Mening QIWI elektron hamyonim


Internetda pul ishlash, pul to’lash, pul o’tkazish, pul qabul qillib olishni istagan har bir kishida internet elektron hamyonlarining hech bo’lmaganida bittasi bo’lishi kerak. Shu sababli, men yana internet elektron hamyonlarining birini qanday ochishni ko’rsatmoqchiman.

Salom mening ismim Oxunjon. Oldingi maqolalarimning birida WebMoney elektron hamyonini qanday ochishni ko’rsatgan edim. Bugun esa men sizlarga QIWI elektron hamyonini qanday ochishni ko’rsatmoqchiman.

QIWI ham WebMoney, Yandex Dengi kabilarga o’xshab dunyo bo’ylab o’z foydalanuvchilariga ega elektron tizim.

Gapni ko’p cho’zib o’tirmayman, agar sizga ko’proq malumot kerak bo’lsa hamyonni ochib bo’lgandan keyin QIWI shaxsiy kabinetingizda hamma malumot mavjud. Bu malumotlar bilan maqolam so’ngida qisqacha tanishtirib o’taman.

Hozir esa amaliy ishga o’tamiz.

Demak, birinchi navbatda qiwi.com rasmiy saytiga kiring va

(Rasmlar bilan birgalikda ishlang! Yaxshiroq ko’rinishi uchun rasm ustiga bosing!)

 

Mening QIWI elektron hamyonim.

Создать кошелек tugmasini bosing!

Telefon nomeringizni to’laligicha kiriting! Masalan +998…

Robot emasligingizni isbotlash uchun Kaptchani belgilang!

Davom etish uchun esa Продолжить tugmasini bosing!

Mening QIWI elektron hamyonim.

Telefoningizga to’rt xonali son boradi. Shu telefon raqami o’zingizniki ekanligini ko’rsatish uchun bir daqiqa ichida boradigan sonni ko’rsatilgan maydonga kiritib Подвердить tugmasini bosishingiz kerak.

 

Mening QIWI elektron hamyonim.

 

Endi esa QIWI parolingizni kiritasiz! Bu parolning boshi katta harfli bo’lsin va parolni uzunroq qiling, o’zingizdan boshqa hech kim bilmasin! Chunki faqat shu parol orqali o’z kabinetingizga kira olasiz.

Parolni kiritib bo’lganingizdan keyin, Зарегистрироваться tugmasini bosing!

Mening QIWI elektron hamyonim.

 

Shu bilan siz ham endi QIWI elektron hamyoniga egasiz.

 

Mening QIWI elektron hamyonim.

 

Hamyoningizda hozir RUBLE pul birligida ochilgan hisob raqamingiz bor. Siz YEVRO, DOLLAR, va QOZOQ pul birligida hisob raqam ochishingiz mumkin va yana boshqa xizmatlardan foydalana olasiz.

Masalan:

Mening QIWI elektron hamyonim.

Оплатить – To’lovni amalga oshirish.

Перевести -  Pul ko'chirishni amalga oshirish.

Пополнить кошелек – Hamyonni to'ldirish.

Банковские карты -  Bank kartalarini ulash.

Вывести – Hamyondan pul chiqarish.

Chet eldan pul olish yoki pul jo’natishlar  uchun boshqa pul birligida hisob raqam ochishingizga to’g’ri kelishi mumkin, masalan: $ USD.

Buni ochish ham juda oson. Bu uchun yuqoridagi rasmda ko’rsatilgani kabi

Счет QIWI ga kirasiz va

Mening QIWI elektron hamyonim.

buyerdan Работа со счетами ga kiring!   Endi siz quyidagi sahifadasiz va buyerdan rasmda ko’rsatilgani kabi Новый счет ga kiring!

Mening QIWI elektron hamyonim.

 

Bu yangi sahifadan o’zingiz xohlagan pul birligini tanlang! Masalan: $- dollar.

Tanlaganingizdan keyin Создать tugmasini bosing!

Mening QIWI elektron hamyonim.

Qarabsizki endi $ turidagi hisob raqamingiz bor.

Mening QIWI elektron hamyonim.

 

Boshqa turdagi hisob raqamlarni ham shu tarzda yaratasiz.

Shu bilan bu maqolaga hozircha yakun yasaymiz. Agar tushinmagan joyingiz yoki elektron hamyoningizni yuritish bo’yicha savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring va boshqa shu kabi maqolalarni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling! Men esa sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

DESERTGA:    Maza qilib dam oling!

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 3 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Один комментарий для “Mening QIWI elektron hamyonim

  1. Muhammad Nur

    March 4, 2018 at 9:40am

    Assalomu aleykum, Man Qiwi card dan ro'yxatdan o'tgan edim, lekin qanday qilib hamyonga pul solishni bilmayamman,Tel raqmimga pul tashlab keyin uni hamyonga tashasa buladim va yana payme yoki clikdan ham hamyonga pul o'tkazsa buladimi.

    javob uchun oldindan rahmat

    0
    • Author

      Oxunjon G'aybullayev

      March 5, 2018 at 12:45am

      Salom Muhammad. Telefon orqali qiwiga hozircha faqat rossiyskiy nomerdan pul o'tkazish mumkin. Siz pul o'tkazish sistemalari orqali, ya'ni «kontakti»,"Yunistrm" yordamida qiwiga pul o'tkazishingiz mumkin. «kontakti» da 0,5-3% gacha komissionnisi bor, «yunistrm» da 1,5% komisionnisi bor. Agar siz identifikatsiyadan o'tgan bo'lsangiz 100 000 rublgacha pul o'tkazishingiz mumkin, agar identifikatsiyadan o'tmagan bo'lsangiz 15 000 rublgacha pul o'tkarishingiz mumkin. Va yana bir yo'li, agar sizda UZCARD kartasi bo'lsa o'sha karta orqali ko'ring, lekin men aniq bilmayman bu karta orqali hali qiwi kashelogimni to'ldirmaganman. Chunki bu funksya yaqinda ishga tushirildi deb eshitdim. Paynet va clik orqali o'tkazib bo'lmaydi, yana bilmadim, hech qayerda bu haqda ma'lumot ko'rmadim, o'zim esa bular orqali o'tkarmaganman.

      0
  2. sanjar

    May 19, 2018 at 3:52am

    salom admin. qiwida vertual karta ochish haqida ham malumot bering

    0
    • Author

      Oxunjon G'aybullayev

      May 19, 2018 at 11:00am

      Salom. Virtualni karta siz qiwida hamyon ochgan zahotingiz avtomatik ravishda ochiladi. Qiwi shaxsiy kabinetingizga kirib menyudan «Банковские карты» degan joyiga bosasiz va u yerda eng quyisida Ваши карты degan joyini topasiz. U yerda sizning virtual kartangizning birinchi 4 ta va oxirgi 4 ta sifri yashiringan bo'ladi. Virtual kartangizning yashiringan nomerlarini olishingiz uchun quyidagi rasmlarda ko'rsatilgan joyga ketma ketlik bilan bosib borasiz. Kartangizning yashiringan 8 ta nomeri va 3 ta sondan iborat kod qiwi hamyon ochganda yozgan telefon nomeringizga sms bo'lib boradi. SMS dagi 8 ta nomerlarni quyidagi birinchi rasmda ko'rsatilgan nomerdagi yulduzchalar o'rniga qo'yasiz. To'liq kod, 1 chi rasmda 1 nomeri bilan ko'rsatilga kartaning amal qilish muddati (sana, oy, yil) va smsda borgan 3 ta kodni biron joyga saqlab qo'yasiz va kerak bo'lganda ishlatasiz. Agar yo'qotib qoysangiz yana shunday qilib kartangiz haqida malumot olishingiz mumkin.

      QIWI virtual karta ochish

      Qiwi virtual karta ochishning yo'li

      Qiwi virtual karta ochildi

      0
  3. Fayzulla

    August 14, 2018 at 3:37pm

    Идентификация Dan qanday otishdi bilasizmi ozbekistondan men otolmayapman

    0
    • Author

      Oxunjon G'aybullayev

      August 14, 2018 at 6:50pm

      Identifikatsiyadan o'tish uchun Siz Rossiyada bo'lishingiz kerak. O'zbekistondan hozircha o'tib bo'lmaydi.

      0

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.