Video kurs: Java dasturlash tilini o'rganamiz. Ma'lumotlar bazasi onlayn maktabi

Java dasturlash tili kursi

Salom do’stlar! Blogimda dasturlash tillari haqida ko’plab maqolalar yozgan edim. Manashu maqolalarimga izohlarda, pochtamga sizlardan, dasturchilikni qanday o’rgansam bo’ladi, nimadan boshlasam bo’ladi, kabi ko’plab savollarni oldim va yana bunday savollar kelayapdi.

Shu sababli, har kimning savoliga bitta-bitta javob bermaslik uchun, dasturlash tillaridan biri bo’lgan javani noldan boshlab o’rgatuvchi to’liq video kurs yozdim va onlayn maktabimizga joylaydim.

Nima uchun onlayn maktabga, diskda yo’qmi?

Yoq, jismoniy diskda yo’q. Sababi, biz sizning java dasturlash tilini aniq o’zlashtirishingizni istaymiz. Onlayn maktabga joylashimning sababi, darslarning har birida sizga vazifalar beriladi. Siz, toki vazifalarni to’g’ri bajarib bizga topshirmas ekansiz, Sizga keying dars ochilmaydi. Demak, biz siz bilan doimiy muloqotda bo’lamiz va shunday qilib sizda har doim menga savol berish va javob olish imkoniyatingiz bo’ladi.

Bundan tashqari, javani o’rganishda yarim yo’lda tashlab qo’ymaslikga motivatsiya bo’ladi.

Sizni hech kim shoshiltirmaydi, o’qish vaqtini, qachon uyga vazifani bajarib topshirishni o’zingiz hal qilasiz. Xohlagan vaqtingizda, xohlagan joyda, darslarni bemalol o’qib, uy vazifasini bajarib topshirishingiz mumkin.

Onlayn maktabda kurs darslari quyidagi ko’rinishda joylashgan:

Maktab ko'rinishi

Shunday qilib siz java dasturlash tilini aniq o’rganasiz. Kursda nimalar o’rgatilishini manabi sahifadan o’qib olishingiz mumkin: Java dasturlash tili” kursi.

Kursning narxi qancha?

Kurs albatta bepul emas, lekin unchalik qimmat ham emas. Chunki, o’zbek tilida bunday kurs yo’q hisob, borlari ham bu narxdan kamida uch barobar qimmat turadi. Va yana bu kurslarni sotib olganingizdan keyin, o’zingiz bilan o’zingiz yakka qolasiz, muallif bilan aloqa qilish imkoniyati yo’q hisob.

Bizdachi? Bizda kurslarni har doim onlayn tarzda o’tasiz, tushunmagan joylaringizni darhol bizdan so’rab yordam olishingiz mumkin. Biz, sizga berilgan vazifalarni tekshirib baholash uchun har doim maktabimizda onlayn tarzda ish olib boramiz.

Kurs narxini atigi 499 rubl, 67 500 so’m, 7,6 dollor qilib belgiladim. Bu narx yana oshishi mumkin, shu sababli sizga, tezroq kursni o’rganishni boshlashni tavsiya qilaman.

Bu narx, maktabimizda olti oy o’qish uchun, 6 oydan keyin siz uchun kursga kirish yopiladi. O’qishni davom ettirish uchun esa, boshqatdan pul to’lashingizga to’g’ri keladi. Lekin siz xavotirlanmang! Kursni o’zlashtirish uchun sizga 6 oy yetib ortadi.

Malumotlar bazasida o'qish bo’yicha qo’llanma

Bilimlar bazasi yangi sistema asosida ishlaydi, lekin, hech qanday qiyinchilik joyi yo’q. Sizga tushunarli bo’lishi uchun, qadamba-qadam aytib o’taman.

Qanday ro’yxatdan o’tish kerak?

Maktab darslariga o’tish uchun, sizga nimalar kerak bo’ladi:

Qadam 1. Bilimlar bazasining bosh sahifasiga kirishingiz kerak – uzinfobiz.com. Saytning yuqoridagi menyusida joylashga “Ro’yxatdan o’tish”, yoki, quyidagi qizil tugmachaga bosasiz:

Ro'yxatdan o'tish

Qadam 2. Shaxsiy xona ochish uchun ma’lumotlaringizni kiriting:

DIQQAT! Kiritgan ma’lumotlaringizni yo’qolib qolmaydigan joyga saqlab qo’ying.

Malumotlar kiritish

Ma’lumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin “Регистрация” tugmasini bosing. Shundan keyin sizning pochtangizga tasdiqlash xati yuboriladi:

xabar

Qadam 3. Pochtangizga kiring va obunani tasdiqlang. Agar xat darhol kelmagan bo’lsa, “Spam” papkasini tekshirib ko’ring. Shunda ham xat kelmagan bo’lsa, menga yozing:

Pochtani tekshirish

Qadam 4. Bilimlar bazasi bosh sahifasiga kirib, menyudagi “Kirish”, yoki, quyidagi yashil tugmaga bosib, login va parolingizni kiritib, maktabga kiring va o’qishni boshlang:

maktabga kirish

login va parolni kiritish

Darslar qanday o’tiladi?

Bosh sahifada login va parolingizni kiritib maktab ichiga kirganingizdan keyin barcha darslarni ko’rasiz. Istagan kursingizga to’lov o’tkazib, o’qishni boshlashingiz mumkin.

Har bir kurs qanday o’tilishi to’grisida, kursning birinchi darsida to’liq ma’lumot berilgan:

birinchi darsga kirish

Har bir darslik video formatda va yana text formatida yozilgan. O’zingizning xohlagan formatda darslarni o’tashingiz mumkin. Keyingi darsga o’tishingiz uchun uy vazifasini bajarib, bizga topshirishingiz kerak. Biz uy vazifasini tekshirib baholaymiz. 2-3 baho qo’yadigan bo’lsak, sizga keying dars ochilmaydi va siz uy vazifasini qayta bajarib bizga topshirishingiz kerak. 4-5 baho olganingizda keyingi darsga o’tasiz.


Yangi dars, uyga vazifa va kerakli shartlarni bajargandan keyin ochiladi.


Keyingi dars ochilishi uchun, birinchi darsning “Домашнее задание” bo’limiga kirib, uyga vazifa va shartlarni bajarishingiz kerak:

uyga vazifa bajarish

Barchasi oddiy!

Agar sizda qandaydir muammo tug’ilsa, yoki bir nima ishlamay qolsa, albatta quyida izohlarda qoldiring.

Do’stlar! Hozircha shu, agar savollar bo’lsa marhamat, izohlarda qoldirishingiz mumkin, biz albatta javob beramiz. O’qishlaringizga omad tilab men sizlar bilan xayrlashaman, onlayn maktabimizda ko’rishguncha xayr, salomat bo’ling.

 

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev

Like this post? Please share to your friends:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: