Okhunjon Gaibullayev's blog

Java bilan tanishuv. Kirish!

java dasturlash tilini o'rganishni xohlovchilar uchun darsliklar

DIQQAT E’LON! Java dasturlash tillari bo’yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma’lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o’qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

Quyida Java haqida ma’lumotlar va unda dastur yozishni boshlash uchun nimalar qilishi kerakligi to’g’risida VIDEO va TEKST ko’rinishida ma’lumotlar berilgan. Siz bular bilan tanishib chiqing va vazifalarni bajaring! Ya’ni JDK dasturini kompyuteringizga o’rnatib oling va CMD bilan bog’lang!

Bu bugungi darsimizning birinchi topshirig’i, ikkinchi topshiriqqa o’tish uchun «IKKINCHI TOPSHIRIQ» nomli quyidagi ko’k ssilkaga kiring( birinchi topshiriqni bajarib bo’lgandan keyin)!

IKKINCHI TOPSHIRIQ

JAVA 1995-yilda Sun Microsystem Inc tomonidan rivojlantirilgan, keyinroq Oracle korparatsiyasi unga ega chiqdi. U James Gosling va Patrik Nafton tomonidan kashf qilingan.

Java bu dasturlar, o’yinlar va veb saytlar yaratadigan dasturlash tili. Xuddi biz o’z gapimizni yoki nutqimizni bizni tilimizni bilmaydigan biron-bir insonga tushuntirmoqchi bo’lsak o’sha insonni tilida gapirishga yoki u tushunadigan tilda gapirishga harakat qilganimizdek, kompyuterda biron- bir dastur, o’yin yoki veb saytlar yaratmoqchi bo’lganimizda kompyuter tushunadigan tilda yozishimiz kerak. Bunda Java dasturlash tilidan foydalanish ayni muddao.

Javani o’rganishni boshlashdan oldin, Java terminlari bilan qadrdon bo’lib olaylik.

Java Virtual Machine(JVM)

Bunga JVM deb murojaat qilinadi. JVM haqida muhokama qilishdan oldin, dastur ishga tushish bosqichlarini ko’rib chiqaylik. Bosqichlar quyidagicha: Biz dasturni yozamiz, uni to’playmiz va oxirida dasturni yuritamiz.

 

  1.   Daturning yozilishi siz va menga o’xshagan dasturchilar tomonidan bajariladi.
  2.   Dasturning to’planishi javac compiler(to’plovchisi) tomonidan bajariladi, javac java development kit(JDK) ning ichida keladigan boshlang’ich java compileri(to’plovchisi). U kiritish sifatida java dasturni oladi va chiqish sifatida java bayt kodini yaratadi.
  3.   Uchinchi bosqichda, JVM kompiler(to’plovchi) tomonidan yaratilgan bayt kodni ijro etadi ya’ni ishga tushiradi. Bu dastur yuritish bosqichi deb nomlanadi.

 

Har qaysi operatsion sistema turli xil JVM ga ega, bayt kodning ishga tushirilishidan keyingi ular ishlab chiqaradigan natija barcha operatsion sistemalarda bir xil. Shuning uchun ham biz javani mustaqil platform tili deb chaqiramiz.

Bayt kod.

Yuqorida muhokama qilingani dek, JDK ning javac to’plovchisi java sors kodini bayt kodga to’playdi va shundan keyin u JVM tomonidan ijro qilinishi mumkin. O’sha bayt kod to’plovchi tomonidan biron .class faylida saqlanadi.

Java Development Kit (JDK).

  JVM ni tushuntirish jarayonida JDK so’zidan foydalandik, endi o’sha JDK nima? JDK Java development Kit ya’ni Java ni rivojlantiruvchi asboblar to’plami degani. JDK JRE(java runtime environment-java ish vaqti muhiti), to’plovchilar, va JavaDoc, Java debugger kabi turli xil asboblarni o’z ichiga oladi. Java dasturni yaratish, to’plash va yuritish uchun, kompyuteringizda JDK ni o’rnatib olishingiz kerak bo’ladi.

Shular javaning asosiy terminlari.

Shunday qilib Javada Dastur tuzish uchun birinchi JDKni kompyuterimizga o’rnatib olishimiz kerak.

Buni www.oracle.com/technetwork/java/javase/downloads/index.html   saytidan yuklab olishimiz mumkin. Yuklab olish jarayonida Qanday kompyuter sistemasidan foydalanayotganimizga ahamiyat berishimiz kerak (Windows, Linux, Mac OS X).

JDK ni yuklab, o’rnatib bo’lganimizdan keyin uni commond prompt(cmd) bilan bog’lashimiz kerak ya’ni o’sha biz o’rnatgan JDK ning joyini(yo’nalishini) cmd ga ko’rsatib qo’yishimiz lozim. Bu uchun jdk o’rnatilgan joyga boramiz ya’ni Java fayliga, buyerdan jdk fayliga kiramiz va bu faylning ichidagi bin fayliga kiramiz. Yuqorida aynan o’sha joyning manzilini ko’rsatadigan joyiga borib bu manzilni nusxasini olamiz va shu bilan buyerda qiladigan ishimiz tugaydi. Endi windows tugmasini bosamiz va kursorni “meni kompyutim” ustiga olib borib sichqonchani o’ng tugmasini bosib “properties”(eng pastda) ga kiramiz. Buyerdan, yuqori chap tomonda joylashgan “Advenced system setting” ga kiramiz va yangi window ochiladi. Bu windowning past qismidagi “Environment Variables” ga kiramiz. Bunda yana kichik yangi window chiladi va biz yuqoridagi “New” ga kiramiz. Bu safar ham kichik window ochiladi, bu windowda ikkita yoziladigan joy bor: “Variable name” va “Variable value”. “Variable name” ga “ Path” so’zini yozamiz, “Variable value” ga esa biroz oldin nusxasini(copy) olgan narsamizni qo’yamiz va shu bilan barcha windowda “OK” tugmasini bosib chiqamiz.

Sors kodimizni yozishimiz uchun biron-bir Text editor(Linux sistemali uchun vi va emacs, Windows sistemali uchun Notepad, Textpad va Jedit) dasturidan foydalanishimiz mumkin.

Windows operatsion sistemasi uchun Notepad dan foydalanib birinchi dasturni yuritish.

Notepad ni ochib quyidagi kodlarni yozib olamiz:

 

publicclassSalomJava {

publicstaticvoidmain(String  args[ ]){

System.out.println(“Salom Java”);

}

}

 

IZOH: bu dasturimiz System.out.println(“Salom Java”); qatorda qavs ichidagi “Salom Java” so’zini ekranda chiqarish uchun xizmat qiladi.

Buyerda SalomJava klas(sinf) nomi, bundan keyingi va shu kod oxiridagi figurali qavslar bu klasning tana qismi hisoblanadi. Java dasturlash tilida dastur yaratish uchun eng kamida bitta klas bo’lishi shart va yana bitta “main” metodi. Klas va metod va (public, static, void, main, String) tushunchalarini keyinroq o’rganib chiqamiz, hozircha shu kodni yozganimizdan so’ng uni o’zimizga qulayroq joyda saqlaymiz, bizning dasturimizda Desktopda saqlab qo’yamiz. Saqlab qo’yish jarayonida ehtiyot bo’lishimiz kerak ya’ni saqlab qo’yayotgan fayilimiznining nomini klasning nomi bilan bir xil qilib undan keyin nuqta qo’yib “java” ni yozamiz. Masalan:

SalomJava.java

Shu tarzda Desktopga saqlab qo’yamiz.

Windows tugmasini bosib “search” dan “cmd” ni qidiramiz. Topganimizdan so’ng “cd” ni yozamiz va joy tashlab Desktop ni yozamiz, endi “Enter” tugmasini bosamiz va shu bilan biz Desktopning ichidamiz. Biz saqlab qo’ygan fayl Desktopda bor yo’qligini tekshirish uchun “dir” so’zini yozamiz va “Enter” ni bosamiz, shu bilan Desktop ichidagi barcha fayllarni ko’rishimiz mumkin, shu bilan birgalikda biz saqlab qo’ygan faylni ham. Bu faylni oldin kompayl qilamiz ya’ni o’sha commond promptda javac  SalomJava.java ni yozib undan keyin “Enter” tugmasini bosamiz.

Endi Desktopda yangi fayl ochilganini ko’rishimiz mumkin va bu .class fayl hisoblanadi. Klas faylimiz tayyor, Endi yana cmd ga java SalomJava ni yozib undan keyin “Enter” tugmasini bossak, “ Salom Java” yozuvini ko’rishimiz mumkin. Javada dastur shu tarzda ishga tushiriladi.

Mavzu bo’yicha tushunmagan joyingiz bo’lsa yoki fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring. Yangi ma’qolalarga obuna bo’ling

Muallif Oxunjon G’aybullayev

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: