Okhunjon Gaibullayev's blog

Sayt qanday tayyorlanadi? Sayt ochish uchun nima qilish kerak?

Sayt qanday tayyorlanadi? Sayt ochish uchun nima qilish kerak?


Salom blogimning o’quvchilari. Oxunjon yana siz bilan birga. Shu paytgacha sayt yuritish va undan foyda olish mumkinligi to’grisida ko’p yozgan ekanmanu, eng asosiysi sayt yaratish haqida yozmagan ekanman. Ushbu maqolada sayt tayyorlash to’g’risida umumiy ko’rsatmalar bermoqchiman.

Hozir web sayt yaratish turlari haqida gapirib o’tirish yoki bo’lmasam kodlash to’g’risida gapirmoqchi emasman, bu to’g’rida oldingi maqolalarimning birida yozganman. Agar sizni qiziqtirsa, shu ssilkaga kirib kerakli ma’lumot olsangiz bo’ladi.

Xullas, bu maqolada o’zingiz bemalol eplay oladigan yo’nalishni aytib o’tmoqchiman. Hozir bermoqchi bo’layotgan ma’lumotlarim o’ylaymanki,  sayt tayyorlashni endi boshlaganlar uchun foydali bo’ladi.

Sayt yaratishda ko’pincha so’raladigan savollarga javob olamiz.

Sayt yaratish uchun menga nima kerak va nimadan boshlashim kerak?

O’z saytingizni boshlab yuborish uchun har qanday holatda ham sizga uchta quyidagi narsa kerak bo’ladi.

1. Domen nom – bu saytingizning nomi (masalan: uzinfobiz.ru yoki google.com).
2. Hosting – bu saytingizning fayllari turadigan joy.
3. Uchinchisi bu sizning qimmatli vaqtingiz.

Sayt uchun domen – aytganimdek bu saytingizning nomi, masalan: youtube.com. Bunda siz tushinishingiz kerak bo’lgan narsa, saytingizga mos va hali internetda mavjud bo’lmagan nom tanlashingiz va uni sotib olish.

Domen nomini ikki xil usulda sotib olsangiz bo’ladi:

1. Siz domenni host provayderida sotib olishingiz mumkin. Masalan, mening saytimning domeni shu tarzda olingan. Ba’zi host provayderlari domen ro’yxatga olish vazifasini ham bajarib beradi.
2. Maxsus domen ro’yxatga oladigan servislardan foydalansangiz bo’ladi. Bunda o’z domeningizni sotib olasiz va host bilan bog’laysiz.

Domenning narxi qancha bo’ladi?

Domenning narxi qayerdan sotib olishingizga bog’liq. Domen uchun pul eng kamida bir yilga to’lanadi. ( aslida domen narxi uncha baland emas, o’rtacha 100 rubl turadi.)

Sayt uchun hosting – Hostni saytingizning fayllari joylashadigan uy desak ham bo’ladi. Host bilan ta’minlaydigan yuzlab provayderlar bor va ularning deyarli barchasi bir xil takliflar berishadi. Masalan, oyiga yoki yiliga pul to’lab borishingizni va shunga ko’ra undan foydalanishingizni taklif qilishadi. Lekin, siz ularning birinchi navbatda, yil davomida uzluksiz ishlab turishi, mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limlarining, sizning savol va muammolaringizga tez javob berishi va hokazo jihatlariga qarab tanlashingizni tavsiya qilaman.

Bu borada o’zim www.mchost.ru dan foydalanaman va shuni sizga ham tavsiya qilaman.

Sayt qanday tayyorlanadi? Sayt ochish uchun nima qilish kerak?

Chunki bu hostingdan ikki yildan oshiq vaqt davomida foydalanayapman, lekin shu vaqt davomida biron marta muammo chiqmadi. Biron xizmatingiz yoki tushunmagan joyingiz bo’lsa, xizmat ko’rsatish bo’limiga yozgan zahotingiz to’liq javob olasiz. Bu xosting xosting-nindzya servizining reytingida bir necha yuz xostinglar ichida birinchi o’rinni bir necha yildan buyon hech qaysi xostinga bermay keladi.

Ha mayli, mavzudan chetlashib ketdim, bu hostning afzallik va kamchiliklari to’g’risida alohida maqola yozish niyatim bor, lekin kamchiligi deyarli yo’q hisob. Mavzuga qaytamiz…..

Hostni oyiga yoki yiliga to’lab borishingiz mumkin. Boshlanishiga arzonroq xizmatidan foydalanishni tavsiya qilaman. Ko’rib turganingizdek siz faqat domen va host uchun pul to’laysiz, wordpressda sayt yaratish esa mutlaq bepul.

Domen va host muammosini yechgandan keyin WordPressni o’rnatib olasiz va saytingizga funksiyalar qo’shasiz.

WordPress sayt uchun bepul shablonlar (temalar) va plaginlar bor, bular orqali saytga osongina yangi faoliyatlar qo’shsangiz bo’ladi.

WordPressda sayt yaratish uchun bosqichma bosqich ko’rsatmalarni “WordPressda sayt yaratish” nomli mini kitobimda berganman. Buni KURSLAR sahifasidan BEPUL yuklab olishingiz mumkin.

Bu maqolada aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi. Tushinmagan joylar bo’lsa yoki fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Sayt ochish to’g’risidagi maqolalarni o’tkazib yubormang, saytimga OBUNA bo’ling, maqola chiqishi bilan pochtangizga xabar olasiz.

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 6
  1. Zinnura

    WordPressda sayt yaratish kitobini pdf nusxasini yuklab boʻlmadi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      To’g’irlab qo’ydim, raxmat.

  2. Shohruh

    SIFATLI SAYT YARATAMIZ

  3. G'ulomqodir

    Menga yordamingiz kk998942724408

  4. Shokhrukh

    Sifatli va Zamonaviy sayt, hamyonbob narxlarda ochmoqchimisz..?

  5. Robiya

    Zamonaviy yoshlarbop sayt yaratsak menimcha hamma uchun yaxshi bo’lar edi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: