Okhunjon Gaibullayev's blog

Yandex va Google qidiruv tizimlarida saytning o’rnini qanday tekshirish mumkin? Sayt yurutuvchilar va bloggerlar uchun

Qidiruv tizimlarida sayt o'rnini kuzatish

Salom do’stlar! Bloggerlar va sayt yaratuvchi va yurutuvchilar uchun foydali ma’lumotlar ulashmoqchiman. Google va Yandex qidiruv tizimlarida sayt pozitsiyasini qanday tekshirishni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

Ikki yikcha ilgari, bu blogni ochib yuritishni boshlaganimda, qidiruv so’rovlari orqali saytning joylashuvini aniqlash nima uchun kerakligini va uni qanday qilish mumkinligi haqida umuman o’ylab ko’rmagandim. Lekin vaqt o’tishi bilan, sayt rivojlantirish va qidiruv tizimlarini optimallashtirish-SEO ishlarini o’rganishni boshlashim bilan, men angladimki, qidiruv so’rovlarini kuzatmasdan turib, yillar davomida maqola yozishingiz mumkin ekan, lekin hech qanday natija ko’rmaysiz.

Joylashuvlarni kuzatib borish har bir yoziladigan maqola sifati ustida ishlashga imkon beradi. Maqolaning joylashuvini ko’rish maqolani qidiruv natijalarida TOP o’ringa chiqarib qo’ymaydi. Shuning uchun ma’lumotlarni yaxshilab aniqlab, maqolalarni shunga ko’ra tayyorlab borish kerak.

Bu uchun google qidiruv tizimi algoritmlari va SEO-qidiruv tizimlarini optimallashtirish ilmlarini bilish talab etiladi.

Xullas, maxsus xizmatlarning yordami bilan har kungi pozitsiyalarni osonlikcha kuzatib borish imkoniyatini ko’rib chiqaylik:

Onlayn pozitsiya tekshiruv xizmatlari:

  1. Top inspector
  2. Allposition
  3. Top viewer

Ko’pchilik bloggerlar yuqorida uchta xizmatlardan foydalanadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ularning barchasi bir xil pozitsiyalarini biroz farq bilan beradi. Sayt pozitsiyalarini bepul ko’rishingiz mumkin bo’lgan bir nechta saytlar:

  • Seolib
  • Seranking
  • Seoplane
  • Semrush
  • Serpstat
  • Seobudget
  • Siteposition
  • Seogadget
  • PR-CY

Yuqoridagilarning barchasidan foydalanishingiz mumkin va o’zingizga ma’qul birini tanlang.

Bundan tashqari, ushbu xizmatlar raqobat qiluvchi bloglar, saytlar maqolalarini kuzatib boorish qobiliyatiga ega. So’rovga ko’ra raqobatchilarning maqolalarini analiz qilish kontentlarni yaxshilashga, foydalanuvchilarga foydali bo’lishga imkon beradi, shunday qilib, o’z pozitsiyalarini yanada yuksaltirish imkoniyatini oshiradi.

Men yuqorida ko’rsatgan xizmatlardan, ro’yxatdan o’ting va blogingizni yanada muvaffaqiyatli qiling.

Agar bunday xizmatlardan foydalansangiz va maqolalar joylashuvini qanday qilib kuzatishingizni sharhlaringizni yozing.

Muallif: Oxunjon G’aybullayev

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: