Assalomu aleykum! Ismim Oxunjon. Bugun sizlar bilan blog nima, sayt nimaligi haqida ozgina gaplashamiz. Maqolani oxirigacha o’qisangiz blog yoki sayt sizga nima uchun kerak va qanday foyda keltirishi haqida bilib olasiz.
Eng avvalo bugungi kunning asosiy terminiga aylanib borayotgan blog haqida.
Bu maqolani yozishdan maqsad, internetda o’zbek tilida shaxsiy blog haqida malumot qidirganimda deyarli bironta ham tushinarli malumot topa olmadim. Shuni tushundimki bizda ko’pincha shaxsiy blogni ham veb saytni ham sayt deb ishlatishar ekan.
Hattoki ba’zi odamlar Odnaklassnikidagi profilini ham saytim deb aytishadi. Vaholanki, bu saytning egasi Bali orollarida shu sayt orqasidan yallo qilib dam olib yurubdi.(((
Bu qanchalik to’g’ri? va blog o’zi nima?
Demak, blog so’zi weblog so’zidan olingan va blog kimningdir shaxsiy vebsayti hisoblanadi. Blogni ya’ni shaxsiy vebsaytni yaratib unda kundalik shaxsiy ish faoliyati, tajribalari, muammolar va ularning yechimlarini qo’yib, o’zgalar bilan bo’lishish dastlab Yevropa va chet mamlakatlarida boshlandi.
Ya’ni blogda ko’pincha bir insonning shaxsiy hayoti, kundalik bajaradigan ishlari haqida maqolalar va tajribalari to’g’risida o’qib qolishingiz mumkin, lekin rasmiy vebsaytlarda shaxsiy hayotga o’rin yo’q va unda ko’pincha aniq bir soha bo’yicha akademik ishlar yuritiladi. Shu yerdan blog va sayt o’rtasidagi farqni ko’rasiz.
Blog nima uchun kerak?
Shaxsiy blogga ega bo’lish aloqa qilish va malumotlarni va yangiliklarni tarqatishning eng yaxshi yo’li bo’lib yetishdi. Shuning uchun ham bu globallashib bordi. Shuning bilan birga shaxsiy muammolarni va ularning yechimlarini o’zgalar bilan bo’lishish va qo’shimcha daromad olish manbaiga aylanib bordi.
Ammo keyinchalik shaxsiy blogdan foydalanish va foyda olish usuli o’zgardi, to’g’rirog’i kuchaydi.
Shaxsiy blog orqali, insonlar o’z bilimini sotib pul ishlashni boshlashdi, albatta bu o’z o’zini ish bilan ta’minlash degani (nima demoqchi bo’lganimni allaqachon tushungan bo’lsangiz kerak, yo’q deysizmi unda o’qishda davom eting).
Insonlar shaxsiy blogga ega bo’lgani sari, infobiznes (“malumot biznesi”) tushunchasi shuncha kuchayib borayapdi. Bu ham albatta dovulga o’xshab borayotgan axborot texnologiyalari asri rivojlanishiga o’zining munosib hissasini qo’shadi.
Demak, siz biron sohada tajribangiz yoki bilmingiz bormi va buni keng miqyosda kimgadir o’rgatish orqali qo’shimcha daromad olmoqchimisiz, unda siz albatta shaxsiy blogga muhtojsiz.
Baxtimizga hozirgi kunda shaxsiy blog yaratish va uni yuritish juda oson va bunday malumotlarni mana bu yerdan topasiz.
Blogga ega bo’lishning bizga yetib kelishini aytadigan bo’lsam, avval bu Yevropada boshlandi va keyinchalik 2004- yillarda Rossiyaga keldi. 2010- yillardan so’ng O’zbekistonda ham Blogger nomlari eshitila boshladi.
Shunga qaramay hozirgi kunda O’zbekistonda shaxsiy blog yurutuvchilar soni ancha kam. Yevropa va Rossiyada barcha sohalarda shaxsiy bloglar mavjudligi sababli shaxsiy blog yuritib uni rivojlantirish juda qiyin.
O’zbekistonda esa endigina boshlanayotganligi sababli shaxsiy blog ochib uni rivojlantirish anchagina oson, sababi hali ko’plab sohalarda shaxsiy bloglar yaratilmagan.
Shaxsiy blogni kimlar ochishi mumkin? Qisqa va lo’nda qilib aytadigan bo’lsam HAMMA!
Siz professor olimmisiz yoki dehqon, siz talabamisiz yoki o’qituvchi buning farqi yo’q. Muhimi siz qiziqqan soha yoki hobbiyingiz bo’lsa bas.
Maqola yakunida shuni aytmoqchiman, shaxsiy blogga ega bo’lish o’z timsolingizga va biznesingizga ega bo’lish degani. Shu o’rinda Bill Gates ning quyidagi gaplarini keltirsam:
“Kelajakda ikkita biznes kompaniya qoladi. Birinchisi Internetdagi kompaniya, ikkinchisi bu ish faoliyatini to’xtatgan kompaniya”
Bill Gates
Agar siz ham o’z shaxsiy blogingizga ega bo’lishni xohlasangiz va shu bilan o’z timsolingiz va biznesingizga ega bo’lishni xohlasangiz, bu uchun sizga yordam beradigan maqolalarimni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling.
Maqolam sizga yoqdimi? Fikr va mulohazalaringizni kommentariyalarda qoldiring, albatta javob beraman. Men esa sizlar bilan xayrlashaman keyingi maqolalarda ko’rishguncha. Xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.