Okhunjon Gaibullayev's blog

SEO – nima ? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi ?

Seo haqida


Assalomu-aleykum, yana men Oxunjon. Va nihoyat bugun SEO haqida maqola yozishga qaror qildim.

Agar bilsangiz shu paytgacha bo’lgan maqolalarimda SEO yoki qidiruv mexanizmlari haqida ko’p gapirib keldim. Endi esa aslida bular nimaligi haqida bilish vaqti keldi. Eng avvalo sayt yoki blog egasi bu haqida bilishi kerak.

Agar siz onlayn biznes (sayt yoki blog) qurmoqchi va bu sahifaga endigina tushub qolgan bo’lsangiz ham, maqolani oxirigacha o’qishda davom eting! Chunki, bu qanchalik onlayn biznesning ajralmas qismi bo’lishiga guvoh bo’lasiz va bilingki siz to’g’ri vaqtda va to’g’ri manzildasiz.

Bugungi asosiy vazifa:

 

SEO nima?

SEO nima uchun onlayn biznesning ajralmas qismi?

 

Demak,

SEO– Search Engine Optimization ning qisqartma shakli va uning manosi Qidiruv Mexanizmini Optimallashtirish (QMO).

Qidiruv mexanizmini optimallashtirish yoki qisqacha SEO, veb-saytlarni qidirish mexanizmlari uchun optimallashtiradigan veb-sayt (yoki blog) egalari bo’ysunishi kerak bo’lgan qoidalar to’plamidir va shu sababli ularning qidiruvi darajasini oshiradi.

Oddiygina aytganda, SEO haqida gap borganida asosan sizning ssilkalaringiz va maqola, video, rasm kabi kontentlaringiz nazarda tutilayotgan bo’ladi.

Endi buni kengroq tushunib olaylik.

O’zingizni kutubxonachi deb faraz qiling. Sizning vazifangiz kutubxonaga keladigan o’quvchilar so’ragan kitobni topib berishdan iborat. Kutubxonada minglab va hattoki millionlab kitoblar bor.

SEO - nima ? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi ?

Siz bu kitoblarning barchasining nomini bilmaysiz, shunda ham o’quvchi kitob so’raganida bir nechta xususiyatlariga ko’ra (janri, kim tomonidan yozilganligi va hokazo) so’ralgan kitobni topa olasiz, agar shu kitob mavjud bo’lsa yoki kutubxonada rostdan ham bo’lsa.

Bir marta so’ralgan kitob 2-3 marta qayta so’ralsa, shubhasiz bu sizning esingizda qoladi va oldingi joyidan kitobni topishingizni bilasiz.

Endi, haqiqiy o’ylash vaqti keldi.

Siz ya’ni kutubxonachi qayta-qayta so’ralgan kitobni topish usulingiz kuchaydi va bunda siz SEO yani Qidiruv Mexanizmini Optimallashtirish (kuchaytirish) jarayonini bajardingiz.

SEO - nima ? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi ?

Sizni o’zingiz esa kutubxonachidan Qidiruv mexanizmiga (Google, Yandex, Yahoo, Bing) aylandingiz. Bu jarayonda kitob so’rab kelgan o’quvchilar qidiruv mexanizmlari orqali malumot qidiradigan odamlar hisoblanadi.

Malumot qidiradigan odam, qidiruv mexanizmi, va qidiruv natijasi SEOni tashkil qiladi.

 

Bular SEO haqida malumot edi.

Endigi masala, nega bu SEO aynan sizni onlayn biznesingizning ajralmas qismi?

Siz sayt yoki blog egasisiz ya’ni sizning onlayn biznesingiz shu.

Sizning maqsadingiz oddiy: saytingiz yoki blogingizga ko’proq o’quvchi olib kelish ya’ni qatnovni kuchaytirish. Buni ortidagi sahna esa xohlaysizmi yo’qmi quyidagicha kechadi.

Birinchi bo’lib qidiruv mexanizmlarida odamlar kerakli malumotni qidiradi. Qidiruv natijalarida 1- o’nlik topida qidirilgan malumotni to’liq o’rganish uchun bir nechta sayt ssilkalari chiqadi va oxirida toplar soni chiqadi.

SEO - nima ? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi ?

Qidirilgan malumotni o’rganib olish uchun esa odatda eng ko’pi bilan boshida turgan 3 ta silkaga kirish yetarli, nariborsa shu topdagi ssilkalar ko’riladi. Agar shunda ham bo’lmasa 2- topga o’tiladi, lekin bu ehtimollik juda kichik. Shu tarzda top ya’ni o’nlikdan o’nlikka o’tish ehtimoli kamayib yo’qolib boradi.

Agar sizning sayt/blogingiz qidiruv natijasining 5-yoki 6- topida chiqsa, unda saytingiz hali mavjud emas desak ham bo’laveradi. Bu bo’lishda qachon qatnovni kuchaytirib, maqsadingizga erishasiz.

SEO - nima ? Nega SEO-online biznesning ajralmas qismi ?

Muvaffaqiyatli onlayn biznesni yaratish uchun sayt/blogingiz qidiruv natijasida birinchi topdan joy olishi shart. O’shaning uchun ham SEO onlayn biznesning ajralmas qismi.

Birinchi topdan joy olish uchun, har bir qidiruv mexanizmining (Google, Yandex, Yahoo, Bing va hokazo) ishlash algoritmini yaxshi bilish kerak bo’ladi.

Qidiruv mexanizmlarining algoritmi haqida keyingi maqolalarimda yozaman. Bu algoritmlar siz uchun qanchalik muhim ekanligin tushungan bo’lsangiz, maqolani o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!

Bu maqola orqali onlayn biznesingiz rivoji uchun asqotadigan malumot berdim degan umiddaman. Agar fikr mulohazalaringiz yoki savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring va albatta qoldiring, chunki bu siz uchun ham men uchun ham foydali.

Maqolam so’ngida kam ishlatiladigan so’zlar bilan xayrlashmoqchiman, GOODBYE!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 4
  1. Sardor

    Buni qarangki, men ham saytingizga google orqali keldim. Lekin, endi tushundim, nega qidiruv natijalarida sizni saytingiz birinchi sahifada aks etganini. Sizdan oldin / uzr ssilka qo’ya olmayman / maqolasini oqigan edim. Sizniki men uchun tushunarliroq bo`ldi chamamda. Rahmat sizga

  2. Oxunjon G'aybullayev (author)

    Salom. Arzimaydi. Fikringiz uchun raxmat, sizga foydasi tekganidan xursandman. Ha, qidiruv tizimlarining biz bilmagan sirlari ko’p. Bu sirlarni qund bilan o’rganish kerak, aks holda saytning rivojlanishi qiyin kechadi. Rivojlanishi qiyin bo’lgan saytdan foyda kamroq. Lekin bu sirlar ham tez-tez o’zgarib turadi(((, shuning uchun qidiruv tizimlaridagi yangiliklardan xabardor bo’lib turish kerak.

  3. Baxtiyor

    Salom, foydali ma’lumotlar uchun rahmat. Ko’pchilik maqolalar lingi sayt.ru/maqola shaklida bo’ladi. Sizning saytingizda esa sayt.ru/maqola.html shaklida. Shu haqida ham ma’lumot aytsangiz, buni qanday qilinadi va bu qanday afzalliklarga ega?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, savol uchun raxmat. Maqolaning linki (ssilkasi) qidiruv tizimlari uchun muhim. WordPress admin panelidan Sozlanmalar menyusidan kichik Doimiy linklar menyusiga kirasiz va bu yerda link ko’rinishini sozlashingiz mumkin. Menikida «o’ziga xoz qurilma» turi tanlangan va forma ichiga mana bu qo’shtirnoq ichidagi kod qo’yiladi «/%postname%.html» va pastdan o’zgarishni saqlab qo’yasiz. Qidiruv tizimlari shu ko’rinishdagi linklarni yoqtiradi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: