Blog Oxunjon Gaybullayeva

O'rgatuvchi video kurslar

O'rgatuvchi video kurslar

Hurmatli do'stlar, Sizni blogimning «Barcha kurslar» sahifasida ko'rib turganimdan xursandman. Bu sahifada mening barcha bepul va pullik kurslarimni ko'rishingiz mumkin.

Shuning bilan birga barcha bonuslar va chegirmalar haqida ma'lumotlarni topasiz. Bu sahifa Sizga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan. Endi barcha o'quv kurslarim bir joyda yig'iladi, ularni qidirib yurish shart emas.

Umid qilamanki, Sizning o'z saytlaringizni oson yaratib, rivojlantirib, sozlab, sizga daromad keltirishida va asosiysi eng qiziqarli «Webmaster» kasbini egallashingizda mening o'quv kurslarim Sizga yordamchi bo'ladi.

«Sayt tuzish va yuritish oson va oddiy» nomli to'liq video kurs.

Sayt yaratish video kurs
To'liq-ma'lumotga o'tish

«BIZNES KALITI». Biznes boshlashda birinchi qadam

login va parol

To'liq-ma'lumotga o'tish

 

«WordPressda sayt tuzish tez va oson» mini video kursi

Sayt yaratish
Darsga kirish

«WordPressda blog yaratish» mini kitobi. 

WordPressda blog yaratishning bir necha bosqichlari.

sayt

Yuklab-olish tugmasi

«JAVA dasturlash tili»dan boshlang'ich bilimlar. 

Javani o'rganishni xohlovchilar uchun qo'llanma.

Java kursi

tugmqa

 

«Internetdagi haqiqiy pullar» chek listi

Yuklab oling va ishga tushing!

inetpul

tugmqa

DIQQAT E'LON! Java dasturlash tillari bo'yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma'lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o'qishingiz mumkin: 

Java dasturlash tillari haqidagi video kurs haqida e'lon

Sheriklik dasturi

Agar Siz mening kurslarimni targ'ib (tavsiya) qilib pul ishlashni istasangiz «Sheriklik dasturi»mda ro'yxatdan o'ting va foydalaning!

Pul ishlash
Sheriklik tugmasi

Diqqat! O'quv kurslari bo'yicha barca savollaringizni quyidagi manzilga yo'llashingiz mumkin:

Amaliy yordam — Siz savolingizga 12 soat ichida javob olasiz.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 46
  1. azizbek

    Kitobni emailsiz skachat qilsa boladimi

    1. NORKULOV SHAKHZOD

      kursingizni qanday olsak bo'ladi

      1. Oxunjon G'aybullayev (author)

        Salom, qaysi kurs

  2. Oxunjon G'aybullayev (author)

    Salom Azizbek! Yo'q, faqat pochta orqali yuklab olishingiz mumkin. Pochta orqali yuklab olsangiz, yangi kurslarimdan ham birinchilardan bo'lib xabar topasiz.

  3. Asadbek

    Akajon kitoblarga gap yo'q! WordPressda mukammal darajada ishlash bo'yicha kitob chiqarsangiz bizdek yosh avlodlar o'rganardik va albatta sizga raxmatlar aytib qolar edik!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Arzimaydi, foydasi tekkan bo'lsa xursandman. Yaqin kunlarda WordPressda mukammal sayt tuzish va rivojlantirish va «Java» to'g'risidagi video kurslarim tayyor bo'ladi. Faqat ular pullik bo'ladi, lekin boshlanishida juda arzon bo'ladi. Agar blogimga obuna bo'lgan bo'lsangiz birinchilardan bo'lib xabar topasiz ((. Ha, undan tashqari blogimda «Sheriklik dasturi» ni ochyapman. Bu men bilan sheriklikda ishlashni xohlaganlarga yaxshi imkoniyat bo'ladi. Dasturda qatnashing, afsuslanmaysiz.

  4. Oxunjon G'aybullayev (author)

    Ha aytgancha, pullik kurslarimni blogimda bir oyda 25 ta izoh qoldirgan 10 ta sayt foydalanuvchisiga sovg'a sifatida bepul ulashaman.

    1. Asadbek Asqaraliyev

      bepul oliwni bowqa imkoni yuqmi???

      1. Oxunjon G'aybullayev (author)

        Bor, faqat bitta sharti bor. Video kursni shunday bepul beraman lekin kursni yaxshi o'rganib bitta video otziv yoki tekst formatida yaxshi otziv yozib berish sharti bilan.

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Otziv ( Kursni sharhlash) ham ko'p bo'lmaydi. 4 ta otziv tanlab olinadi

  5. Madina

    Tushunmadim. Otziv qanday bo'lishi kerak? Tushintiribroq yozish iloji yo'qmi?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Tushintiribroq yozaman (((. Video kursni sizga shunday beraman, siz uni ko'rib chiqasiz va undagi bilimlarni agar sizda allaqachon saytingiz bo'lsa, saytingizda qo'llab ko'rasiz, agar saytingiz bo'lmasa sayt tuzishni boshlaysiz.

      Bir ikki darsni o'tgandan keyin sizga darslar yoqdimi, tushunarli bo'ldimi va hokazolar haqida video otziv ya'ni kursni sharhlab video yozasiz va yozgan videoingizni menga yuborasiz. Men esa siz bergan videoni Lending uchun ishlataman.

      Yani bu sizning sayt uchun yana bir qo'shimcha reklama bo'ladi. Bu ishlar uchun ya'ni video otziv yozish uchun bir hafta muhlat beriladi. Tushintira oldimmi? Agar yana tushunmasangiz, yana so'rashingiz mumkin.

      1. Madina

        Tushunarli. Qachon kursingiz chiqadi? Ha yana savolim bor edi, nimaga saytingizda izoh qoldiradigan joyida stiker yo'q. stiker bo'lsa yaxshi bo'lardida

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Yaqin kunlarda chiqadi. Stiker o'rnatish kerak, hozircha u ishlarga vaqt yo'q. kelajakda bo'lib qoladi

      2. Farrux

        Salom,...Agar Videoni Ko'rib Videosi Unchalik Ya'ni Siz O'ylagan Darajada Yaxshi Chiqmasligi ham Mumkin ku To'g'rimi?

  6. Asadbek Asqaraliyev

    VideoKurslarni bering videoSharh yozaman

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Tayyor bo'lganida blogda prezintatsiyasi beriladi.

  7. Abdulaziz

    HTML orqali yuklab oladigan sayt tayorlasa boladimi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Agar savolingizni to'g'ri tushungan bo'lsam, Saytdagi rasm, video, audio kabi media fayllarni biron qurilmaga yuklash vazifasini HTML orqali amalga oshirsa bo'ladimi demoqchisiz.

      Ha, albatta HTML orqali buni qilsa bo'ladi, bunda shuni bajaradigan kodlarni yozish kerak.

  8. Saylaw

    Videokurslaringiz hali tayyot bo'lmadimi?

    Iloji bo'lsa aniqroq aytsangiz qachon tayyor bo'lishini. Chamalab bo'lsayam?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Kurs deyarli tayyor bo'ldi, faqat unga qo'shimcha videolar qo'shyapman, loyihalar ko'pligi tufayli qo'l tegmadi. Lekin 2-3 haftada tugatishni mo'ljallayapman. Blogimga obuna bo'lsangiz, kurs chop etilishi bilan xabar topasiz. Obuna bo'lish ssilkasi: uzinfobiz.ru/forma-podpiska.html

  9. Shurik

    Kurslargagap yo'q aka

  10. DIlshodd

    Salom sizdan vido kursni qanoqlib olamiz aytingchi odam degan irorta nomer qoldiradi :evil:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! saytimning KURSLAR sahifasidan istagan kursingizni olishingiz mumkin. O'zingizga kerakli kurslarni ustiga bossangiz (tugmalarni bossangiz), yangi sahifa ochiladi. O'sha sahifada kursni qanday olish ko'rsatib qo'yilgan. BU yerda barcha ishlar avtomatlashtirib qo'yilgan. Aynan qaysi kursni olmoqchi ekanligingizni va o'zingiz duch kelayotgan muammoni aniq aytsangiz yordam beramiz.

  11. Boshlash

    Salom. Men WordPress birinchi darsingizni video rolikidan foydalanib sayt ochmoqchi bo`ldim. Lekin sayt ochishda «oshibka» berdi. Bu nimadan bo`lishi mumkin...

    Rahmat>>

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, savolingizni aniq tushunmadim, aynan nimada oshibka berayotganini aytsangiz sizga yordam bera olaman.

    2. aziz

      boshlash

  12. Sanjar

    Assalomu aleykum, savollarim quyidagicha:

    1. Har qanday daturlash tilini ôrganishni boshlashdan oldin avvalo HTML va CSSni ôrganish maqsadga muvofiqmi?

    2. Python yoki Java dasturlash tillarini ôrtacha vaqt sarflab 1 yilda ishga kira oladigan yoki ôzingiz mustaqil pul ishlab topa oladigan darajada ôrgansa bôladimi?

    3. 1-2 yil davomida dasturlashni chuqur ôrgangan odam oyiga qancha daromad qila oladi?

    Iltimos javoblaringiz muhim

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, 1. Ha, Men birinchi bo'lib HTML-ni o'rganib, unda sayt tuzganimdan keyin, boshqa C++, Java-ni o'rganishga kirishganman va oson kechgan — o'rganish. HTML-ni o'rganish va unda kod yozish oson, agar birinchi bo'lib shundan boshlasangiz dasturlash va kod yozish bo'yicha tushuncha shakllangan bo'lardi. Siz WEB-dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz (bugungi kunda talab katta) Albatta HTML va CSS ilmlarini bilishingiz kerak, chunki ko'plab dasturlash tillari bu bilan bog'liq.

      2. Python yoki Java katta dasturlash tillari, bular yordamida ko'p ishlarni qilish mumkin, masalan WEB sahifalar va Android ilovalar yaratish mumkin (har ikkalasiga ham ehtiyoj katta), shuning uchun eng avval aynan qaysi sohani o'rganib, keyinchalik shu soha bo'yisha ishlashni aniqlab oling. Masalan, webni tanlasa, o'ylashimcha yaxshi darslik: kitob, video kurs bo'lsa 1-1.5 yil ichida yaxshigina o'rgansa bo'ladi. Ko'p narsa o'zingizga bog'liq, albatta.

      3. Meni Tanish bir Akam oyiga 3 mln oladi, agar uni bilimi menda bo'lsa, men ko'proq topgan bo'lardim, Chunki frilensir saytlarida kattaroq loyiha olib ishlasa bo'ladi. xizmat haqi ham baland bo'ladi. Faqat til bilish kerak. Ya'ni aytmoqchimanki agar dasturlashni yaxshi o'rgansangiz va til ham bilsangiz imkoniyatlaringiz oshadi va ko'proq topishingiz mumkin, anig'ini bilmiman.

      1. Sanjar

        Javoblaringiz uchun katta rahmat! Judayam qiziqdirib qôydingiz))

        Yana savollarim bor edi, oldindan uzr sôrayman)

        1. Ôsha tanish akangiz aynan qaysi dasturlash tillarini biladi? bilishimcha u soha muttahassisi, lekin shunga qaramasdan 3 mln judayam kam deb ôylayman, ayniqsa hozirda kôpchilik oyiga kamida 500$ topish mumkin deb jar solib yurgan bir paytda. Bunga sizning fikringiz?

        2. Dasturlashda matematikani bilish qanchalik muhim? Misollar bn keltira olasizmi? Kelgusida menimcha bu haqida maqola yozsangiz ham kôpchilik mendek qiziqqanlar uchun foydali bôladi deb ôylayman

        3. Hozirda Toshkenda qaysi tillarga talab yuqori? Adashmasam ish taklif qiluvchilar 2 yoki undan kôproq tillarni biluvchilarni xoxlashadi, dasturlash tillaridan birini ôrganib, bu sohada faoliyat kôrsatmagan inson uchun ishga kirish qanchalik real?

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Salom, 1. C# dasturlash tilini biladi. Men 500$-ni ham kam deb bilmiman. Lekin o'zi o'zbekistonda juda ko'p to'laydigan tashkilot kam, tashkilotni esa qurish kerak.

          2. Dasturlashda matematika kerak, logik fikrlashni bilish kerak.

          3. Bilishimcha web-ga ehtiyoj katta. Til bilish juda ko'p yerda talab qilinadi. Agar chet tilini bilsangiz, o'rganish oson kechadi. Qaysi sohaga va til bilishga talab qancha ekanligini aniq bilish uchun olx.uz saytidan «It-telecom-kompyuterlar» bo'limidan malumot qidirsangiz, aniqroq tushunasiz.

        2. Xamdambek

          Assalomu alaykum Oxunjon aka yaxshimisiz. Aka shu bugun sizni kommintariyangizni o‘qib chiqdim bir nechasini aka sizga bir taklifim bor edi. WordPress sayt tuzish bo‘yicha video darsingizni menga bepul bersangiz xudo xoxlasa jonim bilan kursni o‘rganib chiqaman va birinchi tuzgan saytimni sizga sovg‘a qilaman va kurs bo‘yicha bir qancha otviz ham yozib beraman. Agarda taklifim sizga maqul kelsa men hursand bo‘laman.

          Ga xabar yozsangiz gmail pochtamga xabarni hammaga omad !

          1. Oxunjon G'aybullayev (author)

            Valeykum salom, raxmat yaxshi, o'ziz yaxshimisiz. Video darsliklarni Profeshion Akademiyasiga joylashtirdim. O'sha joydan mutloqo bepul o'qib o'rganishingiz mumkin. Akademiyada darslar bitta-bitta beriladi, har bir darsga topshiriq berilgan, topshiriqni bajarib bizga topshirasiz. Kursni o'tab bo'lganingizdan keyin hech qanday xatosi bo'lmagan sayt egasigz aylanasiz. Agar kursni to'liq o'tsangiz saytingiz orqali pul ham ishlashingiz mumkin. Darslar manabu yerda joylashgan, ro'yxatdan o'tib, maktab ichiga kiring: uzinfobiz.com

            Uzr, silkangizni olib tashladim, izohlarda silka qo'ya olmayman.

      2. Қобилжон

        Ассалому алайкум, Охунжон. Мен Сизни веб-ресурсингизни бир неча муддат давомида кузатдим, ундаги нашр қилинган мақолалар ва бошқа «контент» (материаллар) билан атрофлича танишиб чиқдим ва бунинг натижасида қуйидаги ўзимнинг шахсий фикр, мулоҳаза ва таклифларимни эътиборингизга ҳавола этмоқчиман. Лекин, унда акс этган мулоҳазаларимни, мазкур веб-сайт ёхуд (блог) маъмури (администратори) сифатида модераторлик ваколатингиздан фойдаланиб, ўчириб ташламаслигингизни илтимос қиламан. Шунда Сизнинг веб-ресурсингиз ҳақидаги кишиларнинг холисона ва шаффоф бўлган фикр-мулоҳаза ҳамда ўзлари билдирган таклифларини чуқурроқ таҳлил қилиш имконига Сиз маъмур, фойдаланувчилар эса ресурснинг мижоз (меҳмон)лари сифатида тўлақонли танишиб чиқиш ҳамда унга нисбатан ўз эътирозларини билдириш ёки уни қўллаб-қувватлашлари ҳақида фикр билдирадилар деган умиддаман. Жавобингизни кутиб қоламан.

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Va alekum salom, avvalam bor taklif va mulohazalaringiz uchun katta raxmat, lekin, hali hech qachon saytdagi maqolalarga bildirilgan xolisona fikrlar va tanqidlar o'chirilmagan. Har qanday xolisona firk, takliflar va tanqidlarni qabul qilaman. Faqat, sayt o'quvchilarining shaxsiyatiga teguvchi, haqoratli yoki sayt o'quvchilarining fikrini mavzudan boshqa tarafga yo'naltiradigan fikrlar qabul qilinmaydi. Xolisona fikr va mulohazalaringizni bemalol yozavering.

  13. Nishonboy

    Salom hurmatli admin aytinchi wordpress orqali sayt xavsizligi qanchalik mustaxkam ximoyalangan. aytaylik men xuddi olx ga uxshagan sayt yaratdim г ommalashib ketdi deylik. uni xakkerlar xujumidan qanday ximoyalash mumkin. yoki umuman olx ga uxshagan katta loixalarni CMS generatorlari (yani wordpress joomla) lardan foydalanmagan ma'qulmi. sizning xolisona fikringiz qanday. javob uchun oldindan raxmat

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, wordpressdan foydalanib katta loyihalarni amalga oshirsa bo'ladi, faqat to'g'ri plagin va shablonlarni topish va undan to'g'ri foydalanish kerak. Ximoyaga kelsak, bu uchun maxsus plaginlar mavjud, shulardan foydalanish tavsiya etiladi. Bularning ko'pchiligi pullik. Xolisona fikrim foydalansa bo'ladi.

  14. Nishonboy

    fikrlaringiz va tavsiyalaringiz u.n sizga katta raxmat. olx da to'lov tizimi mavjud clik payme, WordPressda shu to'lov tizimini ishga tushirish u.n plaginlar ham bo'lsa kerak?

  15. Nishonboy

    :!:men xozir wordpresda classiera shabloni b.n tanishib chiqdim. Meni maqsadim olx ga o'xshagan sayt yaratish. Hullas shu classierada barcha kerakli narsalar bor ekan jumladan to'lov tizimlari e'lon turlari. faqat meni o'ylantirgan narsa yuqorida aytib o'tgan shablon inglizcha bo'lib, e'lon turlari inglizcha va to'lov tizimlari ham chet elniki. bularni o'zimizdagi to'lov tizimlariga o'zgartirsa bo'ladimi, masalan clic paynet shunga o'xshash, yana bitta muammo e'lon berishda olx saytida bilsangiz agar e'lon berayotganizda maxsulotiz miqdorini so'm yoki dollarda belgilash so'raladi, wordpressda ham shunday o'zgartirsa bo'ladimi. :?:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, ko'rmasdan turib bir narsa deyish qiyin.

  16. 6666

    xozirgi kuda eng mashxur dasti=urlash tili qaysi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, meni fikrimcha java

  17. Javohir

    Assalomu alaykum. Aka java dasturini boshlashdan oldin kompyuterda qanday pragrammani urnatish kerak. Har xil videolar kuraman ular bir java tillarini tushuntirib ketishadi qande nimadan boshlashebti qanaqa dasturdan foydalanishebdi shuni aytishmaydi. Ha aytgancha kitoblaringizga gap yuq aka.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Va alekum salom, jdk va eclipse dasturlarini o'rnatib oling yoki eclipseni o'rniga netbeans programmasini ornatib olsangiz ham boladi.

  18. asadbek

    kitoingizni tashang

  19. Ibrohimjon Bahodirov

    Aka kursni mengayam tekinga beraszmi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: