Okhunjon Gaibullayev's blog

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

webmoney elektron hamyon ochish


Webmoney dan ro’yxatdan o’tish (webmoneyda elektron hamyon ochish).

Assolomu aleykum! Sizlar bilan yana men Oxunjon G’aybullayev. Bugun siz bilan webmoney dan ro’yxatdan o’tishni o’rganamiz, aniqrog’i webmoneyda elektron hamyon ochamiz.

Keling oldin webmoney nimaligi haqida va kim uchun kerakligi haqida gaplashaylik.

Webmoney bu elektron pul o’tkazishlar va qabul qilishlar uchun xizmat qiladi, webmoney internetda faoliyat ko’rsatuvchilar uchun albatta kerak.

Shunday ekan agar siz internet orqali biron bir narsa sotib olmoqchi yoki sotmoqchi bo’lsangiz sizda webmoney, yandex dengi, paypal, va hakozolar kabi internet hamyon bo’lishi shart. Bu kabi internet hamyonlarini ochish mutlaqo BEPUL.

Bugun siz bilan webmoney hamyon ochishni o’rganamiz. Qolgan boshqa turdagi hamyonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ham blogimning Nimadan boshlash kerak sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Endi gapni kam qilib amaliy qismga o’tamiz.

Webmoney dan ro’yxatdan o’tish to’rtta bosqichdan iborat, boshlash uchun bu ssilkaga kiring https://start.wmtransfer.com/SignUp.aspx va keyingi vazifalarni birgalikda bajarishda davom eting.

Bu sahifa quyidagicha bo’ladi. Qizil bilan ajratib ko’rsatigan joylarga e’tibor bering.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Bu ro’yxatdan o’tishning birinchi bosqichi va bunda telefon nomeringizni to’liq yozishingiz kerak.

O’zingizga tushunarli bo’lishi uchun yuqoridagi rasmning eng quyi chap qismida qizil bilan ajratib ko’rsatilgan joyidan mos tilni tanlang.

Undan keyin 2- bosqichga o’tish uchun pastda turgan Next tugmasini bosing.

2- bosqichda o’zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni yozishingiz kerak. Bu jarayonda men sizga o’z haqingizdagi  haqiqiy ma’lumotlaringizni kiritishni maslahat bergan bo’lardim, chunki bu sizning pullaringiz ya’ni pulingiz xavfsiz bo’lishi uchun.

Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek so’ralgan ma’lumotlarni formalarga kiriting.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Eng boshida tug’ilgan sanangizni to’g’ri kiriting. Undan keyingi birinchi formaga biron mail pochtangini kiriting (bizning vaziyatimizda Email address). Undan pastdagi 2-nomerdagi formada (bizning holatimizda Security question) savol tanlaysiz. Agar bu savol berilgan tilga tushunmasangiz pastda tilni o’zgartirishingiz mumkin. Bu savolga undan pastdagi formada (Security answer) javob beriladi va bu javob juda muhim, chunki qachondir parolingizni unutganingizda xavfsizlik yuzasidan so’ralishi mumkin, bu javobni esda saqlab qoling yoki biron joyga yozib qo’ying.

Bu bosqichda eng oxirida robot emasligingizni isbotlash uchun berilgan sonni maxsus formaga yozing.

Barcha formani to’ldirib keyingi bosqichlarga o’tish uchun, yana o’sha Next tugmasini bosamiz. Birinchi marta bosganimizda o’zimiz kiritgan ma’lumotlarni qayta ko’ramiz

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

va barchasi to’g’riligiga ishonch hosil qilganimizdan so’ng yana Next tugmasini bosamiz.

Qarabsizki 3- bosqichdamiz.

Bu bosqichni boshlashdan oldin, o’sha mail (inbox yoki spam) pochtangizga boring, uyerda sizga allaqachon pochtangizni tasdiqlash uchun kod borgan bo’ladi.

Ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Xuddi shu narsani topganingizdan keyin yuqoridagi Ssilka ga kiring.

Bu Ssilka orqali mutlaq yangi sahifa ochiladi:

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Yuqorida qizil bilan ko’rsatilgan vazifalarni bajaring. 1- Pochtani tasdiqlash kodini kiriting, 2- pastda ko’rayotgan narsani kiriting, 3- Verify  tugmasini bosing va tasdiqlang.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Agar sizda ham yuqoridagi rasmga o’xshash narsa bo’lsa, pochtangizni tasdiqlagan bo’lasiz.

Aslida bu kodni, kelgan paytidan boshlab o’n kun ichida tasdiqlashingiz kerak. Esdan chiqmasligi uchun hoziroq tasdiqlaganingiz ma’qul.

Endi ro’yxatdan o’tishning 3- bosqichiga qayting.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Agar siz ham xuddi shu sahifada bo’lsangiz unda sizga 1- bosqichda kiritgan telefon nomeringizga tasdiqlash uchun besh xonali son boradi. Bu sonni yuqorida qizil bilan ko’rsatilgan formaga kiriting va 4- bosqichga o’tish uchun Next tugmasini bosing.

4- bosqichda parolingizni yaratasiz. Loginingiz sizning telefon nomeringiz bo’ladi.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Parolingizni iloji boricha puxtaroq qiling. Parolni yaratganingidan so’ng pastdagi sonlarni ham formaga kiriting va eng pastdagi OK tugmasini bosing.

Parolingiz va loginingiz to’liq yaratildi, endi yangi sahifada pul birligingizga aniqlik kiriting, o’zingizga ma’qul pul birligini tanlang. Keyinchalik xohlagan turingizdagi pul hisobingizni yaratishingiz mumkin.

Hozircha:

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Yuqorida Currency degan joydan pul birligini tanlang va pastda shartnomani qabul qilishni belgilang (rasmda qizil bilan ko’rsatilgan). Oxirida Create tugmasini bosing.

Shu bilan webmoneydan to’liq ro’yxatdan o’tdingiz. Manabu esa sizni webmoneyingizni dastlabki ko’rinishi.

Webmoneyda Elektron hamyon ochish!

Buyerda eng yuqoridagi qizil bilan ajratib ko’rsatib qo’yilgan z harfi bilan boshlangan o’n ikki xonali kod (WMZ ya’ni amerika dollari pul birligida ochilgan hamyoningiz, WMR ruble uchun va r harfi bilan boshlanadi, Rossiya pul birligi) pul o’tkazma yoki qabul qilishlar uchun ishlatiladi.

Shuni esda tuting, bu kod faqatgina shu pul birligida ochgan hamyoningiz uchun ishlaydi.

Pastroqda esa yana boshqa o’zingiz xohlagan turdagi hamyon (elektron bank karta) ochishingiz mumkin (qizil bilan ko’rsatilgan).

Bu ochgan hamyonimiz anonim attestati deyiladi.

Hozircha shu bilan cheklanamiz, keyingi maqolalarimda WebMoneyda qanday attestatlar bor va ular nima uchun kerak va ularni qanday olish kerakligi to’g’risida ma’lumot beraman. O’tkazib yubormaslik uchun OBUNA BO’LING.

Maqolam qalay? Agar sizga biron bir foydasi tekkan bo’lsa, men xursandman.

Webmoney dan ro’yxatdan o’tish to’grisida tushunmagan yoki sizni qiziqtirgan savol va fikr mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring. Xayr!

Agar tekstda tushunmagan joylaringiz bo’lsa, manabu videodan ko’rib o’rganib olishingiz  mumkin:

DESERTGA

Muallif: Oxunjon G’aybullayev

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 20
  1. Zoir Shokirov

    1 mchost.ru dan ro’yxatdan o’tdim pul to’lash uchun bizga kasholok raqamini berdi

    2 Hostga shu berilgan kasholok raqamiga rublda Sberbank kartasidan pul to’lagan edik mablag’ obnovleniya bo’lib ko’rinmadi bugun uchinchi kun to’langaniga

    3 domen registrasiya qildim ammo xar safar registrasiya to’xtab qolaverdi shuning uchun domenni 4 marotaba oxirgi xarflarini o’zgartirib yozib boshqatdan obnovleniya qildim lekin yana shu vaziyat pulni tepadagi to’rt buchak ichida -837.30 rubl qizl rangdan o’zgargani y’oq webmoney to’lov usulidan foydalandim ammo pastki to’lov ramkasida xam (ne oplachen oplatit) ko’rsatmoqda qayta urinib ko’rsam xam

    4 WORDPRESS endi o’rnataman xali u joygacha etib bormadim

    5 Xali to’liq tugatganim yo’q

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Menga, Pocntamga skrinshot qilib yuboring, hammasini. Buning uchun saytdagi aloqa bo’limiga kirib yordam tugmasini bosasiz va barchasini o’sha yerdan yuborasiz. Yani manabu yerdan: https://jonijoni.support-desk.ru/

  2. Zulxumor

    Umuman bunday hamyonlarda depozit boʻladimi?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Agar Siz depozit deb, ma’lum bir pul miqdorini protsentga qo’yishni nazarda tutayotgan bo’lsangiz, WebMoney ham yandex dengi ham bunday ishni qilmaydi. A tak, Siz xohlaganingizcha pulingizni hamyonlaringizda qo’yib turishingiz mumkin, lekin men buni maslahat bermayman, agar katta pul bo’lsa.

  3. Raxmatillo

    Web moneyda atestatni qanday olsam buladi va u nima uchun kerak

  4. Raxmatillo

    Webmoneyda atestatni qanday olish mumkin

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, ushbu maqolani o’qib chiqing: http://uzinfobiz.ru/webmoneyda-identifikatsiyadan-otish.html

  5. farxod joniev

    shu weeb moneyga pul tashlash uchun qanday tashlemiz bankdanmi . Weebmoney koshelok id: kod bersak tashlaydimi bank . Fikrlar uchun rahmat oldindan!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Ha webmoney elektron hamyonga turli xil shaklda pul tashlash mumkin: bankdan, kartadan, boshqa elektron hamyonlardan. Koshelok ID si orqali bo’ladi

  6. Джалилов Нозим

    Ассалому алайкум мен хозир Россиядаман айтингчи вебмоней ва пайер хамён очсам очган хамёнларимни Узбекистонда хам ишлата оламанми?. Жавоб учун олдиндан рахмат.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, ha ishlatsangiz bo’ladi.

      1. Webmoni

        Assalomu Alekum tuzimisiz aka menda webmoni ochilmayapti anirogi tortilmauapti oldin boridi 20-kundan beri tortolmayapman ochip ketudi xammayo bowqa xammayo tortilyapti

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Salom, yaxshi raxmat. Ilovasini o’rnata olmayapsimi, to’g’ri tushundimmi?

  7. Said

    2 bosqichdagi registratsiya menda chiqmayaptyu shunga qaravorin

  8. Said

    web money ocdm prosta registratsiya qlidgan joydi topomayamman
    wunga qarawvorin

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      salom, https://wallet.webmoney.ru/signup mana bu ssilkaga kiring.

  9. Исроил

    Охунжон согликлар яхшими логин парол саклагани илова аетудиз.kepasdroe midi 973411198.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Va alekum assalom. keepass

  10. Isroil

    Ассалому алайкум Охунжон укишларди тамомладизми анчадан бери гаплашмекетик. Менга электрон хамён очиш ургатувдизку…WebMoney Pay me пул утказиш нэга ишламаябди

  11. Isroil

    Электрон хамёнла нэга Wmz утказиш бумаябди.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: