Assalom aleykum! Men Oxunjon G’aybullayev. Agar siz WordPressda yaratilgan shaxsiy saytingizni (blogingizni) yuritayotgan bo’lsangiz va blogingizning tezligini kamaytirmagan holda ko’rinishini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, unda bu maqola aynan siz uchun.O’qing va o’rganing!Sayt (blog) ko’rinishini o’zgartirishning ikkita usuli bor.
1- Sayt (blog) ortida yashiringan kodni o’zgartirish orqali.
2- Mos plaginlar o’rnatish orqali.
Ammo plaginlar o’rnatib o’zgartirishda, blogning tezligi kamayadi. Shu sababli plaginlarni iloji boricha kamroq o’rnatish kerak. Plaginlar to’g’risidagi malumotlarni mana bu yerdan olasiz
Plaginlarsiz o’zgartirishda esa sayt (blog) ortida yashirinib turgan kodni o’zgartirish kerak.
Eng yaxshi tomoni kod yozishni mukammal darajada bilishingiz shart emas va hattoki umuman bilishingiz shart emas. “Nega?” deysizmi? Yaxshisi quyidagi videoni ko’rib chiqing va savolingizga javob toping.