Assalomu aleykum!
Siz bilan men Oxunjon G’aybullayev.
Internetda o’z shaxsiy saytingizni yaratishga qaror qilganingizdan xursandman. Ushbu maqola web sayt yaratish haqidagi barcha savollaringizga javob beradi. Shuningdek, sayt ochish bajarib bo’lingandan so’ng, yana qanday texnik ishlar bajarishingiz kerak, shu haqida ko’rsatmalar beriladi.
Sayt yaratish ishiga kirishib ketishdan oldin, shu sohaga qanday qiziqib qolganim va sayt ochish nega kerakligi haqida biroz gapirib o’tmoqchiman.
2016-yil men Internetda pul ishlash yo’llarini qidirdim va ko’plab yo’llarini o’rganib chiqdim. Telefonga har xil dasturlar o’rnatib pul ishlash, har xil so’rovlarda qatnashish (apros), klik bosish, bonuslar yig’ib borish va ularni har xil sovg’alarga almashtirish, va kapcha kirgizish kabi ko’plab yo’llarni ko’rib chiqdim.
Shunga amin bo’ldimki, internetda doimiy pul ishlashning eng afzal yo’li bu o’zingizning shaxsiy blogingizga yoki saytingizga ega bo’lish ekan. Keyinchalik blog, sayt yaratishning turlarini o’rgandim. Bu maqolada ham bu o’rganganlarimning bir qismini sizlar bilan bo’lishaman.
Bu maqolada sayt yaratishning oson yo’li haqida tushunchaga ega bo’lasiz.
- Sayt yaratish uchun bosqichma – bosqich o’quv qo’llanma.
- Blog/sayt yaratishni qanday boshlash kerak:
- 1- bosqich: Sayt yaratadigan to’g’ri platformani tanlang (WordPress).
- Nega siz bepul sayt yaratadigan platformalardan foydalanmasligingiz kerak:
- Domen nom topish va veb hosting.
- Domen nomi va hostingni qayerdan olishim kerak?
- 2- bosqich: Saytning domen nomini sozlash (WordPress hosting).
- mchost.ru ga boring va pastda rasmda ko’rsatilganidek zakazat tugmasiga bosing (4 turdagi hostingdan birini tanlang).
- Sayt uchun domen tanlang.
- Endi WordPressni o’rnatamiz.
- Sayt yaratib bo’lgandan keyin qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
- Xulosa:
Sayt yaratish uchun bosqichma – bosqich o’quv qo’llanma.
Demak, siz sayt yaratishni boshlamoqchisiz. Bu juda yaxshi! Sayt yaratish nafaqat ermak, shu bilan birga sayt bilan siz o’zingizni mislsiz yo’lda tasvirlab berishingiz mumkin, o’zingiz uddasidan chiqqan muammolar bilan boshqalarga yordam berishingiz mumkin, o’zingizni ekspert sifatida mustahkamlashingiz mumkin va hatto pul ishlashingiz mumkin.
Agar siz sayt yaratishni endi boshlagan bo’lsangiz, bu maqola sizga xatolardan qochish va vaqtingizni bexudaga ketqizmaslik uchun yordam beradi.
Bu maqolani HTML haqida ma’lumotga ega bo’lmasdan yoki uzundan uzun kurslarni o’rganishsiz saytni tez va ishonchli yaratish haqidagi o’quv qo’llanma desak ham bo’ladi.
Sayt yaratish va uni to’liq ishga tushirishning 5 ta bosqichi bor.
Bu o’quv qo’llanmani siz uchun qo’ydim va sayt yaratishning 2 ta oson jarayonini siz bilan birgalikda bosib o’tamiz.
Blog/sayt yaratishni qanday boshlash kerak:
- Blog/sayt yaratadigan platformani tanlash.
- Domen (aniqlanish soha) dan ro’yxatdan o’tish va hosting qilish.
- Saytingizni loyihasini tuzish.
- Maqolalar va sahifalar qo’shish.
- Saytni rivojlantirishni boshlash.
Yuqoridagi bosqichlarning ikkitasini ko’rib chiqamiz.
Sayt yaratishga tayyormisiz? Yaxshi! Unda boshlaymiz.
1- bosqich: Sayt yaratadigan to’g’ri platformani tanlang (WordPress).
Hattoki saytingiz qanday ko’rinishda bo’lishini o’ylashdan oldin, o’zingizning blog/sayt yaratadigan platformani tanlashingiz kerak bo’ladi.
Bu masalada ko’plab tanlovlar bor. Siz WordPress, Tumblr, Blogger, Joomla va hokazolar kabi ko’plab blog yoki sayt yaratadigan platformalar yordamida o’z saytingizni yaratishingiz mumkin.
Biroq, bugungi kunda WordPress 72 mln dan ortiq foydalanuvchisiga ega, qaysi platforma yaxshiroq ekanligi aniq ravshan ko’rinib turibdi. Hatto mening blogim ham WordPress da yaratilgan, chunki:
- U foydalanish uchun barchaga bepul.
- Sozlash uchun juda oson.
- Xavfsiz: WordPress o’zining dasturlarini yangilab turadi va hamma narsani xavfsizligini saqlab keladi. Demak, kamdan kam holatda blogingiz hakker hujumi ostida qolishi mumkin. Hatto ba’zi katta firma saytlari ham WordPressda
- Saytingizga ko’p faoliyat qo’sha oladigan yuzlab bepul mavzular va plaginlar bor. Bular saytning ish bajarishini kengaytiradi.
Boshqa sayt yaratadigan platformalar ham yaxshi bo’lishi mumkin. Biroq men WorPress-ning erkinlik huquqini beradigan taklifiga ularning birontasini tenglashtirolmayman. Ayniqsa siz endigina boshlayotgan bo’lsangiz.
Nega siz bepul sayt yaratadigan platformalardan foydalanmasligingiz kerak:
Shubhasiz, WordPress saytingizni o’zingiz host qilishingiz kerak.
Siz bepul sayt yaratadigan platformalarda o’z domeningizdan foydalana olmaysiz.
Bundan tashqari, bu turdagi platformalar boshqa muammolarga ham ega.
- O’z kontentlaringizni boshqara olmaysiz. Ular sizni har qanday vaqtda o’chirib qo’yishi mumkin.
- Saytingizning Veb addresi esda qolishi uchun juda uzun va qiyin bo’ladi (siz tanlaydigan esda tez qoladiganning o’rniga).
- Sizga biron narsani reklama qilish ruxsat etilmagan, bu esa saytdan pul ishlash imkonini yo’qqa chiqaradi.
Bu cheklovlarning barchasi WordPressda yo’qqa chiqadi.
Agar sizni o’rningizda bo’lganimda, saytimni o’z domenimda o’zim host qilish bilan boshlagan bo’lardim. Bu kabi saytni sozlash siz o’ylaganingizdan oson va arzonroq.
Domen nom topish va veb hosting.
Endi hayajonli qismi! O’zingizning domen nomingizda o’zingiz hosting qilishni sozlash uchun, sizga ikkita narsa kerak bo’ladi:
Domen nom – bu odamlar sizni qayta va qayta topadigan shaxsiy sayt adresingiz bo’ladi. Masalan Google ning domeni www.Google.com va youtube niki www.youtube.com. Domen nomingizning narxi yiliga 10$ gacha bo’lishi mumkin. Agar siz shu o’quv qo’llanmadan foydalanishda davom etsangiz, sizga arzonroq yo’llarini ko’rsataman.
Veb hosting – bu o’sha saytda bo’ladigan sayt addresi va kontentlarining uyi bo’ladi. Veb hostingsiz domendan foydalana olmaysiz. Hostingni blogingizdagi (rasm, video, muzika) barcha kontentlaringizni to’playdigan kompyuter diski sifatida qarashingiz mumkin. web hostingning narxi odatda oyiga 2-5$ gacha bo’ladi.
Bu saytning muvoffaqqiyati uchun muhim invistitsiya.
Domen nomi va hostingni qayerdan olishim kerak?
Hostingga keladigan bo’lsak, faqatgina ikkita muhim narsa bor.
- Sahifaning yuklash tezligi – saytingizni yuklash uchun ketadigan vaqtning o’rtacha qiymati.
- Ishlatsa bo’ladigan vaqt ya’ni ishlash vaqti – 99.9% yetarli emas. Siz 100% uchun mo’ljallashingiz kerak.
Yuzlab turli xil veb hostinglari mavjud. Ularning barchasi deyarli bir xil taklif berishadi (dome va hosting) va narxlari ham deyarli bir xil.
Men sizga o’zim foydalanadigan veb hostingni tavsiya etmoqchiman.
www.mchost.ru
Biroq, siz boshqa bir veb hostingni tanlashingiz mumkin.
Endi, biz blog yaratuvchi platformalarning boshlang’ich qismini ortda qoldirdik, amaliy qismga o’tish vaqti yetib keldi. Keyingi bosqichda, saytni yaratamiz va ishga tushiramiz. Agar tayyor bo’lsangiz unda boshlaymiz.
2- bosqich: Saytning domen nomini sozlash (WordPress hosting).
Haligacha hosting qilmadingizmi yoki domen nomingiz yo’qmi – xavotirlanmang. Men sizga bularni qanday amalga oshirishni ko’rsataman.
Bu bosqich oxirida, siz o’z domeningizda hosting qilingan WordPressingizda ishlayotgan bo’lasiz.
Ba’zi sabablarga ko’ra mchost.ru dan foydalanishni xohlamasangiz, unda boshqa o’zingiz xohlagan hostinglarni tanlashingiz ham mumkin. Ammo tanlash jarayonida hostingning yuqoridagi ikkita xususiyatlariga e’tibor bering.
mchost.ru ga boring va pastda rasmda ko’rsatilganidek zakazat tugmasiga bosing (4 turdagi hostingdan birini tanlang).
Pastdagi rasmdan oylik va yillik hostinglar uchun narxlarni ko’rishingiz mumkin. Men sizga boshlanishiga qizil bilan ajratib ko’rsatilgan hostingni tavsiya qilgan bo’lardim. Bu hostingda 10 GB xotiraga ega bo’lasiz. UNUTMANG, hostingni keyinchalik ham o’zgartirishingiz mumkin.
Demak, hosting turini tanladingiz va zakazat tugmasini bosdingiz.
Endi ikkinchi sahifadasiz.
Bu sahifada eng yuqorida email pochtangizni kiriting. Sal pastroqda esa registratsiya turini tanlang.
Undan keyingi Промо-код degan joyiga manashu 5R5K-T3H9-CW15 kodni kiritsangiz bir oy davomida hostingni bepul ishlatishingiz mumkin.
Промо-код: 5R5K-T3H9-CW15
Партнерский код degan joyga 2561239090 kodni kiriting. Agar bunaqa narsa mavjud bo’lmasa keyingi bosqichga o’tib ketavering.
Партнерский код: 2561239090
Далее tugmasini bosib keying bosqichga o’ting.
Yuqorida domen o’rnida yozganingiz hech narsaga ta’sir qilmaydi, shunchaki biron narsa yozing va yana Далее tugmasini bosib keyingi bosqichga o’ting.
Bu yerda rozilik (Согласен) tugmasini bosasiz.
Bu sahifada login va parolingiz haqida ma’lumot. Parolingizni bilish uchun email pochtangizga boring.
Pochtangizga allaqachon parolingiz borgan bo’ladi va bu parolni keyinchalik o’zgartirishingiz mumkin.
Yuqorida qizil bilan ko’rsatilgan ssilka orqali mchostdagi o’z akkountingizga borishingiz mumkin.
Buyerda birinchi qiladigan ishingiz, anketa to’ldirish, bu uchun yuqoridagi rasmda qizil ramka bilan ko’rsatilgan joyga borib kirasiz.
Bu sahifada o’z ma’lumotlaringizni kiritasiz va oxirida saqlab qo’yasiz.
Ikkinchi qiladigan ishingiz, quyidagi rasmga qarang
Bir raqami bilan ko’rsatilgan joyga kirasiz, bunda yuqorida ikki raqami bilan ko’rsatilgan form chiqadi. Endi shu formaga kirasiz.
Va yana yangi anketa to’ldiradigan jadvalga ega bo’lasiz, o’z ma’lumotlaringizni kiriting. Ma’lumotlaringizni kiritganingizda barcha formlar yashil rangda bo’lsa, barchasini to’g’ri kiritgan bo’lasiz.
Ma’lumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin domen uchun pul to’lashingiz kerak.
Bunda finansi ga kirasiz (1), hozir sizning balansingiz -100 ruble. Domen uchun yetarli pul o’tkazing (350-400 r). Ikki raqami bilan ko’rsatilgan joyga kiring.
Bu sahifada pul o’tkazish yo’llarini ko’rasiz.
O’zingizga qulay bo’lgan elektron pul o’tkazish yo’lini tanlang. Bu borada WebMoney orqali pul o’tkazishni tavsiya qilgan bo’lardim. Agar sizda biron elektron hamyon (kashelok) bo’lmasa, elektron hamyon ochish to’g’risidagi ma’lumotlarni nimadan boshlash kerak sahifasidan bilib olishingiz mumkin.
Pul o’tkazib bo’lganingizdan keyin domen sotib olishingiz kerak.
Sayt uchun domen tanlang.
Allaqachon domen nomini tanlab olgan bo’lsangiz ham, quyidagi ba’zi maslahatlarni o’qib chiqing va tanlagan domeningiz haqida o’ylang.
Qanday yaxshi domen nomini tanlash mumkin?
Yomon domen nomini tanlash eng odatiy xatolardan biri.
- Bema’ni nom tanlamang, aytish uchun qiyin bo’lmasin, uzun nom tanlamang, masalan “www.meninternetdapulishlash.uz”.
- Mislsiz va tasvirlovchi – kim ekanligingizni va nima ish qilishingizni ko’rsatadigan domen nomi. Yaratuvchan bo’lib o’ziga xos va o’ziga tortuvchi domen nomini tanlang.
Yuqoridagi ishlarni birma bir bajaring. Ketma-ketlik raqamlar bilan ko’rsatilgan.
Domenni qo’shganingizdan keyin ro’yxatga olish boshlanadi va bu 1-6 soat bo’lishi mumkin va hattoki ikki, uch kungacha davom etishi ham mumkin, har kimda har xil bo’ladi.
Vaqt o’tib domen ro’yxatdan o’tganidan keyin blogingiz sari birinchi qadamni tashlang. Endi brauzerda domeningizni ya’ni blog nomingizni yozing va qidiring, natija:
Demak, domen ro’yxatdan o’tib bo’ldi.
Endi WordPressni o’rnatamiz.
O’rnatish ketma- ketligi rasmda nomerlar bilan ko’rsatilgan.
Rasmdagi ishlarni ketma-ket bajaring. Avtomatik tarzda WordPress ham o’rnatiladi. Endi brauzerga domen nomini yozib qidiruv bersangiz, manashu tasvirga ega bo’lasiz:
Mana sizning blogingiz internet yuzini ko’rdi. Lekin Asosiy ishlar endi boshlanadi.
Maqola boshida Internetda pul ishlash to’g’risida aytdim va bu uchun shaxsiy saytingizga ega bo’lish yaxshi variant ekanligini ham aytdim.
Sayt yaratish ko’rganingizdek oson jarayon lekin bu sayt ortidan pul ishlash ancha mehnat talab qiladi ya’ni saytni rivojlantirish, ommaga tanitish uchun juda ko’p mehnat qilish kerak.
Bu ishlar ya’ni rivojlantirish, ommaga tanitish ishlari bir-ikki kunda bo’lib bitadigan ishlar emas. Bularni qilish uchun saytning eng avvalo sozlanmalarini qilish, texnik tomonlarini amalga oshirish kerak bo’ladi va men shular to’g’risida alohida maqolalar yozib, ushbu blogda chop qilganman.
Hozir, wordpressni o’rnatib bo’lganingizdan keyin qilishingiz kerak bo’lgan ishlarga mos ravishda maqolalar sarlavhalarini joylashtirib, ssilkalar qo’yib chiqaman.
Bularni birma-bir ko’rib, o’rganib, qo’llab ko’rishingizni maslahat beraman. Chunki, yaqinda o’zining saytini yuritib kelayotgan saytimning bir o’quvchisi mendan saytimdagi ssilkalar haqida so’rab qoldi ya’ni uni saytidagi ssilkalar ko’rinishi tartibsiz edi va buni yomon tarafi bormi, qanday tuzatish mumkin deb so’rab qoldi. Aslida bu sayt ochish tugatilganidan keyin qilinishi lozim bo’lgan sozlanmalardan biri edi.
Sayt yaratib bo’lgandan keyin qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
Quyidagi maqolalarni o’qing!
- WordPress boshqaruv paneli menyularining vazifalari
- WordPress boshqaruv panelining Sozlanmalar menyusi vazifalari
- WordPress saytga plagin qanday o’rnatiladi
- All in one seo pack plagini qanday o’rnatiladi va sozlanadi
- WordPress saytni tashqi hujumlardan himoya qilishning super yo’llari
- WordPress saytning birinchi himoyasi va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP addres
- Saytga yangi shablon o’rnatish va faollashtirish
- WordPress saytga sahifa ochish, menyu qo’shish, maqola yozish va bo’lim qo’shish- amaliy ishlar
- Sayt xaritasi nimaga kerak va u qanday amalga oshiriladi
- Saytni qanday qilib Google webmasterga ulash kerak? Bu nima uchun kerak?
- WordPress saytni Yandex webmasterga qanday qilib bog’lanadi? Bu nima sababli zarur?
- WordPress saytning aloqa, bog’lanish formasini tayyorlash
- Saytdagi barcha maqolalar ro’yxati qanday qilinadi?
- Saytning mobil versiyasi qanday qilinadi
Xulosa:
Mana endi siz ham Internetda sayt yaratish haqida ma’lumotga ega bo’ldingiz, va o’ylaymanki wordpressda sayt ochish sizga ma’qul bo’ldi. Ushbu uzinfobiz.ru shaxsiy blogimdan wordpress sayt yaratish va keyinchalik uni rivojlantirish uchun kerak bo’ladigan foydali xizmatlar to’g’risida ko’plab ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Siz ushbu maqolani PDF formatda qurilmangizga yuklab olishingiz ham mumkin. Bu uchun esa quyidagi rasm ustiga bosing:
Maqola so’ngida shuni aytmoqchiman, sizlarga internetda o’z saytingizni yaratishda yordam berishdan doim xursandman.
Muallif: Oxunjon G’aybullayev
Salom WordPressda Saytim Bor Edi Shuni Sozlashga Qiynalypman Iltimos Yordam Bering Menimcha Bu Qo`lingizdan Keladi
Valeykum salom. Sizga manabu bepul kursimiz yordam beradi: http://wp.uzinfobiz.ru/sayt-yaratish-kursi-onlayn Yoki uzinfobiz.com saytida ro’yxatdan o’ting va sayt tuzish to’g’risidagi bepul kurs darslarini o’rganib, berilgan topshiriqlarni bajarib bizga topshiring va biz topshiriqni tekshirib xato kamchiliklaringizni ko’rsatib boramiz
salomu alekum wordpressda kran sayt yaratayotgandim shablo’n bo’limida muamoga duch keldim biroz yordam bera olasizmi @aslanali
Salom, Qanday muammo?