“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!


Xayrli tong do’stlar! Men Oxunjon G’aybullayev. Maqola yozishni endi boshlaganlar uchun: bu maqolani oxirigacha o’qib, amalda tajriba qilib, o’zi uchun biror natijaga erishgan odam o’zini, noyob bir kasbni egalladim deb hisoblayversin.

Chunki bu maqolada, internetda maqola yozib uni o’z o’quvchilariga etkazib berish sirlari ochib tashlangan.

Hurmatli hamkasblar, yozgan maqolangiz buyurtmachi tomonidan qabul qilinib va u bu maqolani o’zining saytida chop etishi va siz ham pul ishlashingiz uchun bu qo’llanmadan albatta foydalaning.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Qimmatli vaqtingizni shu qo’llanmaga ajratishingizni iltimos qilib so’rayman… Oldindan raxmat!

Men maqola yozishning eng asosiy va eng kerakli joylarini, talablarini ko’rsatishga harakat qildim. Agar sizda maqola yozish bo’yicha qo’shimcha savollar tug'ilib qolsa, quyidagi sharhlarda so’rang. Siz bu vazifani uddalashingiz va uzoq vaqtga biz bilan hamkorlikda ishlashingiz uchun albatta yordam qilaman.

Umumiiy tasavvurga ega bo’lish uchun, bundan oldingi yozgan maqolamdagi maqolalar namunasi bilan tanishib chiqing! “Saytga maqola yozuvchi muallif va muharrirlar kerak ( To'lov: har bitta chop etilgan maqola uchun )”

MUNDARIJA

  1. Shaxsiy kabinetga qanday kirish va foydalanish kerak?
  2. Maqola yozish nimadan boshlanadi?
  3. Maqolaning uzunligi qancha bo’lishi kerak?
  4. Maqolaga rasm qanday qo’yiladi?
  5. Maqola uchun rasmni (surat) qayerdan olish kerak?
  6. Lightshot programmasida video rolikdan qanday qilib skrinshot (rasmga olish) qilib olish mumkin?
  7. Qanday qilib maqolada havola (qo’shtirnoq, sitata, kuata) qilish mumkin? Ya’ni, qanday qilib maqola ichidagi ba’zi jumlalarni alohida blog ichiga olish mumkin?
  8. Maqolaga belgi qo'yilgan ro'yxatni qanday kiritish kerak?
  9. Harflarni quyuq rang bilan belgilash, hajmini kattalashtirish va ranglarini o’zgartirish mumkinmi?
  10. Maqolani muharrir ko'rib chiqishi uchun qanday nashr qilish kerak?
  11. Maqola uchun to’lov qanday bo’ladi va pulni qanday olasiz?
  12. Xulosa.

 1. Shaxsiy kabinetga qanday kirish va foydalanish kerak?

Demak, siz maqolani to’gridan to’gri yozib uni muharrirga jo’natish uchun, barcha funksiyalarga ega shaxsiy kabinetga egasiz. Siz maqolani Wordda yozib keyin uni shaxsiy kabinetdagi redaktorga ko’yib, qolgan ishlarni qilishingiz ham mumkin, ya'ni rasm va videolarni qo’yishingiz mumkin. Qanday qo’yishni esa maqola davomida bilib olasiz.

Shaxsiy kabinet ochish uchun ushbu saytning o’ng tomon bo’limidagi, ya'ni quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyidan ro’yxatdan o’tasiz va o’sha yerdan shaxsiy kabinetingizga kirasiz:“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Shaxsiy kabinet, saytning mobil versiyasida sahifaning eng quyi qismida joylashgan:“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Ro’yxatdan o’tib, login va parolingizni qayta kiritib ENTRY tugmasini bosgandan keyin quyidagi holatga aylanadi va siz shaxsiy kabinetizga tushasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Quyidagi rasmda ko’rsatilgan (1 nomeri bilan ko’rsatilgan) maqola yozish bo’limiga kirib u yerdan yana (2 nomer bilan ko’rsatilgan) ssilkaga kirasiz.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Va siz quyidagi maqola yozish formasiga tushasiz, shu yerdan maqola yozishni boshlaysiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!Kompyuteringizga o’rnatilgan Wordda yozasizmi yoki shaxsiy kabinet orqalimi buning farqi yo’q. Asosiysi, maqola quyidagi talablarga javob berishi shart.

2. Maqola yozish nimadan boshlanadi?

Deylik siz bitta maqolani yozish uchun oldingiz, masalan: Milliy taomimiz osh qanday tayyorlanadi?“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

E’tibor bering, birinchi sarlavha quyuq rang bilan ajratilgan, bu maqolaning bosh sarlavhasi, yani h1- sarlavha, h1 sarlavha bitta maqola uchun bitta bo’ladi. Qolgan quyidagi 3 ta sarlavha — sarlavha osti sarlavhalaridir, yani h2. Bu kabi sarlavhalarni yani h2 sarlavhalarni xohlaganingizcha ishlatishingiz mumkin.

Maqolani yozayotganingizda yuqoridagi sarlavhalar mana qayerlarga yozishingiz kerak:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

 

Demak, 1 nomeri bilan ko’rsatilgan bu maqolamizning asosiy sarlavhasi, yani h1. 2 — nomerdagilar esa h2 sarlavhalar.

H2 sarlavha qilish uchun quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, birinchi o’sha tekstni belgilab olasiz va yuqoridagi paragpaf tugmasini bosib u yerdan sarlavha 2 ni tanlaysiz. Yani:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Qolgan sarlavha osti (h2) sarlavhalarni ham xuddi shunday qilib h2 sarlavha qilib chiqasiz, yani:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Keyingi bosqichda sizning yelkangizga eng og’ir, javobgarlik masuliyati yuklanadi, ya'ni noyob matnni yozishingiz kerak. Maqolaning noyoblik darajasi 80% dan 100% gacha bo’lishidan tashqari, maqola o’quvchilariga foydali va qiziqarli bo’lishi kerak. Maqolaning noyoblik darajasini quyidagi servizlarda tekshirib ko'rishingiz mumkin: https://text.ru/ . https://content-watch.ru/text/

Matn yozishni 3-5 xat boshilik (abzastlik) kirish qismini yozishdan boshlang. Har xat boshida (abzastda) 5 tadan ortiq jumla, ya'ni gap bo’lmasligi kerak. Matn bir teksda, uzun bo’lmasligi kerak. Matnning o’qilishi oson bo’lishi uchun  har 4-5 jumladan keyin yangi xat boshidan (abzastdan) boshlang. Xatboshilarni ajratib yozing.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Ya.ni, 4-5 ta jumlani yozdingizmi, yangi qatorga o’tib ( klaviaturadagi enter tugmasini bosib) o’z fikringizni davom ettiring. Shunday qilib sizda 3-5 xat boshilik (abzastlik) yaxshigina kirish qismi yozildi. Bundan ko’proq bo’lsa ham bo’laveradi, lekin ko’p uzun kirish qismi qilish ham yaramaydi! Oz bo’lsin, soz bo’lsin.

O’quvchi maqola nima haqda ekanligini darrov tushinib olishi uchun kirish qismidan keyin, maqola mazmunini tasvirlovchi rasm, yani masalan: tayyor pishirilgan polov rasmini qo’ysangiz juda maqsadga muvofiq bo’ladi. (biz namuna sifatida polov tayorlash mavzusini oldik)

DIQQAT: Maqola yozishni rasm qo’yishdan boshlamang. Birinchi kirish qismini yozing, keyin tayyor ovqatning rasmini qo’ying.

Kirish qismini tushunib oldik, endi….

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Kirish qismidan keyin rasm, keyin h2 sarlavha, keyin birinchi tushintirish tekstini yozasiz va rasmni qo’yasiz. Bitta rasm va qolgani yoppasiga tekst bo’lmasligi kerak. Butun ovqat tayorlanish jarayoni rasmlar bilan qadam ba qadam tushuntirib borilishi kerak. Ya'ni bitta rasm va izoh, bitta rasm va izoh, bitta rasm va izoh va hokazo.

Oddiy so’z bilan aytganda, har bir h2 sarlavha ostida, sarlavhaga oid, o’quvchi uchun foydali, qiziqarli va noyob (internetda yo’q) tekst yozilishi kerak. O’quvchi bu maqolani o’qigan payt, o’zi uchun bu maqoladan foydani ko’ra bilishi kerak.

3. Maqolaning uzunligi qancha bo’lishi kerak?

 Biz maqoladagi harflar sonini hisoblamaymiz. Bu maqolaning sifatini ko’rsatmaydi. Agar harf sonini hisoblaydigan bo’lsak, unda maqola yozuvchi harf sonini ko’paytirish maqsadida, mavzuga oid bo’lmagan so’zlardan foydalanib, o’quvchi uchun befoyda  maqolani yozishi mumkin. Bu esa yaxshilikga olib kelmaydi.

Maqolani yozishni boshlashdan oldin, muharrir tasdig’idan o’tadigan, sifatli maqolalar namunasi bilan tanishib chiqing. Diqqatingizni tarkibiy qismlarning joylashuvi va matn mazmuniga qarating:

Namuna 1

Namuna 2

Namuna 3  http://uzinfobiz.ru/maqola-yozib-pul-ishlash.html

Namuna 4  http://uzinfobiz.ru/saytga-google-analyticni-qoshish.html

Namuna 5 http://uzinfobiz.ru/sayt-yaratishning-10-ta-asosi.html

Namuna 6  http://uzinfobiz.ru/saytni-himoya-qilish.html

Namuna 7  http://uzinfobiz.ru/all-in-one-seo-pack-plaginini-qanday-ornatiladi-va-sozlanadi.html

Namuna 8  https://sekreti-domovodstva.ru/sharlotka-s-yablokami-v-duxovke.html

Namuna 9  https://sekreti-domovodstva.ru/testo-dlya-domashnix-pelmenej.html

Namuna 10  https://sekreti-domovodstva.ru/salaty-iz-pomidorov-na-zimu.html

Maqola quyidagicha bo’lishi shart:

  1. Noyoblik: ( Maqolani boshqatdan yozmasdan to’g’ridan to’g’ri boshqa saytlardan nusxa (kopya) qilish O’TMAYDI!. Har xil saytlardan shu mavzuga oid maqolalarni o’qib, maqolani boshqatdan, o’z nomingizdan yozishingiz mumkin, lekin maqolaning noyoblik darajasi 80% dan yuqori bo’lishi shart. ) Agar, to’liq o’z so’zingiz bilan yozsangiz, undanda yaxshi. Maqolaning noyoblik darajasini quyidagi servizlarda tekshirib ko'rishingiz mumkin: https://text.ru/ . https://content-watch.ru/text/
  2. Ma’lumot yetkazish darajasi: ( Keng miqyosda bo’lishi kerak. A4 qog'oz o'lchamiga mo’ljal oling. Faraz qiling, A4 qog’ozi bo’sh, sizning maqola boshidan oxirigacha manashu A4 qog’oziga joylashishi kerak.)
  3. Qiziqarli ( mavzu yuzasidan, hech qanday befoyda gaplarsiz.)
  4. O’quvchi savoliga javob: ( Agar maqola — andijancha polov tayyorlashning usullari va yo’llari to’g’risida bo’lsa, maqolada gap aynan andijancha polov tayorlashning usuli va yo’llari to’g’risida bo’lishi kerak, — tushunarlimi? O’ylaymanki “Ha” ) Davom etamiz….
  5. Foydaliligi: ( Eng asosiysi, o'quvchi sizning maqolani o’qiyotganida uxlab qolmasligi kerak, aksincha, nafaqat oxirigacha o’qishga qiziqishi, balki maqolada ko’proq ushlanib qolishi va boshqalarga ham gapirib berishi (tavsiya qilishi) va kelgusida yana shu maqolani qayta o’qish uchun qaytib kelishiga erishish lozim. )

Oddiy so’z bilan aytganda – biz maqola sifatiga juda qattiq e’tibor qilamiz. Balkim tasdiqdan o'tib qolar – qabilida yozilgan maqolalar tasdiqdan o’tmaydi! Bizga juda sifatli maqolalar kerak va biz sizning xizmatingizni shunga yarasha baholaymiz. Ishga birinchi kundanoq juda e’tiborli yondashing, va siz uchun bizda har doim ish topiladi!

4. Maqolaga rasm qanday qo’yiladi?

 Maqola uchun rasmni qayerdan olinishi va unga ishlov berish to’g’risida keyingi bo’limda yoziladi…  Hozir esa, maqolaga rasm qanday qo’yish kerakligi haqida aytib o’taman. Bu uchun maqola yozish formasining eng quyi qismi chap tarafida ADD tugmasini bosasiz va kompyuteringizdan kerakli rasmni tanlab Открыть tugmasini bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Rasm quyidagi bo’limda paydo bo’lganidan keyin, maqola ichida qayerga qo’ymoqchi bo’lsangiz o’sha yerga kursorni qo’yib, quyidagi rasm ustiga bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Va rasm kursor qo’ygan joyingizda paydo bo’ladi:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Juda zo’r, Siz uddaladingiz!

Maqolaga qo’yiladigan har bitta rasmni shu shaklda qo’yasiz. U yoki bu retsepni tushintirish uchun qadamba qadam izoh berish kerakku, demak rasm ham ancha ko’p bo’ladi. Albatta rasm ancha bo’lishi kerak.

Yaxshi. Davom etamiz….

5. Maqola uchun rasmni (surat) qayerdan olish kerak?

 Bu joyda, sizning bir qancha yo’llaringiz bor:

1. O’z rasmlaringizni ishlatish. Masalan, siz o’zingiz biron bir ovqatni tayyorlayotganingizda qo’l telefoningizga tushirib olasiz va keyin uni maqolaga qo’yasiz.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Aytgancha! Rasm razmerini kichraytirish uchun, telefoningizdagi WhatsAppdan boshqa telefondagi WhatsAppga yuborib, u yerdan kompyuterga yuklab olasiz va maqolaga qo’yasiz. Gap shundaki WhatsApp orqali yuborilgan har qanday rasmning razmeri avtomatik ravishda kichrayadi. Siz buni bilarmidingiz?

2. Havaskor videokliplardagi rasmlardan foydalaning.

Masalan, youtubega kirasiz va yozayotgan maqolangizga oid bir nechita video roliklarni topasiz. Va shu video roliklardan sifatli skrinshot (rasmga tushirish) qilib olasiz, faqat odamlar yuzini tushirmaysiz.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Skrinshot (rasmga tushirish) qilib kompyuteringizga saqlab (yuklab) olganingizdan keyin uni maqolangizga qo’yishingiz mumkin.

Diqqat: maqolaga qo’yiladigan rasmning og'irligi 100-120 kb dan oshmasligi kerak. Eni, o’rtacha – 600 px. Bo’yi, o’rtacha – 300 px bo’lishi kerak. O’rtacha 72 dyum. Agar oshib qolsa, uni fotoshop orqali yoki hali aytganimday WhatsApp orqali kichraytirib oling. Bu juda muhim!

Video roliklarni skrinshot (rasmga tushirish) qilib olish uchun bepul Lightshot programmasidan foydalaning. Bu programma video rolikdan skrinshot (rasmga tushirish) qilishni juda yaxshi biladi va rasm sifatli bo’ladi.

Diqqat: mashhur kanallar video roliklaridan, ya'ni obunachilari 100 000 dan ortiq bo’lgan kanallar video roliklaridan skrinshot qilmang! Va yana mashhur saytlarning rasmlaridan foydalanmang!

Havaskorona tushirilgan video roliklar bor, obunachilar soni 100 000 dan kam, ana o’shalar foydali maqola yozish uchun 200 baravar etarli, shunday video roliklardan foydalaning!

6. Lightshot programmasida video rolikdan qanday qilib skrinshot (rasmga tushirish) qilib olish mumkin?

 Birinchi navbatda Lightshot programmasini www.prnt.sc saytidan yuklab olasiz va uni kompyuteringizga o’rnatib olasiz. Keyin YouTube kanalidan mavzuga oid rolikni topasiz. Faqat kanal obunachilari 100 000 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Quyidagi rasmda obunachilar soni 5200 ta. Nechi marta ko’rilgani muhim emas, ko’p klas bosilgan bo’lsa, demak rolik foydali.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Xo’sh, rolikni topdingiz, endi rasmni tiniq va ravshan qilib rasmga olish uchun sozlamalarni qilib olamiz. Quyidagi rasm: 1 nomeri bilan ko’rsatilgan tugmaga bosib rolik sifatini (качество) eng yuqori sifatiga qo’yamiz. 2 nomer bilan ko’rsatilgan joyga bosib, rolik enini monitor (ekran) eni bilan teng qilamiz.

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Endi, ekran yuzini rasmga olish uchun, ekran quyi panelidagi Lighshot programmasining tugmasiga bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Lighshot tugmasiga bosganingizdan keyin, ekranning qayerini rasmga olmoqchi bo’lsangiz, kursorni o’sha yerga qo’yib, sichqonchaning chap tugmasini qo’yib yubormagan holda sichqonchani yurgizib, o’zingiz istagan joyga olib borib sichqoncha tugmasini qo’yib yuboramiz. Eng asosiysi rasm tiniq va rasmning bo’yiga qaraganda eni uzun bo’lishi kerak:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Ko’rib turganingizdek, rasmda hamma obektlar tiniq ko’rinib turibdi.

Agar, rasmga biron bir o’zgartirish kiritmoqchi bo’lsangiz, maslan: rasmdagi obektni strelka bilan ko’rsatmoqchi, yoki biron tushuntirish uchun xat yozmoqchisiz, unda quyidagi rasmda ko’rsatigan instrumentlardan foydalanasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Yuqoridagi rasmda ko’k rangli strelka bilan ko’rsatilgan tugma bilan rasmni kompyuteringizga yuklab olasiz, ya'ni saqlab qo’yasiz.

Xo’sh. Monitor yuzini rasmga olish uchun siz nima ish qilishingiz kerak:

  1. Lighshot programmani rasmiy saytidan kompyuteringizga yuklab olib o’rnating
  2. YouTubedan mavzuga oid video rolikni toping
  3. Ekran yuzini skrinshot (rasm) qiling
  4. Olgan rasmingizni kompyuteringizga saqlab qo’ying
  5.   Rasmni maqolaga qo’shing

Sinab ko’ring, siz albatta uddalaysiz.

7. Qanday qilib maqolada havola (qo’shtirnoq, sitata, kuata) qilish mumkin? Ya’ni, qanday qilib maqola ichidagi ba’zi jumlalarni alohida blog ichiga olish mumkin?

 Maqola yaxshi o’qilishi uchun nafaqat xat boshilarni ajratishingiz, balki maqolada bir nechta havola (sitata, kuata) ishlatishingiz mumkin.  Havola (sitata, kuata) – bu maxsus mo’ljallangan matn blokidir. Bu quyidagicha ko’rinishda bo’ladi ( Maqola yozish formasida (redaktorda) ko’rinmaydi. Faqat oldindan ko’rish tugmasini bosganingizda va maqolani chop etganingizdan keyin ko’rinadi.)

Maqola matnida bu shunday ko'rinadi (har qaysi shablonda o’zinig ko’rinishi bor):

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Yoki bo’lmasam manabunday:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Bu blokni maqolada hosil qilish uchun kerakli xatboshini belgilab olib redactor yuqorisidagi qo’shtirnoq rasmi ustiga bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Yuqoridagi ishni qilganingizdan keyin eng pastdagi, oldindan ko’rish tugmasini bossangiz quyidagi ko’rinishni ko’rasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Yani, siz belgilab olgan so’zlar alohida blogda hosil bo’ldi. Bu redaktorda ko’rinmaydi, shunga ahamiyat bering, bu oldindan ko’rish tugmasini bosganingizda yoki maqolani chop qilganingizdan keyin ko’rinadi.

Juda yaxshi! Siz uddaladingiz.

Lekin, bitta maqolada juda ko’p ishlatish ham yaramaydi yoki bitta blogda bir nechita xat boshi ishlatish ham yaxshimas. Bu maqola ko’rinishini buzadi. Bitta xatboshidan (abzast) iborat so’z ishlatinki, tekst yuqorisida ham, tekst pastida ham ochiq joy qolsin.

Sitataga (qo’shtirnoq) ichiga rasm qo’yish taqiqlanadi! Diqqatli bo’ling. Yuqorida ko’rsatilganidek, hosil bo’lgan blog chiroyli ko’rinishda bo’lishi kerak.

8. Maqolaga belgi qo'yilgan ro'yxatni qanday kiritish kerak?

Belgi qo’yilgan ro’yxat ko’proq asosiy tekstdan ajralib turish uchun ishlatiladi, nimanidir sanab o’tish uchun. Masalan, ovqatga solinadigan masalliqlarni.

Balkim siz ko’rgandirsiz manabunday ro’yxatni:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Bu belgi qo’yilgan ro’yxat. Rasmda nuqta qo’yilgan, agar sizda boshqacha bo’lsa yani galochka yoki boshqa narsa bo’lsa, havotirlanmang, har shablonda har xil bo’ladi!

Yana yuqorida ko’rsatganimday, kerakli tekstni belgilab olasiz va redactor yuqorisidagi nuqtali tugmaga bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Agar bu ro’yxatni nomerlar bilan belgilash kerak bo’lsa, bu ham oson, yana shunday kerakli tekstni belgilab olasiz va yuqoridagi 1,2,3 nomerlari bilan belgilangan tugmaga bosasiz.

Shu va shunga o’xshash tugmalar hammasi redaktorning yuqorigi bo’limda joylashgan. Tugmalar xuddi uyingizning svet yoqib — o’chirish tugmasiga uxshab ishlaydi yani bir marta bosasiz qo’shiladi, ikkinchi marta bosganingizda o’chadi:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

E’tibor  bering! Ro’yxatdan keyingi tekst, ro’yxat ichiga tushib qolmasligi uchun yangi qatorga ( kampyuter klaviaturasidagi ENTER tugmasini bosib) o’tishingiz kerak.

Yaxshi. Buni ham uddaladingiz! Davom etamiz….

9. Harflarni quyuq rang bilan belgilash, hajmini kattalashtirish va ranglarini o’zgartirish mumkinmi?

 Agar sizda, tekstni har xil ranglarga bo’yash, quyuq rangda belgilash, harf hajmini kattalashtirish, shu bilan birga so’zlar ostini chizish kabi havaslar tugilib qolsa – bu havasni UNUTING!

Bunday qilish kerak emas. Eng ko’pi bilan qiladigan ishingiz bu – tekstda bir nechta so’zni quyuq rang bilan ajratishingiz mumkin ( har 3 ta xat boshida 2 ta so’z) va yana ruxsat etiladigan so’zlardan, masalan, Masalliqlar:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Bu juda muhim:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

10. Maqolani muharrir ko'rib chiqishi uchun qanday nashr qilish kerak?

 Maqolangiz tayyor bo’lgandan keyin, uni muharrirga ko’rib chiqish uchun yuborishingiz kerak – Chop etish

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Bu tugmalar redaktorning quyi qismida joylashgan:

1. Save as Draft – agar maqola uzoq vaqtda yoziladigan bo’lsa, siz bu tugma bilan maqolani saqlab qo’yasiz. Maqolangizni shaxsiy kabinetingizning “maqolalar” bo’limidan topib, davom ettirishingiz mumkin:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Maqola sarlavhasi ustiga bosasiz va maqola yangi tabda ochiladi. Maqolaning eng quyi qismidagi EDIT tugmasiga bosib, maqolani yozishni davom ettirishingiz mumkin:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

2. Preview – maqolani chop etishdan oldin ko’rish uchun ushbu tugmadan foydalaning:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

3. Publish – barcha xato va kamchiliklar ko’rib tuzatilganidan keyin, Publish tugmani bosib, muharrirga ko’rib chiqish uchun yuborasiz. Va “Muloqot” bo’limi orqali bosh muharrirga, maqola ko’rib chiqish uchun yuborilganligi haqida xabar yo’llaysiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Administrator yoki bosh muharrirga xabar yo’llash uchun, ularning shaxsiy kabinetini, manashu saytning xohlagan maqolasiga kirib, rasmda ko’rsatilgan ssilkaga bosasiz:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

Yoki shaxsiy kabinetingiz quyisida “ Foydalanuvchilar blogi” joylashgan. Har bitta foydalanuvchi rasmining ustiga kursorni olib borsangiz, foydalanuvchi ismi chiqadi. O’sha yerda administrator va bosh muharrirning shaxsiy kabineti ham bor. Rasm ustiga bosib shaxsiy kabinetdan xabar yo’llashingiz mumkin:

“Maqola yozishning texnik tamoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi”. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, yani TT. Qo’llanma!

11. Maqola uchun to’lov qanday bo’ladi va pulni qanday olasiz?

Har bir maqola uchun quyidagi narxlar belgilangan.

Bitta maqola uchun eng kam narx 10 000 so’m.

Bitta maqola uchun o’rtacha narx 20 000 so’m.

Eng katta narx 30 000 so’m.

To’lov yo’llari shaxsiy kabinet orqali kelishib olinadi. Eng mashhur yo’llari, bular — Webmoney, Yandex.Dengi, Qiwi. Zolotaya korona – bu qachonki summa kattaroq bo’lsa. Agar sizda hali electron hamyon bo’lmasa, yuqoridagi ssilkalardan kirib electron hamyon ochib olishingiz mumkin.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hamyonlarning qaysi biri sizga maqul bo’lsa, shaxsiy kabinetdan bosh muharrirga hisob raqamingizni yo’llaysiz va pulinggizni qabul qilib olaverasiz.

Maqola narxi, unda qatnashgan harflar soniga qarab baholanmaydi. Biz birja emasmiz, shuning uchun maqolani o’qib ko’rib, o’quvchilar uchun qanchalik foydali va qiziqarliligiga qarab baholaymiz.

12. Xulosa

Siz bu maqolani shu yerigacha o’qib kelgan ekansiz, demak siz maqola yozish niyatidasiz. Shunday ekan bu qo’llanma sizga yordam beradi degan umiddaman. Siz maqola yozib menga sotasizmi yoki boshqa birovga sotasizmi, yoki o’z loyihangizda ishlatasizmi buni farqi yo’q, muhimi maqolangiz o’quvchi uchun qiziq va foydali bo’lishi kerak!

Ushbu maqola maqsadi: O’zbekistonda yaxshi-yaxshi yosh yozuvchilar, shoirlar, so’z ustalari juda ko’p. Istardimki, o’z ijodlarini internetda rivojlantirib, o’z oquvchilariga ega bo’lsin. Shu bilan birga internetda o’z shaxsiy blogini, saytini ochishni xohlovchilar ham juda ko’p. Shunday ekan, blogerlarga, webmasterlarga maqola juda zarur, va bu qo’llanma, saytga maqola yozishda katta yordam beradi. Shuning uchun bu qo’llanmani yozishga qaror qildim.

Bu bilan men, O’zbekiston rivojiga ozgina bo’lsada o’z hissamni qo’shgan bo’lsam o’zimni baxtiyor his qilaman. Va O’zbek tilida ham yaxshi yaxshi saytlar, shaxsiy bloglar va odamlar uchun foydali ma’lumotlar ko’payishini istayman.

Do’stlar, ushbu maqolaning sizga yordami tekkan bo’lsa, men xursandman. Agar maqola yuzasidan tushunmagan savollaringiz bo’lsa, marhamat, kommentariyada qoldirishingiz mumkin, albatta javob berishga harakat qilaman. Shunga o’xshash maqolalarni o’tkazib yubormang, saytimga OBUNA bo’ling! Siz uchun yangi va qiziqarli maqolalarim ko’p!

Bu kunga menda shu habarlar edi…

MAQOLANING SIZGA FOYDASI BO'LDIMI ?

Javoblarni ko'rish

Loading ... Loading ...

Ishlaringizga omad, ijodingizga ravnaq tilab sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif Oxunjon G’aybullayev

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 14 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.