WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?


Assalomu-aleykum! Siz bilan yana men Oxunjon G’aybullayev. Bu maqolamda WordPress sayt yoki blogingizga ikkita oson usulda plagin o’rnatishni ko’rsatmoqchiman.

Lekin, oldin sizga bir savol. Blogda yoki saytda eng asosiy plagin qaysi? Saytda hamma plagin ham kerakli bo’ladi lekin asosiysi qaysi? Javobni bilish uchun manabu maqolani o’qib chiqing!

WordPress plaginlarini o’rnatishning uchta yo’li bor:

1. Qidiruv va o'rnatish.

2. Yuklash va o'rnatish.

3. FTP.

  1- Usul: Qidiruv va o'rnatish.

WordPress Dashboard (boshqaruv paneli) dan plaginni o’rnatish eng oson yo’l.

Agar o’rnatmoqchi bo’lgan plaginingizning nomini bilsangiz, to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv panelidan plagin qidiruv tizimiga boring!

Oldin Plugins ga, keyin Add New ga kirasiz. Endi qidiruv tizimida plaginning nomini yozasiz. Rasmga qarang:

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

Bu holatda sizga WP-Optimize plaginini o’rnatishni misol tariqasida ko’rsataman.

Agar bu plagin nomini qidirsak

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

quyidagi natijaga ega bo’lamiz:

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

 

Plaginni o’rnatishdan oldin, shu plagin haqidagi to’liq malumotlarni va statistikalarini o’qib o’rganing va ishonch hosil qiling “ bu aniq men qidirayotgan plaginmi o'zi?

O’rnatish uchun Install Now tugmasini bosing!

O’rnatish tugaganidan so’ng, plaginni aktivatsiya qilmaguningizcha plagin ishlamaydi.

Bu uchun Activate tugmasini bosishingizni o’zi yetarli. Yoki boshqaruv panelidagi menyudan Plugins ga kirib o’rnatilgan plaginlar ro’yxati ichidan hozirgina o’rnatgan plaginingizni topib o’sha yerdan Activate tugmasini bosib aktivatsiya qilasiz va shu bilan plaginingiz ishlashni boshlaydi.

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

Keyingi bosqichda menyudan o’rnatgan plaginingizni topib ( faqat menyudagi Plugins bo’limidan emas, u yerda blogdagi barcha plaginlar ro’yxati turadi) sozlashlarni amalga oshirasiz.

Ko’pincha, plaginlarni o’rnatishda ularni to’g’ri sozlamasdan xato qilib qo’yamiz.

Har doim plaginni o’rnatganingizdan keyin, to’g’ri sozlamalarni qiling!

2- Usul: Yuklang va O’rnating.

Bu kabi plagin o’rnatishda siz oldindan .zip formatidagi plaginni kompyuteringizga yuklab olgan bo’lishingiz kerak.

Ha, to’g’ri topdingiz, plaginni boshqa saytlardan yuklab olsangiz ham bo’ladi, faqat shuni esda tuting .zip formatda bo’lishi kerak.

Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek Plugins>>Add New>> Upload Plugin ga borasiz.

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

Pastda rasmda ko’rsatilgan joydan .zip formatidagi plagin faylingizni WorPressga yuklab olasiz.

 

WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o'rnatish kerak?

Yuklash tugaganidan keyin Install Now tugmasini bosib o’rnatib olasiz.

O’rnatish tugaganidan so’ng aktivatsiya qilasiz.

Sezgan bo’lsangiz plagin o’rnatishning birinchi usulida qilinadigan ishlar takrorlanishni boshladi. Faqat farq shundaki busafar o’zingiz boshqa saytdan topib olishingiz kerak bo’ldi.

Bu usulda ham aktivatsiya qilganingizdan keyin, sozlamarni to’g’irlashni unutmang!

Men shaxsan WordPressning o’zida o’rnatishni tavsiya qilaman. Lekin ayrim hollarda ba’zi cheklovlarga ko’ra bu usuldan foydalana olmasangiz   FTP dan foydalanishingizga to’g’ri keladi.

Agar FTP haqida yozadigan bo’lsam, buni o’zi juda katta mavzu bo’lib ketadi shuning uchun plaginni FTP dan foydalanib o’rnatishni keyingi maqolalarimdan o’rganib oling!

O’tkazib yubormaslik uchun esa blogimga OBUNA bo’ling.

Men esa sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 24 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.