Okhunjon Gaibullayev's blog

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

wordpress saytni google webmasterga qanday ulash kerak?


Assalomu-aleykum! Siz bilan yana men Oxunjon G’aybullaev. “Sayt yoki blogni Yandex webmasterga qanday bog’lash kerak? Va u nima uchun kerak?” nomli maqolamdan yandex webmasterga ulashni o’rganib olishingiz mumkin. Bugun esa sizlar bilan sayt yoki blogni qanday qilib Google webmasterga ulashni o’rganamiz..

Yandex webmaster va Google webmasters tools, sayt yoki blogingizdagi maqolalarning indeksatsiya bo’lganligi haqidagi statistikani bilishda eng asosiy quroldir. Va bulardan tashqari ko’plab instrumentlaridan foydalanishingiz mumkin.

Google webmasterga saytni qanday qo’shish mumkin?

Yandexda bo’lgani kabi Googlega saytni ulashda ham siz Googleda ro’yxatdan o’tgan va sizning akkauntingiz bo’lishi kerak. Agar ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz manabu yerdan ro’yxatdan o’tib oling.

( Rasmni yaxshiroq ko’rish uchun rasm ustiga bosing )

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

 

Agar qanday ro’yxatdan o’tishni ham bilmasangiz unda sizga manabu maqolam yordamda “Gmail electron pochta qanday ochiladi”.

Siz Googleda akkaunt ochganingizdan keyin Google webmasterdan tashqari quyidagi instrumentlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin:

  • Gmail
  • AdSense
  • Analytics
  • FeedBurner
  • Google+
  • Youtube
  • Blogger
  • Web-album Picasa
  • Google Reader va boshqalar

Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin mana bu ssilkadan kiring.

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

 

Login va parolingizni kiritib ДАЛЕЕ tugmasini bosing va siz quyidagi manzarani ko’rasiz. Rasmdagi nomer bilan ko’rsatilgan ishlarni ketma-ketlik bilan bajaring:

 

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

Quyidagi rasmga qarang:

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

 

1- nomer bilan ko’rsatilgan ssilkaga bossangiz kompyuteringizga fayl yuklanadi va siz bu faylni FTP klient orqali yoki hostingiz orqali saytingizning manashu /home/httpd/vhosts/sizning sayt.uz/httpdocs papkasiga yani saytning asosiy papkasiga yuklaysiz.

Keyin 2- nomer bilan ko’rsatilgan ssilkaga bosasiz, bu bilan siz faylni hostingizga yuklaganingizni brauzerga bildirasiz.

3- nomer bilan ko’rsatilgan joyga kapchani kiriting va 4-chi nomerdagi Потвердить tugmasini bosing. Va siz tabriklash saxifasiga tushasiz, u yerdan Продолжить so’zining ustiga bosib webmaster ish joyiga tushasiz.

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

Quyidagi rasmda siz webmaster kabinetini ko’ryapsiz. Manashu yerdan siz saytingizga taluqli barcha malumotlarni ko’rishingiz va boshqarishingiz mumkin.

 

Sayt yoki Blogni qanday qilib Google Webmasterga ulash kerak? Va u nima uchun kerak?

Maqolam sizga yoqdimi? Mana endi siz ham bilasiz, qanday qilib saytni Google webmasterga ulashni. Tushunmagan joylaringiz bo’lsa kommentariyada yozing, albatta javob berishga harakat qilaman.

Do’stlar siz to’g’ri tushining. Bu narsalar sayt rivojlanishi uchun juda va juda zarur. Keying maqolalarimda sitemap.xml faylini qanday qilib Google webmaster va Yandex webmasterga kiritishni ko’rsataman. O’tkazib yubormang, blogimga OBUNA bo’ling.

Do’stlar, bugunga etarli, sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullaev

 

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 3
  1. rahmatilla

    man akkount ocholmayapman oziz ochib google saytimni qoyb bering, iltimos!

    http://futboltvnews.lark.ru

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      uzinfobiz.com saytiga kirib ro’yxatdan o’ting va sayt yaratish kursiga kirib, o’rganib topshiriqlarni bajarib menga yuboring, shunday qilib sizga yordam berishim mumkin. O’sha yerda barchasi bor. Darslar mutloqo bepul.

  2. Azizbek

    Salom. Menga yordam bervorilar hammasini bajarib chiqdim lekin saytimdagi maqolalar chiqmayapti Faqat Asosiy Sahifa chiqayaptiku

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: