Salom do’stlar!
Bu maqolada videoni tahrirlash va unga ishlov berish, umuman aytganda video montaj uchun foydalanadigan dasturlar to’g’risida suhbatlashamiz. Video montaj programmasi bilan ishlab ko’rmagan va video tahrirlashga urinib ko’rmaganlar uchun, bu maqola biroz keraksiz ko’rinishi mumkin, lekin foydali. Odatga ko’ra oddiy so’zlar bilan buni izohlashga harakat qilamiz…
Men shuni tushunamanki, har bir kishi turli xil sabablarga ko’ra video montaj qiladigan programmadan foydalanadi, kimdir Youtube uchun professional videolar tayyorlash va undan pul ishlash maqsadida va boshqalar esa shunchaki rasmlar bilan kichik video roliklar qilish maqsadida foydalanadi.
Shuning uchun ham bu maqolada video tahrirlash va unga ishlov berish uchun ishlatiladigan barcha turdagi dasturlarni analiz qilamiz. Qaysi bir yaxshi ekanligini va sizga mos kelishini ko’rib chiqing. Bepul programmalar qaysi va qayerdan yuklab olish kerakligini bilib olasiz.
- Qaysi programmadan foydalanganman va nima uchun?
- Adobe Premiere Pro
- Vegas Pro
- Edius Pro
- Final Cut Pro X
- Movavi video editor
- Avid Media Composer
- Video Editing
- Pinnacle Studio
- Corel VideoStudio Pro
- Camtasia Studio
- Magix Video
- VideoPad Video Editor
- Movie Studio Windows Movie Maker
- Avidemux
- Womble Mpeg Video Wizard
- Lightworks
- VSDC Free Video Editor
- VirtualDub
- ZS4 video editor
- Onlayn video montaj xizmatlar.
- Android videolarni tahrirlash ilovalari
- IPhone ilovalari (iOS)
- Xulosa:
Qaysi programmadan foydalanganman va nima uchun?
Yaxshi dasturni qanday tanlash kerak? Internetga pul ishlash uchun kelganimda, menga video kurs yozish uchun oddiy dastur kerak edi. Java dasturlash tili to’g’risida o’rganganlarimni yozib bormoqchi edim o’shanda.
Kompyuterimda bu ishni ya’ni kompyuter ekranini videoga oladigan Bandicam programmasi o’rnatilgan edi. Bu programmadan biroz vaqt foydalanib turdim, lekin keyinchalik bu dasturni shuni ishini qiladigan boshqa programmaga almashtirishga qaror qildim.
Buni asosiy sababi kuchaytirilgan xususiyatlar va funksiyalar edi. Darhol, sen video tahrirlashni, unga ishlov berishni professional darajada o’rganishing kerak deb o’ylanib qoldim. Do’stlarim va yaqinlarim bergan maslahatlarga ko’ra Camtasia Studio yaxshi programma edi va man uni topib, kompyuterimga o’rnatib, undan foydalanishni boshladim.
Ayni paytda bu dastur video tahrirlash bilan bog’liq barcha ehtiyojlarimni qondira oladi, ancha vaqtdan buyon foydalanib kelaman, faqat bir narsa, kompyuter kuchliroq bo’lishi kerak, meniki bazan pant berib qoladi.
Agar siz boshlang’ich bo’lsangiz, lekin har doim videoga ishlov berish bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, eng boshidan professional programma tanlashni maslahat beraman. Barcha programmalarni ishlash prinsipi deyarli bir xil, interfeys va funksiyalar o’xshash.
Ular bilan ishlashda, internetda cheki yo’q ma’lumotlar bor, shuning uchun har bir kishi tez va oson o’rganib ketishiga ishonaman. O’rganishning eng oson yo’li muammoga yechim qidirishdir. Bu nima degani?
Siz videoga ishlov berishni boshlaysiz va bir muammo chiqib qoladi yoki qandaydir effektlar bera olmaysiz, shu zahoti Google yoki yandexga kirasiz, albatta o’sha muammo bilan(((. Bu yerda eng qiyin ish to’g’ri savolni so’rash. Shaxsan men o’qidim va barcha savollarimga javob oldim ya’ni bosqichma-bosqich kurslarni o’rganib chiqmadim. Bitta savol so’radim va bitta javob oldim, shunaqa.
Lekin, barcha yaxshi dasturlar bepul bo’lavermaydi, va men bu muhim narsani yaxshi tushunaman, ayniqsa boshlang’ichlar uchun to’lov masalasi juda qiyin, chunki keyinchalik shu dasturdan foydalanishda davom etadimi yo’qmi ishonchi komil emas.
Albatta, men programmaning buzuq versiyalarni izlashni va torrent orqali yuklab olishni maslahat bermayman. Lekin boshida ko’pchilik shunday qilishi va keyinchalik sotib olishim bor gap(((.
Quyida foydalanishingiz mumkin bo’lgan mavjud programmalar ro’yxatini tuzdim.
Siz qaysi programmadan foydalanishingizni va negaligini quyida izohingizni qoldiring.
Adobe Premiere Pro
Adobe Premiere Pro – dunyodagi video tahrirlash va unga ishlov berish bo’yicha dasturlar ichidan liderlarning biridir. Buni yordamida, chigal videolarni tahrir qilishingiz, turli xil effektlar, animatsiyalar, musiqa, matn va boshqa narsalar qo’shishingiz mumkin. Barcha turdagi video formatlarni qo’llab quvvatlaydi. Tugatilgan videoni har qanday formatta ko’rsatadi, jumladan Blu-ray, SWF, va boshqalar.
Vegas Pro
Vegas Pro – Qisqa video va filmlar avtorlari va yaratuvchilari o’rtasida keng miqyosda ishlatiladigan video tahrirlovchi dastur. 2016-yil martigacha SONY brendi tomonidan rivojlantirib kelinayotgandi, hozir mahsulotlarning qismlari MAGIX kompaniyasi tomonidan ega chiqilgan, bu kompaniya hozirda video tahrirlash yo’lini rivojlantirib kelmoqda.
Edius Pro
Edius Pro – tahrir qilish, tez ishlov berish va roliklarni ma’lum holatha tushurish uchun professional programma. Programmada birga jipslashtirilishi mumkin bo’lgan barcha video fayllarni qo’llab-quvvatlaydi. Ko’pincha musiqa videolar, TV shovlar, va qisqa filmlar yaratuvchilari o’rtasida ishlatiladi.
MacBook (OS X) uchun.
Final Cut Pro X
Final Cut Pro X – Apple-ning OS X operatsion sistemasi uchun ajoyib programma. U faqat OS-ning kontroli ostida ishlaydi. Juda qulay va ishlatish uchun oson, qulay interfeysga ega. Kuchli kompyuterlar bilan hayratlanarli darajada tez ishlaydi. Apple texnalogiyasining ko’plab egalari shu programmadan foydalanishni ma’qul ko’radilar.
Movavi video editor
Movavi video editor – TOP o’rinlarni da’vo qiladigan juda ajoyib video tahrirlovchi programma. Microsoft windows XP/Vista/7/8/10 da ishlaydi. Mashhur formatlarning barchasini qo’llaydi: AVI, MOV, MP4, MP3, WMA va boshqalar. Turli effektlar va filterlarni o’z ichiga oladi.
Avid Media Composer
Avid Media Composer – Transformerlar, Temir odam, Avatar kabi mashhur ilmiy fantastik filmlarni jamlash uchun ishlatiladigan yana bir professional tahrirlovchi programma. Ularni yaratish uchun ko’p miqdordagi maxsus effektlar va uskunalar mavjud. Tahrirlash ishlarini osonroq qilish uchun yaxshi tanlov.
Video Editing
Video montaj – Videoni tez montaj qilish uchun oson va qulay programma. Oddiy interfeysga ega. Professional funksiyalari yo’q, montaj qilish beshta bosqishdan iborat: video fayllarni yuklash, ramkalarni joylash, o’zgarishlarni va effektlarni bajarish, ovoz qo’shish va tayyor videoni chiqarish.
Pinnacle Studio
Pinnacle studio – professional darajadagi video montajchi, u aslahaxonasida ko’p miqdordagi effektlarga ega. Foydalanish uchun oddiy va oson. Funksiyalari boshqalarnikidan yomonmas. Video va audio uchun 2 mingdan ortiq o’zgarishlar va effektlar. Barcha turdagi mashhur formatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Corel VideoStudio Pro
Corel VideoStudio Pro – Corel kompaniyasiga tegishli juda yaxshi montajchi. Siz ma’lumotlarni kiritish, montaj qilish, HD-sifatidagi materiyallarni yaratishingiz mumkin yoki uni darhol YouTube, Vimeo yoki Facebookda chop qilishingiz mumkin. Boshlang’ichlar uchun, interfeys chigal ko’rinishi mumkin, lekin, 6 hafta davomida bepul o’rgatish darslariga kirishingiz mumkin.
Camtasia Studio
Camtasia Studio – Video darslar yozish va montaj qilish uchun oddiy dastur. O’zim bu programmaning foydalanuvchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, tushunish va ishlash uchun qiyin emas. Deyarli barcha formatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Magix Video
Magix Video – Yuqorida aytilganidek, Magix Vegas dasturini SONY-dan sotib oldi, lekin Magixni o’zi ham videoga ishlov beruvchi dasturlarga ega. Oddiy va juda yaxshi video tahrirchi Magix ko’pincha rekording, xiraliklarni yo’qotish sifatini oshirish uchun ishlatiladi.
VideoPad Video Editor
VideoPad Video Editor – bepul programma, lekin ko’plab tahrirlovchi xususiyatlari bor. U barcha mashhur formatlarni qo’llaydi va ajoyib effektlarga ega. Interfeysi boshlang’ichlar uchun butunlay oddiy va qulay.
Movie Studio Windows Movie Maker
Movie Studio Windows Movie Maker – Microsoft-dan standart ilova, windows 8 dan oldin qo’llangan, keyinchalik esa yangilanishdan to’xtagan, biroq siz o’zining rasmiy saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin. Har bir kishi osongina o’rnatib olishi mumkin.
Avidemux
Avidemux – yozib olingan videolardan videolar yaratish uchun boshqa bir bepul top bepul programma. Video montajni kesib olishlar, masshtab qilish, o’zgarishlar, filterlar va effektlar qo’shish bilan mukammal darajada ado etadi. Mashhur formatlarni qo’llaydi. Foydalanuvchini tez ish bilan ta’minlaydi.
Womble Mpeg Video Wizard
Womble Mpeg Video Wizard – o’rta darajadagi dastur, asosan boshlang’ichlar uchun loyihalashtirilgan. Oddiy interfeys va odatdagi funksiyalar. U nafaqat MPEG formatlar bilan ishlaydi, shuningdek AVI, WMV, MP4, VOB formatlar bilan ham ishlaydi. Ko’plab funksoyalari mavjud.
Lightworks
Lightworks – liniyar tahrirlovchi bo’lmaganlar uchun oddiy tahrirchi. Boshqa bepul ilovalarda mavjud bo’lmagan ko’plab xususiyatlar bilan ta’minlaydi. Yuqori sifatli video ishlov berish va optimizatsiya bilan ta’minlaydi.
VSDC Free Video Editor
VSDC Free Video Editor – Bu video tahrirchi sizga kompyuteringizdan fayllarni olishga, ovoz yozishga, video fayllar va audioni tahrirlashga imkon beradi. Videoni HD va UHD formatlarda ko’rsatadi. Katta miqdorda filterlar va o’zgarishlarga ega.
VirtualDub
VirtualDub – osongina kesishga, yuklangan videolarni kesishga, audio, sarlavha va rasm qo’shishga imkon beruvchi standart funksiyaga ega bepul programma. Butunlay ixcham dastur, o’rnatish oson.
ZS4 video editor
ZS4 video editor – yaxshi bepul video montaj qiladigan programma. U bilan, rasmlar, tasvirlar, videolar va audio fayllardan videolar tayyorlashingiz mumkin. Yozuvlar sifatini oshirish uchun turli uskunalar mavjud. Mashhur formatlarni qo’llab-quvvatlaydi va video formatini biridan boshqasiga o’zgartirish mumkin.
Onlayn video montaj xizmatlar.
- Life2film
- Online video cutter
- Magisto
- Cool editor
Android videolarni tahrirlash ilovalari
- Androvid
- Magisto
- Fxguru
- FilmoraGo
- Vivavideo Pro
- Powerdirector
- Wevideo
- Kinemaster
IPhone ilovalari (iOS)
- iMovie
- Splice
- Magisto
Xulosa:
Ushbu maqolada, videoni tahrirlash va unga ishlov berish uchun sizga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan yaxshi dasturlar va ilovalar ro’yxatini izohlar bilan keltirdim. Agar siz har doim video kontent yaratishni rejalashtirgan bo’lsangiz, unda sizga eng boshidan professional programma tanlashni tavsiya qilaman.
Keyingi maqolalarda, eng mashhur dasturlarda boshlang’ich darslarni yozishga harakat qilaman: qanday qilib loyihani yaratish va sozlash, asosiy tahrirlovchi funksiyalar va hakazo.
Agar biron savolingiz bo’lsa yoki qaysidir birini tanlashga qiynalayotgan bo’lsangiz, kommentariyada qoldiring, yoki agar yuqoridagilarning birontasidan foydalangan bo’lsangiz, shu haqida fikringiz bilan o’rtoqlashing.
Buguncha sizlarga omad va baxt tilab xayrlashaman.
Muallif: Oxunjon G’aybullayev
Salom Yutubga Filmlarni Yuklasam Blok Qilib Qo`yayapdi BAzilar Videomontajda kontentlarini sochib tashlanadi shunda blok qilmaydi deyishyapdi shu to`g`rimi Menda blok Qilgan Filmlarni Boshqalar yuklab chiqarishyapdi qanday qilish mumkin buni iltimos bilsangiz o`rgating
Men movavi video programasidan foydalanaman. Eng birinchi ishimni ham ushbu dastur orqali bajarganman. Ushbu dasturda menga kerakli barcha narsa mavjud
Men «Movavi video editor» dasturida video montaj qilaman. Lekin bu dasturda montaj qilsam hotirasi katta bo’lib ketib qoladi. Keyin hotirasini kichraytiraman. Tayyorlagan videoyimni you tube va telegram kanallarimga joylayman. You Tubega joylasam yaxshi chiqadi. Lekin telegramda boshqalar ko’rsa qotib qoladi.Nega qotib qoladi ? bunisini bilmayman.
Men montajni endi boshladim olgan programman esa doim õzini yorliğini katta hajmda qõyim ishni rasvosini chiqaryapdi shunga nima maslahat berasizlar
Salom, savolni aniqroq yozsayiz, yordam berishga harakat qilardim.
SALOM HAMMAGA MENGA VEDIO MONTAJ KERAK ENG ZO’RI ILTIMOS YORDAM BERINGLAR
Salom yahshimisiz oka ishla bn charchamayapsimi ismim Oybek man youtubeda pul ishlamoqchiman montaj uchun movavi editordan foydalanmoqchiman yahshimi u bepul versiyasi bormi
Salom, Raxmat yaxshi. Movavi yaxshi editor, bepuyl yuklab olsangiz ham bo’ladi.
asalomaleykum oka yaxshimisiz men movavi editor plus dan foydalanaman men xargal video mantaj qilganimnan song videoning ustiga kota qilib movavi editor deb yozib qoyadi uni qanday qilib yoqotsam bo’ladi
YouTube da video joylab pul ishlash uchun qaysi programmadan foydalanganim yaxshi
Salom, men Camtasia studioni ishlataman, va maslahat beraman shuni.