maqola yozishdan juda ko’p foydalaniladi. Siz bu turda maqola yozganingizda, sizning barcha qilayotgan harakatlaringiz o’quvchilaringizga maqsadni tushuntirish, malumotni yetkazib berishdan iborat.

Tushuntirish usulida siz o’z fikrlaringizni yozmaysiz, lekin, biron mavzu haqidagi faktlarni keltirasiz, masalan: statistika va dalillarni ko’rsatishingiz mumkin.

Quyida siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan maqola turlari namunalari.

1. Yangiliklar haqidagi maqolalar.

2. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar yani pog’ona-pog’ona tushuntirish usuli.

3. Biznes, texnik va ilmiy yozishlar.

4. Tayyorlash usullari haqidagi maqolalar.

5. Savol-javob bilan tushuntirish.

Bu turga mening “ Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!” nomli maqolam misol bo’la oladi.

TASVIRLOVCHI – Siz tasvirlovchi turida maqola yozganingizda, o’quvchilaringiz bilan o’z taassurotlaringizni bo’lishasiz. Bu turda sizning maqsadingiz o’quvchilarni biron narsaga ishontirish emas, balki ularga nimani eshitsangiz, nimani ko’rsangiz, umuman olganda berayotgan malumotingiz qanday bo’lsa shunday yozishdan iborat.

Tasvirlash usulida yozishning namunalari:

1. Biron programmaning imkoniyati haqida maqolalar.

2. O’zingizning yaxshi ko’rgan kitob haqida maqolalar.

3. Yangi mashina haqida maqolalar.

4. O’rganish jarayonida orttirgan tajribangiz haqida maqolalar.

Bunga misol mening «All in One Seo Pack plagini qanday o’rnatiladi va sozlanadi» nomli maqolam.

ISHONTIRUVCHI –  Siz bu turda maqola yozsangiz, sizning maqsadingiz o’quvchilaringizni berayotgan malumotingizga ishontirishdan iborat bo’ladi. Bunda, siz o’z fikrlaringizni, asoslaringizni va sabablaringizni kiritishingiz mumkin.

Ikkita narsa o’rtasidagi farqni ko’rsatish ya’ni foydali va foydasiz tomonlarini ko’rsatish o’rqali o’quvchilaringizni ishontirishingiz mumkin.

Namunalar:

1. Sayt yoki blogingizda reklamalar berayotganingizda foydalanishingiz mumkin.

2. Biron narsa haqida tavsiya berganingizda foydalana olasiz.

3. O’quvchilaringizga savollar berib va ularga o’zingiz ishontiruvchi javoblar berish orqali bu turdan foydalansangiz   bo’ladi.

HIKOYA – hikoya turida yozishni ko’p uchratamiz, badiiy yoki badiiy bo’lmagan holatda ham. Siz bu turda maqola yozganingizda, siz shunchaki malumot yetkazib berishga urinmaysiz, balki, hikoyani yaratish va muloqat qilishga harakat qilasiz va yana uni belgilar va sozlamalar bilan to’ldirishga harakat qilasiz. Ba’zan tajribalaringiz haqida kichik hikoya yozib malumot yetkazib berishingiz mumkin.

Foydalanish namunalari:

1. Biron ish haqida qisqa hikoyalar.

2. Maqola o’rtasida bu turdan foydalanib ketishingiz mumkin.

3. Mini kitoblar yozishda.

Yuqorida maqola yozish turlarini iloji boricha kengroq miqyosda ko’rsatishga harakat qildim. Har bir maqolangizning o’z maqsadi bor va shunga qarab bu turlardan foydalaning.

Shu turlarda yozilgan maqolalarni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!

Siz bu maqolamdan biron narsa o’rgangan bo’lsangiz, xursandman. Hozircha shu bilan cheklanamiz, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( 2 assessment, average 3 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: