Okhunjon Gaibullayev's blog

Sayt uchun samarali seo maqolasi qanday yoziladi. Saytga maqola yozishda asosiy talablar!

Sayt qanday rivojlantirish


Saytingiz yoki blogingizda ko’plab maqolalar yozayapsiz, lekin trafik ko’tarilmayaptimi? Yaxshi, kontent qirol – ammo, kontent uchun tegishli audutoriyaga erishishda ko’p jihatlarga e’tibor berish kerak.

Reklama va ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda sayt egalarining manfaatdor foydalanuvchilarga erishishning oson yo’li qidiruv tizimlaridir (Google, Yandex, Bing, Yahoo – qidiruv mexanizmlaridir). Qidiruv tizimlarida yuqori darajaga erishish uchun kontent to’g’ri tuzilgan bo’lishi kerak.

Barchaga salom blogimning qadrli o’quvchilari! Ushbu maqolada sayt rivojlantirishda Seo uchun kontent yozishning uch asosiy bosqichini yoritib chiqamiz. (Maqolani albatta oxirigacha o’qib chiqing, shunda kerakli ko’rsatmalarni olasiz).

Samarali SEO kontentini tayyorlash:

  1. Kalit so’zlarni topish.
  2. Qidiruv mexanizmlarining ehtiyojini tushunish.
  3. Kontentni tuzish.

Agar sizda SEO haqida hali umuman tushuncha bo’lmasa, shu to’g’risida maxsus yozilgan maqolani o’qishni tavsiya etaman – bu uchun manabu ssilkaga kiring!

1. Kalit so’zlarni topish.

maqola uchun kalit so'z qidirish

Google yoki shunga o’xshash qidiruv mexanizmlarida kiritgan so’rovingizga ko’ra osongina millionlab natijalarga erishishingiz mumkinligini bilsangiz kerak.  Endi kalit so’zlar topish jaryonida boshqalar kiritib qidirishi mumkin bo’lgan kalit so’zlarni endi siz qidirib topishingiz kerak bo’ladi.

Bu ish maqola yozishga kirishishdan oldin qilinadi. Albatta topadigan ka’lit so’zlaringiz yozmoqchi bo’layotgan maqolangiz mazmuniga mos bo’lishi kerak.

Bunday so’z yoki ifodalarni topadigan ko’plab servislar bor. Bulardan eng mashhuri (shu bilan birga bepuli) Google Adwords va Yandex WordStatdir. Bulardan qanday foydalanish to’g’risida maqola yozish niyatidaman, blogimga OBUNA bo’ling, shunda maqola chop etilishi bilan xabar topasiz.

2. Qidiruv mexanizmlari ehtiyojini tushunish.

qidiruv mexanizmlari ehtiyojini tushunish

Qidiruv mexanizmlarining istagini tushunish qiyin emas, shunchaki biror narsa qidirib, natijalarga e’tibor bersak bo’ldi. Masalan Google.com qidiruv tizimida “plagin o’rnatish” so’rovini qidiruv ko’ring! Quyidagi kabi umumiy to’rtta natijalarni ko’rasiz:

qidiruv natijalari ko'rinishi

1- Sahifa sarlavhasi.

2 – Sayt sarlavhasi.

3 – URL

4 – Izoh, tarif

Ko’p holatlarda, yuqoridagi to’rtta element qidiruv sahifa ichidagi haqiqiy kontentdan muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham ba’zan past sifatli kontentlarga ega bo’lgan yuqori natijalarni topishingiz mumkin.

Qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarni band etish uchun to’rtta jihatni ehtiyojlarga ko’ra ta’minlash kerak. Bu qanday bo’ladi:

Bu eng boshida biz topgan kalit so’zlarni ishlatish orqali amalga oshiriladi. So’rov kiritgan vaqtimizda, qidiruv tizimlari birinchi navbatta shu elementlarni tekshirib chiqadi. Ya’ni qidirilayotgan so’zlar shu elementlar ichida bormi yoki yo’qmi.

Shunga ko’ra SEO uchun samarali maqola yozayotganda kalit so’zlarni sarlavha, URL, izoh ichida ishlatish kerak bo’ladi.

Lekin, natijalarda yuqori o’rinni egallash bu bir boshqa masala, bundan tashqari foydalanuvchi saytga o’tish uchun talablarni ham inobatga olish kerak, bu o’ziga tortuvchi izohlar, sarlavhalar yordamida amalga oshiriladi.

Ya’ni foydalanuvchi qidiruv natijalaridagi sarlavha va izohni o’qiganida, shu sayt ichida unga kerakli ma’lumot borligiga ishonch hosil qilsin.

Ha aytgancha, saytimiz qidiruv natijalarida chiqishi uchun, qidiruv tizimlari saytimizni indeksdan o’tkazgan bo’lishi kerak.

Saytni Google va Yandex qidiruv mexanizmlarida tez indeksdan o’tkazish to’g’risida maqola chop etgan edim, bu maqolalarni o’qishni ham tavsiya etaman.

Google Webmaster

Yandex Webmaster

Bundan tashqari Google qidiruv tizimining qanday ishlashi to’g’risidagi maqolani ham o’qib o’rganishni tavsiya qilaman – Google qidiruv tizimi ishlashi.

3. Kontentni tuzish.

maqola tayyorlash

Kontentni tuzish deganda asl maqola qismini ya’ni tekst qismini nazarda tutayapman.

Qidiruv tizimi yordamida saytimizga tashrif buyurgan foydalanuvchi maqsadli foydalanuvchi hisoblanadi. Ya’ni biron maqsadda ma’lumot qidiradi. Shunga ko’ra Reklama va ijtimoiy tarmoqlardan saytimizni topib kelgan foydalanuvchilardan ko’ra muhimroq hisoblanadi.

O’shaning uchun ham biz mermoqchi bo’layotgan maqolada maqola sarlavhasi, URLi va izohini haqiqiy ma’noda to’ldiradigan content berishimiz kerak. Shundagina foydalanuvchi saytimizda ko’proq ushlanib qoladi va yana keyinroq ham saytga qayta tashrif buyurishi mumkin. Bu esa qidiruv tizimlariga juda yoqadi.

Agar aksincha bo’lsa, ya’ni qidiruv natijalarida aks etgan manzaraga maqola mazmuni to’g’ri kelmasa, foydalanuvchi saytni tark etishi tezlashadi.

Buni qidiruv tizimlari yomon ko’radi va saytingizni foydasizga chiqarib qo’yadi, shu tarzda asta sekinlik bilab qidiruv natijalarida saytingiz yo’qola boradi.

Endi, aynan maqolani qanday yozish kerak degan savolga, oldin yozilgan maqolani (maqola yozishni ikr-chikirigacha bilib olasiz) o’qishni tavsiya etmoqchiman. Bu uchun esa manabu ssikaga kiring!

Mana endi siz ham qanday qilib SEO uchun maqola yozish kerakligini bilib oldingiz.

natijaga erishish

Qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’ladigan bo’lsa, albatta kommentariyada qoldiring!

Yana bir bor blogimga OBUNA bo’lishingizni so’rayman, shunda yangi maqolalarni birinchilardan bo’lib o’qiysiz.

Endi esa xayrlashamiz, xayr!

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 5
  1. Asadbek Asqaraliyev

    Salom Ohunjon aka! Men uchun juda kerakli maqola yozibsiz! JUDA JUDA KATTA RAXMAT! ISHLARDA OMAD!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Raxmat, maqola foydali bo’lgan bo’lsa xursandman. Menga ko’plab maqola yozib jo’natishyapdi, lekin hammasida kamchiliklar juda ko’p. Shu maqoladan foydalanib ba’zi kamchilikarni to’g’rlashsa juda yaxshi bo’lardi. Maqola yozilgandan keyin, uni o’quvchi o’qishi kerak. O’z o’quvchisiga yetkazish uchun kalit so’zlarni joyida ishlatish juda muhim. Maqsad, saytda yozilgan har bir maqola saytga o’quvchi olib kelishi kerak.

      1. Asadbek Asqaraliyev

        to’g’ri agar maqolalar tushunRLI, aniq bo’lmasa unga pul sarflashni keragi yo’q!

  2. baxtiyor

    Salom, oxunjon yaxshimisiz, menga yordamingiz kerak. Gap shundaki qidiruv tizimida mening saytimdan topilayotgan maqolalar 1 sahifa sarlavhasi, 2 sayt nomi, 3 url o’rnida sahifa urli emas sahifa bo’limining urli chiqyapti. Shunda topilgan sahifa

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, bu yerda qidiruv tizimlarining algoritmi qanday ishlashiga ham bog’liq menimcha. Aniq bir narsa deyishga hayronman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: