Sayt tuzishning (yaratishning) 4 xil yo’li !!!


Salom blogimning o’quvchilari! Siz bilan yana men Oxunjon G’aybullayev. Sayt yaratish haqida malumotlarga ega bo’lish vaqti keldi.

Hozirgi kunda juda ko’p odam sayt yaratishga qiziqib qolgan. Meni o’zim sayt yoki shaxsiy blogdan keladigan foyda haqida yozgan ekanmanu, lekin sayt yaratish yo’llari haqida yozmagan ekanman.

Internetda sayt ochish uchun nima qilish kerak degan so’rovlarni ko’rib bu maqolani yozishga qaror qildim.

Bu so’rovlar uchun javobga sayt yaratish yo’llarini birma-bir ko’rib chiqish orqali aniqlik kiritamiz.

Sayt yaratishning 4 ta yo’llari:

  • 1. Sayt yaratadigan platformani tanlab u orqali sayt ochish.

  • 2. Veb dizayner xizmatidan foydalanish.

  • 3. Sayt yaratish uchun kod yozishni o’rganish.

  • 4. Sayt sotib olish.

    Lekin ishni boshlashdan oldin sayt yaratish va undan foydalanish faoliyatini to’liq tushinish ya’ni ko’z oldingizga keltirish uchun oldin yozgan bir maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

    1. Sayt yaratadigan platformani tanlab u orqali sayt ochish.


    Hozirgi zamonda sayt ochishning eng keng tarqalgan va oson, tez turidan boshladim.

    Demak, siz eng oldin biron sayt yaratadigan platformani tanlab olasiz, masalan: WordPress, Joomla, Drupal va hokazo. Platforma tanlashda WordPress.orgni tavsiya qilaman, o’zim ham shundan foydalanaman. Asosiysi siz sayt yaratish haqida hech narsa bilmasangiz ham, WordPressda sayt yaratish uchun yaxshi va tushinarli yo’riqnoma bo’lsa bo’ldi, o’zingiz be’malol yoqtirgan saytingizni yarata olasiz.

    Bu borada boshlanishiga o’zimning “WordPressda blog yaratish” nomli BEPUL mini kitobimni tavsiya qilaman. KURSLAR sahifasidan yuklab oling!

    Agar siz saytingizni WordPressda ochishni xohlamasangiz ham, platforma tanlashda ehtiyot bo’ling! Yuqorida aytgan kitobimda bu yaxshi izohlangan.

    2. Veb dizayner xizmatidan foydalanish.


    Sayt yaratishning bu turida yaxshi veb dizayner topasiz va u bilan bitim tuzasiz. Ya’ni saytingiz qanday ko’rinishda bo’lishini maslahatlashasiz. Veb dizayner sizning ko’rsatmalaringizga binoan saytni tayyorlaydi va admin sahifasini sizga beradi. Keyinchalik siz shu sahifadan saytingizni yuritasiz.

    Bu veb dizayner xizmati aniq qancha narx bo’lishini bilmayman, chunki bunga ishim tushmagan. Lekin sizning beradigan loyihangiz katta kichikligiga qarab baho berilishi mumkin.

    3. Sayt yaratish uchun kod yozishni o’rganish.


    Bu sayt yaratishning eng ko’p vaqt ketadigan va ehtimol eng foydali yo’lidan biri bo’lsa kerak.

    Chunki: Bunda biron dasturlash tilini o’rganishimiz kerak bo’ladi, masalan: HTML, PHP, JAVA – APPLET, JavaScript va hokazo. Bulardan birini o’rganish uchun oylab vaqtimiz ketadi va hattoki yillab.

    Foydasi haqida gapiradigan bo’lsam, o’rganish orqali qo’lingizda kasbingiz (hozirgi zamonda ancha kerakli kasb) bo’ladi va qo’lida kasbi bor inson xor bo’lmaydi.

    Agar siz dasturlashga qiziqib qolgan bo’lsangiz, men sizga JAVA dasturlash tilini taklif qilaman. “Javadan boshlang’ich” nomli kitob yozganman, “KURSLAR” sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.

    Java dasturlash tili to’g’risidagi video kurslarimni youtube kanalim orqali kuzatib boring!

    4. Sayt sotib olish.


    Yevropa va Rossiya mamlakatlarida sayt sotib olish va uni yuritish ham keng tarqalgan. Bunda siz biron soha to’g’risida ochib tayyor qilingan va hattoki o’zining foydalanuvchilariga ham ega bo’lgan saytni sotib olasiz va boshqarasiz.

    Lekin o’zbekcha shunaqa sayt sotiladigan serviclar bormi, bo’lsa, qayerdan sotib olsa bo’lishi haqida menda ma’lum yo’q. Agar sizda bo’lsa marhamat kommentariyada qoldirsangiz bo’ladi va shunda barchamiz bilib olgan bo’lardik.

    Agar siz o’zingiz qiziqadiga va boshqarishga ishtiyoqingiz baland bo’lgan, aniqrog’i rivojlantirishga ko’zingiz yetadigan sayt topib sotib olsangiz, balki ancha vaqtdan yutgan bo’lasiz.

    Saytni rivojlantirish va yuritish to’g’risidagi ma’lumotlarni blogimdan bilishingiz mumkin. Bu uchun esa blogimga OBUNA bo’ling!

    Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar yordamida sizni qiynayotgan savollaringizga javob olgan bo’lsangiz, xursandman.

    Tushinmagan joylaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring, albatta javob beraman.

    Endi esa maqolaga yakun yasab xayrlashamiz,  xayr! Ishlaringizga OMAD!!!

     

    Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

     

    BULAR BILAN HAM TANISHING:

    Publication author

    offline 10 hours

    Oxunjon G'aybullayev

    10
    Comments: 115Publics: 114Registration: 04-10-2017
  • Tarmoq orqali kiring: 

    Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.