Blog Oxunjon Gaybullayeva

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?


Salom do’stlar! Yana sizlar bilan men Oxunjon. Bugungi qisqacha va kerakli maqolamda blog xaritasini qanday qilish to’g’risida gaplashmoqchiman.

Yani sitemap.xml haqida. ( faqat buni blogning hamma maqolalar ro’yxatini chiqoradigan manabu xarita bilan aralashtirmang ).

Keling oldin bu nima va nima uchun kerakligi haqida qisqacha gapirib o’tsam. Bu birinchi navbatda sizning blog yoki saytning rivojlanishi uchun kerak. Chunki sitemap.xml, qidiruv tizmlarining robotlariga sizning saytingizdagi barcha indeksatsiya qilinishi kerak bo’lgan maqola va sahifalar ro’yxatini ko’rsatib beradi.Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

 

Buni Google Xml Sitemap yordamida qilish ham mumkin, lekin men buni All in One Seo Pack yordamida qilishni ko’rsataman. Bizga nimaga kerak ikkita plagin ishlatishni, agar shu ishni bitta plagin bilan qilib bo’lsa, to’g’rimi? Siz bilsangiz kerak albatta, blogda  ko’p plagin ishlatish ham blog uchun zararliligini.

Google Xml Sitemap plaginini o’rnatmaslikning yana boshqa bir sababi ham bor. Mening blogimda ham Google Xml Sitemap plagini ishlayotgan edi, lekin oxirgi marta qayta yangilaganimdan (obnavit) keyin Google va Yandex webmasterlarda menga sayt xaritasida xatolik borligini malum qilishdi.

Shundan keyin Google Xml Sitemap plaginini ishlatmaslikga qaror qildim. Balki sizda to’gri ishlayotgandir, chunki siz oxirgi yangilanishni o’rnatmagandirsiz. Menda ham oxirgi yangilanishni yuklaganimdan keyin boshlandi bu xatolar.

Agar siz ham saytingiz xaritasini All in One Seo Pack plagini yordamida qilishni xohlasangiz maqolani o’qishda davom eting. Har xil xatolik va yana bitta ortiqcha plagindan qutulasiz.

Xullas qilinadigan ishlar quyidagicha:

 

  1. Agar google xml sitemap plaginini ishlatayotgan bo’lsangiz uni o’chirasiz.
  2. Hostingizga kirib saytingizning asosiy papkasidan sitemap.xml va sitemap.xml.gz fayllarini o’chirib yuborasiz (agar bor bo’lsa).
  3. All in Seo Pack plaginidagi modulni qo’shasiz.

 

O’ylaymanki 1 chi va 2 chi bo’limlarini qila olasiz. Biz esa 3 chi bo’limga o’tamiz. Sayt admin paneliga kirib quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga bosasiz:

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

Va siz manabu yerdan modulni aktivatsiya qilasiz, menda aktivatsiya qilingan, shuning uchun Deactivate yozuvi turibdi, sizda Activate yozilgan bo'ladi:

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

Shundan keyin yana plagin moduliga kirasiz:

 

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

Va menikida qanday sozlangan bo’lsa shunday sozlaysiz:

 

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

 

Bu yerda saytning sahifalari va maqolalar sayt xaritasiga ko’shish belgilangan, tamom. Shundan keyin tepaga chiqamiz va sozlamalarni saqlab qoyamiz:

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

 

Quyidagi rasm. 1.  Agar siz saytning biron bir bo’limlari sayt xaritasida chiqishini xoxlamasangiz, uning to’grisidagi ajratilgan joyga belgi qo’yib qo’yasiz.

2. Agar sayt sahifalaridan birontasining chiqishini istamasangiz unda rasmda ko’rsatilgan 2 chi bo’limga ularning id raqamlarini vergul bilan ajratib yozib qo’yasiz:

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

 

Sahifaning ID raqamini bilish oson. Saytning admin paneliga kirib xohlagan sahifangizga kirsangiz va brauzer tepasidagi url adresga qarasangiz id nomerini ko’rasiz:

 

Sayt ( Blog ) xaritasi qanday qilinadi ? Va u nima uchun kerak ?

 

Hulas shunday sozlanglarki sizda hammasi zo’r bo’lsin. Men esa sizlar bilan xayrlashaman. Sizlarga omad, xayr!

 

Muallif Oxunjon G'aybullaev

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 5
  1. Zafar

    Nma orqali moduli owga tuwirdiz cunmadim

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Savolingizga tushunmadim

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      All in One Seo Pack plaginida shunday modul bor, o'shani aktivatsiya qilasiz va sozlaysiz.

  2. Oxunjon G'aybullayev (author)

    All in One Seo Pack plaginida shunday modul bor, o'shani aktivatsiya qilasiz va sozlaysiz.

  3. Massari

    Salom admin saytizni man bugundan bowlab kuzatib boriwni boshladim bitta savol shu mavzu boyicha plagin ni menda yoq siz aytgan plagin worldpress ekan a menda emas john dan tuzgan man saytimni

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: