Assalomu-aleykum blogimning aziz foydalanuvchilari! Yana men Oxunjon G’aybullayev. WebMoney elektron hamyonida pul o’tkazmalari uchun bu talab ortida kim turganini tasdiqlashingiz kerak, Bugun shu haqida yozmoqchiman.
Uyda o’tirib pul topishni xohlovchilar uchun webmoney albatta kerak, uning imkoniyatlari keng. Masalan, webmoney elektron hamyoni orqali uzkard webmoneyga pul o’tkazishingiz mumkin.
Xullas, Internetda pul ishlash uchun birinchi bo’lib bironta elektron hamyon ochiladi.
WebMoney elektron hamyon ochish ya’ni o’z akkauntingizni yaratish haqida oldin yozgandim va verifikatsiya qilishga kelib qolgandi. O’sha maqoladan webmoney akkaunt ochish to’g’risidagi ko’rsatmani ko’rib o’z akkauntingizni oching va shu nuqtaga qaytib keeling! Pul ko’chirmalari uchun, webmoney siz haqingizdagi malumotlarni identifikatsiya qilishi kerak.
Ishni boshlash uchun, Webmoneydagi o’z akkauntingizga kiring.
Bosqichma bosqich ishlar rasmda ko’rsatilgan, rasmlar bilan ishlang!
Bu sahifadan “Obtain formal passport”ga kiring!
Quyida passport malumotlaringizni kiritishingiz so’raladi. Shuning uchun passportingizni qo’lingizga oling!
Demak:
- Familiya.
- Ism.
- Ochistva (otasining ismi)
- Tug’ilgan sana.
- Passport nomeringiz.
- Passport qayerdan berilganligi.
- Pasport olgan davlatingiz.
- Pasport berilgan sana.
- Pochta manzili uchun davlatingizni tanlang.
- Pochta manzili uchun shaharni tanlang!
- Yashayotgan joyingizning Postal kodini kiriting
- Manzilingiz.
- Qo’shimcha dokumant uchun INNni kiriting, Majburiy emas.
Barcha malumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin, “OK” tugmasini bosing.
“OK” tugmasini bosgandan so’ng, passport (2-3 beti) kopiyangizni yuklab jo’natishingiz kerak bo’ladi. Passport kopiyangiz rangli, 2 mbdan oshmagan va JPG, GIF yoki PNG formatida bo’lishi kerak.
Pasportning kopiya qilingan rasmini yuklash uchun “Choose File”ga kiring va kompyuter yoki telefoningizdan rasmni tanlab oling!
Tanlab yuklab bo’lgandan so’ng, “Continue” tugmasini bosib davom eting!
Agar siz tanlagan rasmingiz yuqoridagi talablarni qondirmasa boshqa rasm tanlang. agar hammasi joyida bo’lsa, siz yuklagan document (rasm) uchun mos tipni tanlang va ishga yakun yasang – “Завершить загрузку”
Endi hozircha o’zingizni tabriklasangiz ham bo’ladi. 1-2 kundan keyin sizga natijalar keladi, o’shangacha kuting!
Bu maqola bo’yicha tushunmagan joyingiz bo’lsa, o’zingizni erkin his qiling va kommentariyada qoldiring!
Shu kabi maqolalarni o’tkazib yubormang, blogimga OBUNA bo’ling!
Webmoney hamyoningiz har doim to’lib tursin deb sizlar bilan xayrlashaman, xayr!
[poll id=»3″]
Muallif: Oxunjon G’aybullayev
assalomu alaykum ohunjon. men webmoneydanbiron bir operatsiyani bajarmoqchi bolsam tel raqamimga tasdiqlash kodikelishi kerak boladi. bu juda kop hollarda kelmay qolyabdi. shu muammoni yechishimga yordam bersangiz.
Salom Sanjar. Men ham ko’pincha webmoney ishlataman lekin bunday holat bo’lmagan. Gap mobil operatorida ham bo’lishi mumkin. Mobil operatoringizni o’zgartirib ko’ringchi. Masalan: agar Yusellda bo’lsangiz bilaeenga yoki naborot.
Webmoney da verifikasiya, yandex gengida identifikatsiya qilgandan soʻng depozit boʻlishi kkmi hamyonda? Roʻyxatdan oʻtish haqida maqolalar juda koʻp lekin oddiy xalq tilida masalan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng paloncha pul solsangiz ishlaydi shunday shunday deb yozilgan saytni koʻrmadim.Aliexpress haqida ham maʼlumot olmadin meni akkaunt im mavjud emas ofline shu haqda ham internet da maqola yoʻq tushuncha yossangiz yahshi boʻlardi.
Salom. Webmoneyda ham yandex dengida ham depozit bo’lishi shartmas, tembole Siz identifikatsiyadan o’tgan bo’lsangiz. Bir so’m qo’yib u yoq bu yoqqa o’tkarmoqchi bo’lsangiz ham pulingiz o’taveradi. Faqat pul o’tkazmalari uchun har qaysi hamyonning o’z xizmat haqqi bor. Identifikatsiyadan o’tgan va o’tmaganning farqi- agar o’tmagan bo’lsangiz pul o’tkazmalar miqdori cheklangan va biror bir muammoga duch kelsangiz, muammoni echishingiz qiyin bo’ladi, chunki sizning shaxsingiz noaniq ya’ni ishonchsiz bo’ladi. Identifikatsiyadan o’tgan bo’lsangiz Siz luboy joyda menman deb o’z huquqingizni talab qila olasiz.
Alexpress to’g’risidagi muammoingizni to’liqroq yozing, uncha tushunmayapman.
1 soatda formalniy attestat oldim, maqola uchun rahmat.85%toʻldirildi asosiy attestat oling deyilyapti, formalniy bilan internet doʻkon lardan savdo qila olamanmi.Asosiy attestatni ham attestator orqali olinar ekan.
Formalniy attestat bilan ham savdo qila olasiz, lekin cheklovlar mavjud. Va yana hamyonizdan pul echa olmaysiz, faqat hamyonga pul qo’yib у бу narsa xarid qilishiz mumkin.
Ha, asosiy attestat attestator orqali olinadi.
1.Zagruzite PhotoId
2.Proverte pochtovoy adres
Shunga tushunmadim.Rasm oldim,adresni ham skan qildim boʻlmadi
Pochtangizga ssilka (havola) yubordim, o’sha havoladan kirib login tanlab, telefon nomerizzi yozib продолжить tugmasini bosib davom ettirasiz. Shunday qilyapsizmi?
1. Zagruzit Photo – rasmizi yuklaysiz
2. Pochtangizni tekshiring yoki loginni tekshiring deyapdi.
Skan qilib yubora olasizmi?
Saytga yozgan ma’lumotlariz bilan passportizdagi ma’lumotlarni solishtirib ko’rish uchun passportingizning doimiy yashash joyi (прописка) sahifasini skan qilib yuborishiz kerak.
webmoney,ru ga Kiriladimi Yoki uz GAmi?
Webmoney.ru ruscha varianti uz ozbekcha varianti, uzga kirsangiz ham boladi.