Okhunjon Gaibullayev's blog

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.


Salom do’stlar! Siz bilan men Oxunjon. Spam izohlarga qarshi kurashish uchun uchta yo’lni ko’rsatmoqchiman.

Sayt yuritish davomida siz ham menga o’xshab spam kommentariyalar (izohlar) qabul qilayotgan bo’lsangiz kerak.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Agar haligacha spam haqida o’ylamagan, bilmagan bo’lsangiz, Fikrlar>>Spam-ga boring, shunda spam izohlarga guvoh bo’lasiz.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Saytini yangi ochganlar menga ham izoh yozishipdi deb xursand bo’lishi mumkin. Lekin bunga hali erta. Saytim o’zbek tilida ya’ni maqolalar o’zbek tilida yozilgan, ammo kelgan izohlar rus, ingliz tilida. Izohlarning ko’pida maqoladan o’ziga kerakli ma’lumotni olganliklarini yozishgan.

Bunga kim ham ishonardi?

Axir maqola o’zbek tilida, izoh yozgan odamning esa o’zbek tiliga umuman aloqasi yo’q.

Spamga qarshi kurashishdan oldin, bularni sizga yuborayotganlarning maqsadini bilish yaxshi albatta.

Ular top sahifalardan o’rin olishni yoki shubhali va zararli saytlarga mehmonlarni jalb qilishni istaydilar. Spam qilish orqali ko’proq ssilkalar olish mumkin va qidiruv natijalarda yaxshi natija ko’rsatadi deb o’ylashadi . Ko’p hollarda bu sizning o’quvchilaringizga (saytga tashrif buyuruvchilarga) zarar yetqazishi mumkin. Va ko’plab bloglar bu masalaga duch keladi, siz faqat bitta emassiz.

Kurashishning yo’llarini ko’rib chiqamiz.

1. Barcha spam kommentariyalarni (izohlarni) o’chirish.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Bularning ichidan qaysi biri spam ekan deb o’ylab o’tirgan bo’lsangiz, yaxshisi bulan barchasini spam deb belgilab, o’chirib yuboring, va o’zingizni hech narsa ko’rmagandek ishingizda davom eting!

2. O’zgartirishlar uchun izohlarni ushlash.

Sozlamalar>>Muhokama-ga boring!

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

 

 

 

 

 

 

 

Bu yerda barcha sozlamarni o’qib, o’zgartirish kiriting!

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Bu sizning tanlovingizdir. Kommentariya saytga chiqishidan oldin, uni tasdiqdan o’tkazishingiz mumkin. Yoki o’zingiz xohlagan matn, ism, URL, electron pochta, yoki IP- ga cheklovlar qo’yishingiz mumkin.

Sinovdan o’tganlarga to’g’ridan-to’g’ri izoh qoldirish imkonini berishingiz ham mumkin. Eng asosiysi o’zingizga kerakli sozlamani qilish.

3. Anti-spam plagin o’rnatish.

Yuzlab anti-spam wordpress plaginlar mavjud, ammo siz barchasidan foydalanishni xohlamaysiz albatta.

Izlanishlarimga ko’ra hozir Akismet anti-spam plagini yetakchilardan ekan.

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Akismet zararli kontentlarning e’lon qilinishidan saytni oldini olish maqsadida spam ma’lumot bazasiga ko’ra kommentariyalar va aloqa forma arizalarini tekshiradi. Blogingizning “Fikrlar” admin ekranida ushlangan spam izohlarni qayta ko’rib chiqishingiz mumkin.

Akismetning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Avtomatik ravishda barcha kommentariyalarni tekshiradi va spam kabi ko’ringanini firterdan o’tkazadi. Har izoh o’z statusiga ega, shuning uchun siz osongina qayi izoh Akimet tomonidan ushlanganini yoki tozalanganini ko’rishingiz mumkin.

URL-lar yashirilgan yoki chalg’ituvchi ssilkalar fosh etilishi uchun kommentariyaning tana qismida ko’rsatilgan.

Siz bu plagindan foydalanish uchun, API kalitni olishingiz kerak. Kalitlar shaxsiy bloglar uchun bepul, biznes va tijorat saytlari uchun pullik obunalar talab etilishi mumkin.

Akismet WordPress o’rnatilganida, u ham o’rnatilgan bo’ladi, bunda siz shunchaki uni aktivatsiya qilishingiz kerak bo’ladi. Agar sizda o’rnatilmagan bo’lsa Plugins-da tezda o’rnatib olsangiz bo’ladi.

O’rnatishda muammo bo’ladigan bo’lsa, mana bu qo’llanmani o’qishni maslahat beraman.

O’rnatib bo’lgandan keyin Akismet Configuration tugmasini bosganingizda, sizdan API kalitini kiritish so’raladi.

API kalitini olish uchun Akismet.com saytiga boring! Bu yerda SIGN UP AKISMET NOW tugmaini bosing!

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Siz WordPress.com aytidan ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, войти tugmaini bosib akkauntingizga kirangiz bo’ladi, agar ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, yangi akkaunt oching. Unutmang, WordPress.org va WordPress.com butunlay boshqa narsalar.

Siz Akismetdan foydalanish rejangizni kiritihingiz kerak bo’ladi. Agar siz bepul buni qo’lga kiritmoqchi bo’lsangiz Get Personal-ni tanlang!

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Siz bunda bir nechta to’ldirishingiz kerak bo’lgan formalar bor. Quyidagi rasmda bular ko’rsatilgan.

  1. Sayt URLi.
  2. Ism.
  3. Familiya.
  4. Kursorni nolga qo’ying va bosing!

Spamga qarshi kurashning 3 xil oddiy usuli.

Endi API ga ega bo’ldingiz. Unutmang API parolga o’xshagan narsa, hech kim bilan bo’lishmang!

Plugins >> Akismet Configuration-ga borib API kalitni o’tkazing! Boshqa tanlovlar o’zingizga bog’liq. Shu tarzda siz Akismetdan foydalanib saytingizga kelgan spamlarni kuzatib borsangiz bo’ladi.

Yuqorida spam izohlarga qarshi kurashishning uchta oddiy usuli taqdim etildi. Agar tushunmagan joyingiz yoki qo’shimcha izohlaringiz bo’lsa, albatta kommentariyada qoldiring!

Shu kabi foydali ma’lumotlar uchun blogimga OBUNA bo’ling! Shunda yangi maqola chiqishi bilan xabaringiz bo’ladi.

Endi esa xayrlashamiz, xayr!

 

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 1
  1. Furqat

    :shock: :shock: :shock: :shock: :shock:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: