DIQQAT E’LON! Java dasturlash tillari bo’yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma’lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o’qishingiz mumkin:
Dasturlash tillarida dasturchi tushinishi kerak bo’lgan eng asosiy tushunchalardan biri o’zgaruvchilar hisoblanadi. Java ham bundan mutasno emas.
O’zgaruvchilar biron- bir Java dasturida saqlash joyining asosiy birligi hisoblanadi.
O’zgaruvchiga aniqlovchi, turi, ixtiyoriy boshlang’ich qiymat beruvchisi aralashmasi orqali aniqlik kiritiladi.
O’zgaruvchilar ishlatilishidan oldin elon qilinishi kerak. Quyida elon qilishning asosiy shaklini ko’rishimiz mumkin.
Turi aniqlovchi [ = qiymati], [aniqlovchi [=qiymati] ;
Buyerda “Turi” Javaning atomik turlaridan biri yoki klass yoki interface ismi bo’lishi mumkin. “aniqlovchi” o’zgaruvchining ismi. Shuyerda agar xohlasak o’zgaruvchiga biron bir qiymat berib ketishimiz mumkin. Faqat shuni esda tutushimiz kerakki, beradigan qiymatimiz o’garuvchi turiga mos bo’lishi kerak.
Masalan:
int a, b, c; // uchta int turidagi o’zgaruvchini e’lon qilish.
int d=3, e, f=5; // d va f ga boshlang’ich qiymat berish va uchta o’zgaruvchi e’lon qilish.
double pi=3.14159; // double turidagi aniqlovchisi pi bo’lgan 3.14159 taxminiy bo’shlang’ich qiymat berilgan o’zgaruvchi e’lon qilish.
char x= ’x’; // char turidagi x ‘x’ qiymatiga ega.
Biz tallagan o’zgaruvchining nomi qanday bo’lishi yani aniqlovchisi hech qanday ahamiyatga ega emas.
Umaman olganda e’lon qilish orqali, biz Javaga o’sha turdagi, nomdagi va o’sha qiymatdagi o’zgaruvchidan foydalanmoqchi ekanligimizni bildirgan bo’lamiz.
O’zgaruvchilarning imkoniyati .
Javada o’zgaruvchilar har qanday blok({ }) ichida e’lon qilinishi mumkin. Bu holatda o’sha e’lon qilingan o’zgaruvchi faqat o’sha blok ichida ishlatilishi mumkin. O’zgaruvchini klass ichida e’lon qilsak, bu o’zgaruvchini o’sha klasning xohlagan joyida ishlatishimiz mumkin yani o’sha klass ichidagi metodlar ichida ham foydalansak bo’ladi. Biroq o’zgaruvchini biron-bir metod ichida e’lon qilsak, biz o’sha o’zgaruvchidan faqatgina o’sha metodning ichida foydalana olamiz. Ba’zi kitoblardu bu munosabatni global va local o’zgaruvchilarga bo’lib o’rganishadi yani buyerda KLASS ichida e’lon qilingan bo’lsa “global”, METOD ichida bo’lsa “local” hisoblanadi.
public class Klass {
int a; // global e’lon qilish.
public static void main (String args[]){
int b; // local e’lon qilish.
}
}
[ int a ] o’zgaruvchini “main” metodi ichida ham ishlata olamiz lekin [ int b ] ni “main” metodidan tashqarida ishlata olmaymiz.
Hozir o’rganganlarimizni kichik dastur tuzishda qo’llab ko’raylik:
- public class Klass {
- public static void main(String args[]){
- int i;
- i=12;
- double d=6.7;
- String s;
- s=»String «+»ekranda»;
- System.out.println(i);
- System.out.println(d);
- System.out.println(s);
- }
- }
NATIJA:
12
6.7
String ekranda
IZOH : 4-7 qatorlarda uch xil turdagi o’zgaruvchi e’lon qilib uch xil usulda boshlang’ich qiymat berilgan. 8-10 qatorlar bularni ekranda chiqarish vazifasini bajaradi. println() metod hisoblanadi, bu metodning vazifasi qavs ichidagi yozuvlarni ekranda chiqarish uchun xizmat qiladi. System.out. esa obyekt( obyektlar to’g’risida keyingi darslarimizda), va bu obyekt println() metodini chaqiradi.
O’zgaruvchilar bo’yicha darsimiz o’z nihoyasiga yetdi. Agar mavzu bo’yicha savol va fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldirishingiz mumkin. Yangi ma’qolalarga obuna bo’lishni unutmang.
Yaxshiroq tushinib olish uchun videoni tomosha qiling: