Okhunjon Gaibullayev's blog

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!


Assalomu-aleykum qadrli blogimning o’quvchilari, men Oxunjon. Internetda pul o’tkazish va qabul qilish uchun ko’p foydalaniladigan elektron hamyonlaridan biri Yandex elektron hamyonini qanday ochish haqida bu maqolamda sizlar bilan gaplashamiz.
Oldingi maqolalarimda WebMoney va QIWI elektron hamyonlarini ochish to’g’risida ham yozgandim va agar bu sizni qiziqtirsa,manabu ssilkalardan bilib olishingiz mumkin: “Webmoneyda Elektron hamyon ochish” va “Mening QIWI elecktron hamyonim”.

Yandex electron hamyonidan foydalanish uchun yandex.ru dan ro’yxatdan o’tishingiz kerak ya’ni yandexda o’z akkauntingiz bo’lishi kerak. Agar sizda hali ham bo’lmasa, buni mening “Yandex elektron pochta qanday ochiladi?” degan maqolamdan o’rganib amalga oshirishingiz mumkin.

Yandexdan ro’yxatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng, amaliy qismga o’tamiz, brauzeringizni oching va www.money.yandex.ru rasmiy saytga kiring!

Bu yerdan o’z akkauntingizga (lichni kabinetga) kirish uchun yuqori o’ng tomonda turgan Войти tugmasini bosing!

 

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

 

Yandex login va parolingizni quyidagi kabi ko’rsatilgan joylarga kiriting va Войти tugmasini bosing!

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

 

Login va parolingizni to’g’ri kiritganingizdan keyin, siz o’z akkauntingiz orqali barcha yandex xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin, shu jumladan Yandex dengi elektron hamyonidan ham. Bu uchun quyidagi Start a Wallet tugmasini bosing!

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

 

Ro’yxatdan o’tishning bu qismida Continue tugmasini bosasiz va bosganingizdan so’ng, qaysi telefon raqamingizga registratsiya qilgan bo’lsangiz, o’sha raqamga olti xonali kod boradi. Lekin, telefon raqamni shuyerda o’zgartirsangiz ham bo’ladi.

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

Telefon raqamingizga borgan kodni vaqt tugab qolmagunicha ko’rsatilgan joyga kiriting va Start a Wallet tugmasini bosing!

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

Endi, siz ham Yandex dengi elektron hamyoniga egasiz.

Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!

 

Yandex dengida ko’plab xizmatlar va imkoniyatlar bor. Ularni ekranning chap qismida turgan boshqaruv panelidan o’zingiz uchun sozlab olasiz. Hozir esa ularni qisqacha tanishtiraman.

Demak:

Goods &Services – Mahsulotlar va xizmatlar.

Transfers – Pul o’tkazmalar. Pul o’tkazmalardan foydalanish uchun identifikatsiyadan o’tishingiz kerak bo’ladi. ( Bu haqda maqola so’nggida bilib olasiz ).

Bank Cards – Bank kartalari.

Accept Payments – To’lovlarni qabul qilish.

Games & Applications – O’yinlar va Ilovalar.

Gift Cards – Sovg’a kartalari.

Discounts & Bonuses – Chegirmalar va bonuslar.

Settings – Sozlamalar. O’z haqingizdagi malumotlarni o’zgartirishingiz mumkin.

Mana endi siz ham Yandex dengi elektron hamyoningizga egasiz va u haqida boshlang’ich bilimni bilasiz. Lekin siz hozircha bu hamyondan to’laqonli foydalana olmaysiz. To’laqonli foydalanish uchun siz identifikatsiyadan o’tishingiz kerak bo’ladi. Identifikatsiyadan o’tish to’grisidagi maqolamni o’tkazib yubormaslik uchun OBUNA bo’ling! Bu maqola yozilgan zahoti pochtangizga xabar boradi.

Agar tushunmagan joyingiz bo’lsa, masalan: shu hamyonni qanday yurutish to’g’risida, unda o’zingizni erkin his qiling va kommentariyada qoldiring. Albatta javob olasiz.

Internetda ko’p pul ishlab, ko’plab pul o’tkazmalarini amalga oshirish hammamizga nasib qilsin deb sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( 2 assessment, average 3 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 21
  1. Jasur

    Серия и номер паспорта 10 Raqamni surayabdi nima qilish kerak

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Savolingizga aniq tushunmadim, lekin pasport ma’lumotlaringizni so’ragan bo’lsa ularni kiriting! pasport seriyasi masalan : AA 111…11

  2. Mirabbos

    Yandexda qandey indentifikatsiya qilsa bo’ladi hozir meni statusim anonimniy imennoy statusga o’tishni o’rgating iltimos

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Hamyoningiz sahifasiga kirasiz va yuqoridagi balansingiz ustiga bosasiz, ochilgan sahifachadagi анонимный so’ziga bosasiz va qanday ma’lumot so’rasa kiritasiz. Agar Siz hamhondan to’laqonli foydalanishni istasangiz, faqat to’g’ri ma’lumotlarni kiriting, ya’ni pasportizda qanday bo’lsa, shundayligicha. Hamma so’ralgan ma’lumotlarni kiritib jo’natish tugmasini bosganingizdan keyin 5-10 minut ichida hamyoningiz imennoy bo’ladi. Lekin, agar Siz hamyondan to’la qonli foydalanishni istasangiz, identifitsirovanniy statusini olishingiz kerak. Bu haqda yaqinda maqola yozaman. Ishlarizga omad, ko’p-ko’p pul o’tkazmalarini amalga oshiring.((

  3. Zulxumor

    Juda ham kutyapman identifikatsiya haqida ozgina maʼlumot bering shu haqda oʻzim identifikatsiya qila olamanmi yoki yandex dengizni agenti orqalimi.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Identifikatsiyadan faqat o’zingiz o’tasiz, boshqa odamga ishonmang ham, chunki bu Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz. Raxmat Sizga eslatganingiz uchun, vada qilganim esimdan chiqibdi(((. Hozir shu to’g’ridagi maqolani yozib tugatdim. Hozir maqolani chop qilaman va Sizga shu yerda xabar beraman.

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Maqola tayyor, bu yerda o’qishingiz mumkin, faqat ssilkani nusxalab brauzeringizga qo’yib oching: http://uzinfobiz.ru/yandex-dengidan-identifikatsiyadan-otish.html

  4. Zulxumor

    Yandex pochta ochish shartmi? Ilova borku yandex dengi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Agar Sizda Yandex Dengi hamyon ochilgan bo’lsa, unda Sizda pochta allaqachon ochilgan bo’ladi. Chunki pochta ochmasdan yandex hamyon ochib bo’lmaydi.

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Birinchi navbatda pochta ochasiz va shu pochta ichida yandex hamyon ochiladi.

  5. Behzod

    yandex dengida pulim 1100 rubl uni hech qayerga chiqara olmayabman….yordam berolasizmi

  6. Asliddin yarashov

    Yaqinda menga yandexdan qandaydur bonus e-mail degan yutuqli oyinda qatnashish imkoni keldi va menga 3035$yutuq taqdim etildi uni qanday olsam boladi bu haqiqiy oyinmi yoki yoq, xavflimi..
    Shu haqida fikringizni bildirsangiz
    Raxmat..

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, menga ham shunaqa xabarlar kelgan, lekin ular soxta bo’lib chiqdi. Shu haqida to’liqroq qilib maqola yozganman, shuni o’qib chiqsangiz aniqroq tushunasiz menimcha: http://uzinfobiz.ru/internetda-firibgarliklardan-qanday-qochish-kerak.html

  7. Bobur

    Salom! Yandex dengiga 300 rubl pul tashlashim kerak. Menda faqat so’m bor edi. Qanday tashasam boladi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Valeykum salom! Yandex hamyoningiz identifikatsiyadan o’tgan bo’lsa, Hamkor Mobile ilovasini telefoningizga yuklab olasiz va shu ilova orqali Uzcard yoki Humo bank kartasidagi so’mingizni hamyonga o’tkazasiz, so’m rubl bo’lib tushadi. O’zbekiston markaziy banking belgilagan kursida konvertatsiya bo’ladi, xizmat haqqi 3%.

  8. Исроил

    Oxunjon yaxshmisiz бирнимани тушунмаябман Яндекс деньги хамён Узбекистанда кандае пул ташласа булади

  9. Исроил

    Аник тушунарли килиб ёзворинг илтимос

  10. D

    Salom. Yandex money dagi pullarni bankamad yoki boshqa joylardan yechib olsa bo’ladimi? Agar bo’lsa qanday?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, identifikatsiyadan otgandan song, boshqa elektron hamyonlarga yoki visa kartalariga o’tkazsa boladi

  11. Исроил

    Ассалому алаекум Охунжон яхшими соглик и омонлик мен Юmani очувдим савол жавоб сухбатлашсак мумкунми ёшим 50да тел да гаплашсакчи смс ёзишиб бардошим еукда мен тел.

  12. Gulyora

    Assalomu alaykum yandex hamyonni qanday Ochsa buladi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: