Maxsus tahrirchi — Eclipseni o'rnatish!

Kodlarni yozish uchun maxsus tekst editorini o'rnatib olish haqida ko'rsatmalar oldin video va keyin tekst ko'rinishida berilgan.

Bunda sizning asosiy qiladigan ishingiz, ko'rsatmalardan foydalanib Eclipse programmasini o'rnatib olish va uni ishga tushirish.

Keyingi darsga yo'llanma pochtangizga indinga boradi.

Birinchi topshiriqda Tekst editorida birinchi java dasturimizni yozishni ko'rib chiqqan edik.

Lekin bu holda kod yozish davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yib ketishimiz mumkin va bu xatolarni nimalardan iboratligini bilishni o'zi juda mushkul. Bironbir dastur yaratmoqchi bo'lsak, yozadigan kodimizni boshidan oxirigacha bilishimiz kerak. Bunday chigalliklardan qochib osonroq usulda dasturimizni yaratib olmoqchi bo'lsak maxsus tekst editor vazifasini bajaradigan IDE lardan foydalanish tavsiya qillinadi.

 

IDEs hozirgi kunda keng qo'llaniladigan Eclipse (www.eclipse.org) va Netbeans (www.netbeans.org) larni o'z ichiga oladi.

 

Bu yerda Ecliseni o'rnatib, unda dastur yaratishni ko'rib chiqamiz.

Eclipseni yuqorida ko'rsatilgan saytdan kompyuterimizning sistemasiga mosini yuklab, o'rnatib bo'lganimizdan keyin uni ishga tushursak quyidagini ko'rishimiz mumkin. (1-rasm)

Birinchi dasturimizni tuzishimiz uchun yangi loyiha ochamiz. Bunda kompyuter ekranining yuqori chap qismida turgan «File» ustiga sichqonchani olib boramiz va bir marta chap tugmani bosib olamiz, va yangi " New " so'zi yozilgan oynani ko'ramiz. O'sha « New » so'zini ustiga bosishimiz bilan yangi « Java Project » bilan boshlangan kichik oynani ko'ramiz. « Java  Project » ustidan sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va (2,3-rasm) mutlaq yangi oynaga ega bo'lamiz. Buyerdan «Project name» deb yozilgan joyga loyihaga nima deb nom bermoqchi bo'lsak o'shani yozamiz. Bizni loyihamizda " JavaDars " deb yozilgan, demak loyihamiz nomi JavaDars ekan. Ekranning past qismida turgan " Finish " tugmasini bosamiz va loyiha yaratishni tugatamiz.

(1-RASM)

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

(2-RASM)

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

(3-RASM).

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

Endi xuddi o'sha loyihani ochish uchun eclipse ekranining o'ng yuqori qismida turgan «Workbench » tugmasini bosamiz. Bu tugmani bosganimizdan keyin, haqiqiy ish joyimizni ko'rishimiz mumkin (4-rasm).

(4-RASM).

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

Oldin aytganimdek,
Javada dastur yaratish uchun klaslardan foydalanamiz, shu sababli tezda klas yaratib olishimiz lozim ya'ni kelgusida yozadigan kodlarimiz o'sha klas ichida yoziladi.
Бу uchun xuddi o'sha loyihaning «src» fayliga borib sichqonchani o'ng tudmasini bosamiz va kursorni "
Нew " so'zini ustida yuritsak yangi kichik window hosil bo'ladi. Bu yangi windowdan « Class » ni topib uni ustidan sichqonchani chap tugmasini bosamiz (5-RASM).

(5-RASM).

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

Buyerdan mutlaq yangi windowga ega bo’lamiz va bu windowda yaratmoqchi bo’lgan klasimizga nom berishimiz kerak (6-RASM).

(6-RASM).

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

Klasning nomi “SalomJava” . Siz o’zingiz xohlagan nomni berishingiz mumkin. Nom yozgandan keyin pastdagi “Finish” tugmasini bosamiz va shu bilan klasimiz tayyor

Endi ekranning o’rtasida avtomatik tarzda yaratilgan klasni ko’rishimiz mumkin (7-rasm).

(7-rasm).

Maxsus tahrirchi - Eclipseni o'rnatish!

Birinchi darsimizdagi Notepadda yozgan kodimizni shundayligicha ko’chirib qo’ysak bo’ladi. “Ctrl” va “F11” tugmalarini bosish orqali bu dasturni yuritamiz ya’ni ishga tushiramiz. Natija esa Console da ko’rinadi va u “Salom Java”.

Dasturning ishlashiga e'tibor beraylik: eng boshida klas yaratildi va uning ichida main () metodi (public static void main (String args []) {}, manashu narsaga metod deb aytiladi lekin bu haqida keyingi darslarimizda to'liq ma'lumotlarga ega bo 'lamiz. Hozircha shuni bilishimiz kerakki, Javada dastur ishlashni shu main () metodidan boshlaydi, agar bu methodod bo'lmasa, java ishlashni qayerdan boshlashni bilmaydi va xatolik yuzaga keladi. Demak kamida bitta main () metodi bo'lishi shart.

Shu bilan bugungi mavzu o'z nihoyasiga yetdi. Agar mavzu yuzasidan savolingiz yoki biron fikr mulohazalaringiz bo'lsa kommerntariyada qoldiring. Yangi ma'qolalarga obuna bo'ling.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 24 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017
Слоган к фильму Врач на сайте http://5dkino.biz/ - самые интересные подборки фильмов.

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.