Hammaga salom! Siz bilan yana aloqada Oxunjon G’aybullayev. Bugun sizlar bilan, sayt oquvchisiga maqolani o’qish qulay bo’lishi uchun tekstning tarkibini ko’rsatadigan mundarijani qanday qilishni o’rganamiz.
Xullas!
- Bu maqoladan siz quyidagilarni bilib olasiz:
- Mundarija jadvali ( tarkib ) nima degani va u nima uchun kerak?
- Bu hammasi nima uchun kerak o’zi ?
- Maqolaning mundarija jadvalini (tarkibini) qanday qilish mumkin?
- Qachon mening blogim rivojlanadi?
- Blogim rivojlanmasa menga nima bo’ladi?
- Blogim rivojlanmasa blogimga nima bo’ladi?
Bu maqoladan siz quyidagilarni bilib olasiz:
Mundarija jadvali ( tarkib ) nima degani va u nima uchun kerak?
Mana siz mundarija jadvalini yani tekst tarkibini maqola boshlanishida ko’rdingiz: Oddiy qilib aytganda, o’quvchi o’ziga kerak bo’lgan mavzuni darhol topishi uchun tekst tarkibida yozilgan mavzular sarlavhasi.
O’quvchi maqolani ochishi bilan bu maqolada nimalar to’g’risida gap borishini darhol bilib oladi va unga kerak bo’lgan malumotni o’qishni boshlayveradi. Qisqa va aniq.
Bu qanday ishlaydi? O’quvchi ssilkaga bosishi bilan u o’ziga kerak bo’lgan joyga tushadi. Yani bu ssilka boshqa sahifani ochmaydi, balki shu tekst ichidagi malumotni topib beradi. Qaysi malumotni o’quvchiga topib berishni siz o’zingiz belgilaysiz, yani kerakli kod ichiga kerakli malumotni joylashtirasiz.
Bu hammasi nima uchun kerak o’zi ?
Masalan, oquvchi qidiruv tizimlaridan (google, yandex) manabu “Qachon mening blogim rivojlanadi?” degan malumotni qidirib mening shu maqolamga tushib qoldi deylik. Lekin men bu to’grida maqolamning so’nggida yoki o’rtasida yozganman.
O’quvchi bu haqda malumot olish uchun maqolani boshidan oxirigacha o’qib chiqishni xohlamasligi ham mumkin va shunchaki maqolaga ko’z yugurtirib yoki darhol sahifani yopib chiqib ketishi ham mumkin.
Xo’p nima bo’pti oqimasdan chiqib ketsa? Ajab bo’pti, ajab esa bizga bo’ladi, chunki, agar o’quvchi saytga tushib 20-30 sekunddan kam vaqt ichida saytdan chiqib ketsa, qidiruv tizimlari (yana google va yandexlarga o’xshagan) sizning sayt to’g’risida yomon fikrga borishadi.
Agar saytingizga keladigan 1000 ta oquvchidan 500tasi shunaqa qilib chiqib ketaversa ? % oshaveradimi ? Ha oshaveradi. Keyin, qidiruv tizimlari sizning saytni befoyda saytlar safiga qo’shaveradi. Bu yomon albatta.
Shuning uchun iloji boricha oquvchiga qulaylik yaratib, unga kerak bo’lgan malumotni topib berib uni ko’proq vaqtga saytda ushlab turish juda zarur. Mundarija jadvali ham manashu ishlarni amalga oshirish uchun webmaster qurollaridan biri. Hech bo’lmaganda 2-3 minutga.
Ha, bo’ldi ko’p gapirivordim, qolganlarini keyingi maqolalarimda eshitasiz, o’tkazib yubormang, OBUNA bo’ling.
Maqolaning mundarija jadvalini (tarkibini) qanday qilish mumkin?
Bu juda oson qilinadi. Mana sizga mundarija kodlari:
1 – kod
- Bu maqoladan siz quyidagilarni bilib olasiz:

Bu yerda birinchi mavzu sarlavhasi bo’ladi

Bu yerda ikkinchi mavzu sarlavhasi bo’ladi

Bu yerda uchinchi mavzu sarlavhasi bo’ladi

Bu yerda to’rtinchi mavzu sarlavhasi bo’ladi

Bu yerda beshinchi mavzu sarlavhasi bo’ladi
2 – kod
- <a2 id=»a1″>Birinchi sarlavhaga bossangiz sizni shu yerga tashlaydi</a2>
- <a2 id=»a2″> Ikkinchi sarlavhaga bossangiz sizni shu yerga tashlaydi </a2>
- <a2 id=»a3″> Uchinchi sarlavhaga bossangiz sizni shu yerga tashlaydi </a2>
- <a2 id=»a4″> To’rtinchi sarlavhaga bossangiz sizni shu yerga tashlaydi </a2>
- <a2 id=»a5″> Beshinchi sarlavhaga bossangiz sizni shu yerga tashlaydi </a2>
O’ylaymanki tushunib olasiz. Xo’sh, bu qanday amalga oshiriladi ?
DIQQAT: Hamma ishlar redaktorning text holatida amalga oshiriladi. Yani manabunday:
Endi qanday qilishni tushuntirib o’taman:
Mana menda birinchi mavzu sarlavhasi mana bunday:
Mundarija jadvali ( tarkib ) nima degani va u nima uchun kerak?
Endi bu so’zni ssilkaga aylantirish uchun yuqoridagi 1 chi kodlardagi birinchi qator kodi ichiga qo’yamiz, yani manabunday:

Mundarija jadvali ( tarkib ) nima degani va u nima uchun kerak?

Va sarlavha ko’k rangli ssilka ko’rinishiga aylanadi. Endi o’quvchi manashu ssilkaga bosganda uni kerakli joyga tashlashi yani kerakli malumotni unga ko’rsatishi uchun 2 chi bo’limdagi birinchi kod ichiga o’sha malumotni joylashtiramiz, yani manabunday:
<a2 id=»a1″>Bu yerda birinchi sarlavhaga tegishli malumot joylashtiriladi yani text</a2>
Tamom. Endi sizda mundarija jadvali ishlayda! Faqat DIQQAT! Endi maqolani shu turishida redaktorni text holatidan visual holatiga o’tkazmang va internetga nashr etishda ham redactor text rejimida bo’lishi shart, manabunday:
Aks holda qilgan ishlaringiz hammasi buzilib ketishi mumkin. Hamma ishni juda ehtiyotkorlik bilan qilishingiz kerak.
Hammasi oddiy, bo’limlarni xohlaganingizcha uzaytirishingiz mumkin, faqat koddagi nomerlarni davom ettirasiz va kodni qo’yib ichiga tekstlarni joylashtirasiz. Masalan, menda a1, a2, a3 va hokazo turibdi. Agar men yana mavzu qo’shmoqchi bolsam yana kodlarni kopiya qilib nomerini a4, a5 deb davom ettiraman.
Buni nafaqat maqolada, yana saytning boshqa sahifalarida ham qo’llash mumkin. Qo’llang do’stlar, rivojlaning, ko’p-ko’p o’quvchilarga ega bo’ling, ishlaringizga omad.
Qachon mening blogim rivojlanadi?
Qachon rivojlanardi. Qachonki odamlar kelib yozgan maqolalaringizni oqishni boshlasa rivojlanadi. Buning uchun esa sifatli maqolalar, odamlarning muammolarini echishga yordam beradigan va qiziqarli maqolalar yozishingiz kerak bo’ladi. O’quvchilar maqolani o’qiganlarida ko’zlari xuddi manashunday chaqnashi kerak.(((
Ruslar yangi yaratilgan sayt yoki blogni yangi tugilgan chaqaloqqa o’xshatishadi. Chaqaloqni qanday yaxshi parvarishlab, to’gri tarbiyalab uni to’g’ri yo’lga yo’naltirib tarbiyalay olsangiz u katta bo’lganida ham yaxshi inson bo’lib, sizga va jamiyatga foyda keltiradigan odam bo’lgani kabi saytingizni ham shunday tarbiyalay olsangiz albatta rivojlanadi.
Blogim rivojlanmasa menga nima bo’ladi?
Nima bo’lardi, hech nima. Faqat ancha asabiylashaman. Men asabiylashganda nima bo’ladi, bilasizmi ? Katta-katta mo’jizalar sodir bo’ladi.((( Ilhom kelib katta-katta maqolalar yozib tashlayman va blogim albatta rivojlanadi.
Blogim rivojlanmasa blogimga nima bo’ladi?
Nima ? Nima-nima ? Tushunmadim, bu nima degani o’zi ? Ha tushundim, blogimni so’rayapsizmi ? Blogim allaqachon rivojlanganku. Ishonmayapsizmi ? Unda internetdan, sayt yaratish, uni rivojlantirish va sayt orqali pul topish to’grisida malumot qidirib ko’ring, ko’rasiz….
Maqolam sizga yoqdimi ? Sizga yordami tegsa xursand bo’laman. Bu usullardan albatta foydalaning, iloji boricha hamma maqolalaringizda. Chunki, maqolani o’qish oquvchiga noqulay bo’lsa, o’quvchi sahifani yopib ketish ehtimoli albatta bo’ladi. Sayt, o’quvchisisiz sayt emas, buni yaxshi bilasiz albatta.
Do’stlar shuning bilan bugungi maqolam tugadi, kelgusi maqolalarda uchrashguncha hayr! Hammaga omad. Maqola bo’yicha tushunmagan savol va takliflar bo’lsa kommentariyaga marhamat,
OBUNA bo’lish.ni esa unutmang. Xayr!
Muallif Oxunlon G’aybullaev