Salom do’stlar! Yana sizlar bilan men Oxunjon. Bugun men sizlarga qanday qilib blogni yoki saytni to’g’ri qidiruv mexanizmlari bazasiga qo’shishni ko’rsatmoqchiman. Yani Google, Yandex, Mail, Bing va boshqalar.
Sayt tayyor, domen sotib olingan va hostingga o’rnatilgandan keyin sayt egalari uni rivojlantirishga tushishadi. Birinchi navbatda qilinadigan ish bu albatta saytni yoki blogni qidiruv mexanizmlari indexsatsiya qilib uni qidiruv bazasiga kiritishlari uchun ularning bazasiga kiritishdan boshlashadi.
Albatta bu ishni qilishni bilmagan odamga ba’zi bir qiyinchiliklarni tug’dirishi tabiiy, shuning uchun men bu maqolamda hamma kerakli joylarini ko’rsatib o’tmoqchiman
Nima uchun saytni yoki blogni qidiruv mexanizmlari bazasiga kiritishimiz kerak ?
Sayt yoki blog internetda paydo bo’lishi bilan endi saytimga odamlar kelaveradi deyish bu xato, chunki avval uni qidiruv mexanizmlari bazasiga kiritishimiz kerak.
Lekin nima uchun sayt yoki blogni qidiruv mexanizmlari bazasiga kiritishimiz kerak? Chunki asosiy foydalanuvchilar sizning saytingizga aynan shu qidiruv mexanizmlari orqali kelishadi.
Saytni qidiruv mexanizmlari bazasiga kiritmasa ham bo’ladimi?-Ha bo’ladi. Masalan: saytingizga boshqa begona saytlardan ssilka bersangiz ertami kechmi saytingiz baribir qidiruv mexanizmlari bazasida paydo bo’ladi lekin bu anchaga cho’zilishi mumkin.
Agar siz o’zingiz to’g’ridan to’g’ri qidiruv mexanizmlariga sayt haqida malum qilsangiz unda siz aniq bilasizki sizning sayt qidiruv mexanizmlari bazasida bor. Va bir ozdan keyin qidiruv mexanizmlari robotlari sizning saytga kirib uni indexsatsiya qiladi agar bir muammoga duch kelmasa.
Saytni yoki blogni qanday qilib hamma qidiruv mexanizmlari bazasiga qo’shish mumkin?
Juda ko’plab qidiruv mexanizmlari mavjud bo’lib bulardan eng asosiylari Google, Yandex, Rambler va Maillardir. Biz esa bugun Yandexga saytimizni malum qilamiz.
Qolgan boshqa izlash tizimlariga ham xuddi shunga o’xshab saytingiz yoki blogingizni ulaysiz. Google, Yandex, Rambler va Maillarlarga qanday ulash to’g’risidagi malumotlarni o’tkazib yubormaslik uchun OBUNA bo’ling.
Sayt yoki blogni Yandex bazasiga qo’shish uchun manashu ssilkaga bosing va siz manashu holatni kurasiz:
( Suratlarni yaxshiroq ko’rish uchun surat ustiga bosing )
Albatta endi Добавить сайт tugmasiga bosamiz va quyidagi rasmdagidek sayt adresimizni kiritib yana Добавить tugmasini bosamiz.
Va siz quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga tushasiz. Qizil strelka blan korsatilgan tugmaga bosasiz va keying rasmga o’tasiz:
Yuqoridagi rasmda 1 nomeri bilan ko’rsatilgan ssilkaga bossangiz manashu erda ko’rsatilgan html kod sizning kompyuteringizga yuklanadi. Va bu faylni siz file zilla yoki hostingiz orkali saytingizning manashu /home/httpd/sizning saytingiz.ru/httpdocs papkaga yani saytning kornevoy papkasiga yuklaysiz.
Undan keyin 2 chi nomer bilan ko’rsatilgan ssilkaga bosib ssilka to’g’ri ochilishini tekshirib ko’rasiz. Va nihoyat 3 chi raqamli Проверить tugmasiga bosasiz.
Shu bilan sizning saytingiz yoki blogingiz Yandex qidiruv mexanizmi bazasiga ulandi.
Keying maqolalarda Google, Rambler, Mail kabi qidiruv mexanizmlariga ulashni o’rganamiz, otkarib yubormang blogga OBUNA bo’ling
Bukunga shuning bilan tugataman, xayr!
DESERTGA