Salom blogimning o’quvchilari! Bu maqolamda foydali dasturlardan (programmalardan) biri bo’lgan KeePass haqida yozmoqchiman.
Men KeePassdan anchadan beri foydalanib kelaman va bu dastur menga ko’plab qulayliklar va imkoniyatlar berdi.
Bu dasturning asl maqsadi login va parollarni ishonchli saqlab, o’z foydalanuvchisini ortiqcha ishlarni qilishdan oldini oladi.
Onlayn biznesda ya’ni internetdagi ishlarda ko’pincha biron joydan ro’yxatdan o’tamiz (registratsiya qilamiz). Masalan, electron pochta ochishda, electron hamyon ochishda, ijtimoiy tarmoqlarda profil (odnaklasniki, facebook, Twitter, Vkontakte) ochishda va hokazo.
Barchasining login va parolini aslab qolish albatta qiyinchilik tug’diradi to’g’rirog’I imkonsiz. Masalan menda pochtalarimning soni 5 tadan ko’p va login parollari ham har xil albatta, bularning barchasini eslab qolish amrimahol.
Saytimning admin paneli va elekton hamyonlarimning parollari xavfsizlik yuzasidan juda uzun, eslab qolib bo’lmaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan sabablar tufayli sizga KeePassdan foydalanishni tavsiya qilaman.
Quyida KeePassni ko’chirib olib undan foydalanish ko’rsatilgan (KeePass.2 dan foydalanildi).
Eng oldin o’z qurilmangizga KeePassning mosini tanlab ko’chirib oling ya’ni qurilma operatsion sistemasiga ko’ra (windows, Mac v.h). KeePassni barcha qurilmalaringizda sinxronizatsiya qilsangiz ham bo’ladi ya’ni bunda bitta qurilmada saqlab qo’ygan login va parolingiz boshqasida ham saqlanib qoladi.
Bu ssilkaga kirsangiz to’g’ri o’sha ko’chirib oladigan sahifaga tushasiz.
Birinchi qadam yangi parol ma’lumotlar bazasini yaratishdir. KeePass barcha parollaringizni bunday ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Yaratish uchun asosiy menyuda «File – New » tugmasini bosing. Asosiy parol va / yoki kalit fayli uchun oyna paydo bo’ladi, bazani xohlagan joyingizga joylashtiring.
Ma’lumotlar bazasi siz kiritgan parol bilan shifrlanadi. Bu yerga kiritgan parol hozirdanoq eslab qolishingiz kerak bo’lgan yagona parol bo’ladi. Buni uzun va murakkab belgilar bilan uyg’unlashtirishingiz kerak. Shuni esda tuting birortasi bazangiz faylini olganida, ma’lumotlar bazasida saqlangan barcha parollarga kirishi mumkin (bu parolni esingizdan chiqarmang!).
Endi parollaringizni kiritishni boshlashingiz mumkin. Bu uchun o’zingiz xohlagan faylga kirib Add Entry-ni bosing!
- Title – Login va parol sarlavhasi.
- User Name – foydalanuvchi ismi (login).
- Password – parol. Avtomatik tarzda Keepassning o’zi yaratib beradi yoki o’zingiz kiritsangiz ham bo’ladi.
- URL – ssilka. Registratsiya qilgan joyingiz ssilkasini qo’ysangiz bo’ladi.
Barchasini kiritib bo’lganingizdan keyin OK tugmasini bosing!
Parol yaratib bo’lgandan keyin uni saqlab qo’yishingiz kerak bo’ladi.
Shu tarzda xohlaganingizcha login va parollaringizni saqlab qo’yishingiz mumkin. Faqat kirishdagi parolingizni unutmasangiz bo’ldi.
Har safar Keepassga kirishdan oldin sizdan shu parol so’raladi.
Men har doim ishlarimni Keepassni ochishdan boshlayman. Chunki u ishlarimning kaliti.
Xulosa:
Bu dasturdan foydalanishni kuchli tavsiya qilaman.
Yuqoridagi ma’lumotlar sizga yordam bergan bo’lsa, xursandman. Fikr mulohazalaringiz yoki savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Yangi maqolalar uchun blogimga OBUNA bo’ling!
Sizlarga ishlaringizda omad tilab xayrlashaman, xayr!
Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.