Blog Oxunjon Gaybullayeva

5-dars: WordPressda sayt tayyorlash mini kurs

Assalomu-alaykum! WordPressda sayt tayyorlash mini kursining beshinchi darsini boshlaymiz. Bu darsimizda saytimizga plagin qanday o'rnatilishini va shu bilan birga sayt yuritish davomida kerak bo'ladigan muhim plaginlardan biri haqida bilib olamiz va o'rnatish, sozlashlarni ko'rib chiqamiz.

Odatdagi kabi video yoki tekst formatidagi ko'rsatmalardan foydalanib darsni o'zlashtirishimiz mumkin.

Plagin o'rnatish to'g'risida hamda aynan bu darsda ma'lumot bermoqch va o'rnatib ko'rsatmoqchi bo'lgan plagin haqida oldin maqola yozgan edim. Shunga ko'ra hozir hozir bu maqolalarga ko'rsatma (ssilka) bermoqchiman.

Biz darsimizda saytni local holatda tayyorlayotganimiz uchun ko'pincha plagin fayllarini topib, yuklab keyin o'rnatishimizga to'g'ri keladi. Plaginni qayerdan, qanday topishni va yuklashni ko'rsataman.

Plaginni .ZIP formatida topish uchun eng yaxshi joy bu wordpress.org saytidir. Plaginni topish va kompyuterimizga ko'chirib olish uchun saytga kiramiz va bu yerdan plaginlar menyusiga kiramiz.

plaginni skachat qilish Pastroqdagi qidiruv maydoniga plagin nomini yozib qidiramiz. Biz WP-DB-Backup plaginini o'rnatmoqchimiz. Shuni yozib qidiramiz.

saytga plagin qidirish

Biz plaginimizni topdik: Siz ham manashu plaginni ko'chirib oling!

5-dars: WordPressda sayt tayyorlash mini kurs

Ko'chirib olish uchun ushbu plagin ustiga bosing, shunda boshqa sahifaga tushasiz, bu sahifada o'ng tomonda joylashgan Download tugmasini bosing.

5-dars: WordPressda sayt tayyorlash mini kurs

Plaginga ega bo'lgandan so'ng Plaginlar — Yangi qo'shish — Yuklash menyusiga kiramiz va plaginni yuklab  O'rnatish tugmasini bosamiz.

Endi esa Plagin o'rnatish to'g'risidagi to'liq ma'lumot uchun bu maqolani o'qib o'rganib chiqing!

Biz bu darsda WP-DB-Backup plaginini o'rnatib sozlashimiz kerak. Aynan shu to'g'rida yozilgan maqolani o'qib chiqing va ko'rsatmalarni bajaring! Bu maqolani ushbu ssilkadan topasiz.

Shu tariqa siz ham plaginni o'rnatin sozlab olishingiz kerak, bu shu dars uchun topshiriq.

Endi esa siz bilan xayrlashamiz, xayr!

Muallif: Oxunjon G'aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: