Okhunjon Gaibullayev's blog

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Saytni xavfdan himoya qilish


Salom do’stlar! Sizlar bilan yana men Oxunjon G’aybullaev va bugungi maqolamda sizlar bilan blog (sayt)ga qanday tashqi hujumlar bo’lishi, nimalar saytning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi va nimalar qilish kerakligi to’g’risida suhbatlashamiz.

WordPressda yaratilgan blog (sayt) ni qanday tashqi hujumlardan himoya qilish kerakligi to’g’risidagi maqolamni manabu yerdan o’qib olishingiz mumkin.

Siz bilasizmi hozirgi kunda qancha sayt yoki bloglar tashqi hujumlar natijasida yo’q bo’lib ketyapdi? Bilmasangiz bilib oliing: 20% dan ortiq blog va saytlarning uyi kuyyapdi. Ishonmasangiz statistikalardan qidirib ko’ring.

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Xo’sh, nima uchun bunday bo’lyapdi? Chunki,  ko’pchilik blogerlar o’z bloglarini yoki saytlarini anchadan buyon yuritishyapdi-yu, lekin o’ylab ham ko’rishmayapdiki, nima uchun ularning bloglari qidiruv tizimlarida yaxshi rivojlanmayapdi.

Chunki ular boshlanishidan boshlab ancha qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yishyapdi. Bu xatolarni maqola davomida bilib olasiz.

Sizning blog yoki sayt aynan hozir havf ostida

Blogerlikni endi boshlayotgan blogerlar o’z blogini yaratayotganda bilasizlarmi nima haqda ko’proq  o’ylashadi? Men aytaman. Qaysi hostingga blogni joylashtirish, qanaqa wordpress shablon o’rnatish, shablon shapkasiga qanaqa rasm qo’yish, qanaqa plagin o’rnatish, qanaqangi knopkalar o’rnatish va hokazolar….

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

To’grisini aytsam boshida men ham shunday o’ylaganman(((. Chunki boshida hech kim, hech qachon birinchi navbatda himoya haqida o’ylamaydi, hatto 1% bloger ham. Menga statistika ham kerak emas, men shundoq ham bilaman. Agar yangi kelgan blogerlar boshidan boshlab blogning yoki saytning xavfsizligi, himoyasi haqida o’ylaganlarida edi, 20% saytlar yo’q bo’lib ketmasdi.

Ha aytgancha, siz bilasizmi kunuga sizning saytingizga taxminan nechchi marta hujum bo’layotganini? 10-20. Siz aytishingiz mumkin,-“ Oxunjon, bo’lishi mumkin emas, men endi-endi boshladim blog yuritishni, blogimdagi maqolalar hali indexsatsiya ham bo’lgani yo’q” deb. Yo’q. Robotlar halitdan boshlashdi sizning “Boshqaruv panelingiz”ga har xil parollarni terishni. Mening va boshqa blog va saytlarni ham shunday qilishyapdi hozir.

Robotlarda dam olish kuni yo’q. Har kun minglab saytlarni uyini kuydiryapdi. Saytlarni zaxarlashyapdi va zaxarlashda davom qilishadi…

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Ikkita asosiy qo’pol xato

Hozir men sizlarga blogerlikga yangi kelgan blogerlarning eng asosiy qo’pol xatosi haqida gapirmoqchiman. Bular, himoya va RIVOJLANISHdagi xatolardir. Bu xatolar bir qarashda ahamiyatsiz ko’rinishi mumkin, ammo shu xatolar sizning barcha xizmatlaringizni bir pasda yo’qqa chiqarishga qodir , ishonaveringlar gapimga.

Xato №1:  Yaxshi hostingni tanlamaslik, buning ustiga yana “ajratilgan IP manzil”siz. Ruschasiga aytganda без “выделенный IP адрес

Agar siz bepul hostingdan foydalanayotgan bo’lsangiz, endi bu, tamom degani. Lekin siz pullik hostingdan foydalanayotgan bo’lsangiz bu ham tamom degani bo’lishi mumkin. Bu haqda ko’p gapirish kerak, keling yaxshisi bunday qilamiz. Manabu ssilkaga kiring va qizil ramka bilan ko’rsatilgan “Сайты на одном IP” so’zining ustiga bosing.

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Va yana qizil ramka bilan ko’rsatilgan joyga domeningizni kiriting. DIQQAT: domeningizni  http//:   larsiz kiriting.

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Men masalan davolash.ru saytini e yo’q, yaxshisi uz domenida ko’ramiz, masalan manabu borku.uz saytini domenini kiritaman.

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Mana biz nima ko’ryapmiz. Bu nima degani bilasizmi? Bu degani, sizning domeninggiz joylashgan IP adresda yana boshqa domenlar ham bor degani va sizning obro’yingiz shared (umumiy) degani. Nimaga? Chunki siz blogingiz uchun Shared ( umumiy ) hostingdan foydalanayapsiz, yani “ ajratilgan IP adres” siz.

Shunday ekan, agar manashu ro’yxatdagi biron bir saytning qidiruv tizimlari (Google, Yandex va boshqalar) yoki pochta servislari oldida obro’si yo’qolsa bu sizning saytga ham tasiri tegadi. Bu hali holva. Chunki, bu ro’yxatda porno saytlar uchrab qolsa bu undanda daxshatlik. Nimaga deysizmi? Chunki pornosaytlarni qidiruv tizimlari umuman yoqtirishmaydi, bu haqda keying maqolalarimda gaplashamiz. O’tkazib yubormang OBUNA bo’ling.

Agar shu ro’yxatdagi saytlarning birontasining IP adresini davlatlar organlari tomonidan qulflab qo’yilsa tamom, bu bilan sizning sayt ham qulfga tushadi.

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Shuning uchun men sizlarga, saytni yaratgan zahotingiz “ajratilgan IP adres” ni olishingizni qatiyan tavsiya qilaman. Ha bu xizmat pullik, lekin juda ham arzon, sizning sayt rivojlanishi uchun juda arzon qurollardan biri. Bu shunga arziydi.

Do’stlar, keling yana bitta blogni tekshirib ko’ramiz. Sayt egalari mendan xafa bo’lishmaydi degan umiddaman, chunki bu ular uchun ham foydali. Masalan, infodavron.uz blogni tekshirib ko’ramiz.

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Mana yana nima ko’ryapmiz. Bu ham xuddi birinchi ko’rgan saytimizning o’zginasi. Do’stlar, bu bilan siz nafaqat himoya qilmayapsiz va yana saytni rivojlanishini ham orqaga tortyapsiz.

Endi mening saytimni ko’ramiz.

Ko’rib turganingizdek bu IP adresda mening blogimdan boshqa hech qanday sayt yoki blog yo’q. Chunki men blogimni yaratishim bilan “ajratilgan IP adres”ni oldim.

Ajratilgan IP adres qanday olinadi?

Agar sizning saytingiz mchost.ru hostinggida bo’lsa, unda juda yaxshi, agar bu yerda bo’lmasa ham o’z hostingizning “xizmatlar” sahifasiga kirsangiz o’sha yerdan “ajratilgan IP adres”ni topib o’rnatasiz. O’rnatish esa xuddi manashu yerdagiga o’xshab o’rnatiladi.

Men esa mchost.ru hostingida qanday o’rnatishni ko’rsataman. Demak boshlaymiz:

Birinchi navbatda hali aytganimday “Xizmatlar (Услуги)” sahifasiga kirib “ Ajratilgan IP adres (выделенный IP адрес)” ga buyurtma beramiz. Quyidagi rasmda ko’rsatilgan amallarni ketma-ket bajaring.

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Siz quyidagi holatni ko’rasiz va bu yerda комментарий so’zining ustiga bossangiz pastdan yangi ramka ochiladi:

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Mana bu yerdagiday:

 

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

1 – nomer bu, nechchi oyga buyurtma berishni xohlasangiz o’shani tanlaysiz, masalan, bir oygami yoki 10 oygami, ixtiyoringiz.

2 – комментарии so’ziga bossangiz pastdagi 3 chi nomerli forma ochiladi va bu formaga siz qaysi saytingizga IP adresni ulamoqchi bo’lsangiz o’sha sayt domenini yozasiz.

Va nihoyat 4 chi nomerdagi заказать tugmasini bosasiz va quyidagi holatni ko’rasiz.

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

 

Bu degani sizning saytga yangi IP adres ulanyapdi. Bu holat 5-10 daqiqa davom etadi. Malum bir vaqt o’tgandan keyin sahifani yangilasangiz(obnavit), quyidagi holatni ko’rasiz. Va sizning sayt endi yakka o’zi bitta IP adressda.

WordPress blogning birinchi himoya va rivojlanish sirlaridan biri yoki ajratilgan IP adres

Mana endi siz ham bilasiz ajratilgan IP adres qanday olinishini. Tushunmagan joylar bo’lsa, tortinmasdan kommentariyada so’rashingiz mumkin, javob berishga harakat qilaman. Maqolam cho’zilib ketdi.

Sizlar bilan keying maqolalarda ko’rishgunch xayrlashaman, xayr!

 

Muallif Oxunjon G’aybullaev

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: