Salom blogimning foydalanuvchilari! Bu maqola sayt yuritayotganlar va sayt yuritishni endi boshlaganlar uchun juda muhim va bunda sayt fayllarini zahiralab turish haqida gap boradi.
Yuqoridagi fayllar bizning wordpress sayt fayllarimiz va ular saytimiz faoliyatini ko’rsatib turadi.
Ba’zan bu fayllarga o’zgartirishlar kiritamiz ya’ni kodlar qo’shamiz. Bunda bilmasdan noto’g’ri kod qo’shib qo’ysak, saytimiz ishlamay qolishi mumkin. Masalan menda yaqinda shunday bo’ldi, kod ta’sir qilib saytdagi rasmlar ko’rinmay qoldi.
Lekin vaqtida xatoni tuzatdim va saytim yana to’g’ri ishlay boshladi. Kodlashni biroz tushunishim ham menga yordam berdi.
Fayllar bilan ishlashda jiddiyroq xatoga yo’l qo’yadigan bo’lsak, tuzatishimiz qiyin bo’ladi va hatto umuman tuzata olmasligimiz mumkin. Bu esa yomon natijalarga olib keladi. Masalan, saytimizdagi barcha kontentlarimiz (tarkibiy qismlarimiz) yo’qolib ketadi ya’ni saytimizdagi barcha maqolalarimiz yo’qolib ketishi mumkin.
Shuning uchun saytimizning fayllarini zaxirasini qilib borishimiz kerak. Masalan fayllarimiz buzilishidan oldin ularni zaxiraga olib qo’yadigan bo’lsak, fayllarni qayta tiklash orqali muammoni hal qilsak bo’ladi.
Fayllarni ikki xil usulda zaxiralashni ko’rib chiqamiz.
Birinchi bo’lib plaginlar orqali avtomatik ravishda fayllarni zaxiralab turishni ko’rib chiqamiz.
Bu uchun WP-DB- Backup plaginini o’rnatamiz va sozlaymiz.
WordPress admin panelimizning Plaginlar menyusidan Yangi qo’shish-ga kiramiz. Qidiruv bo’limiga WP-DB Backup– yozuvini kiritamiz. Muallifi Austin Matzko bo’lgan plaginga ko’zingiz tushadi.
O’rnatish tugmasini bosamiz va o’rnatib bo’linganidan keyin Faollashtirish tugmasini bosamiz. Faollashtirish tugaganidan so’ng, ba’zi sozlamalarni qilishimiz kerak.
Sozlamalarni qilish uchun Asboblar-Backup menyusiga kiring!
Bu sahifada siz eng avvalo wordpress fayllarining har doim zaxiralanib boradigan jadvalini ko’rasiz.
Keyingi qismda o’zingiz xohlagan paytingiz kompyuteringizga ko’chirib olishingiz mumkin yoki electron pochtangizga fayllarni yuborishingiz mumkin.
Tanlovingizni qilganingizdan keyin Buckup now! tugmasini bossangiz, buyurtmangiz bajariladi.
Oxirgi qismda fayllarni zaxiralashni rejalashtirib qo’yishingiz mumkin. Bunda siz electron pochta manzilingizni kiritasiz va fayllar rejalashtirilgan vaqtda o’sha pochtangizga borib turadi.
Besh xil vaqtda rejalashtirishimiz mumkin, bu yerda Never– hech qachon, Once Weekly– haftada bir marta.
Yakunda Schedule backup tugmasini bosamiz.
Endi esa host servisidan foydalangan holda fayllarni zaxiralab turamiz. Bu ishni avtomatlashtirish host servisiga bog’liq, masalan men mchost.ru saytidan foydalanaman va bunda avtomatlashtirish mavjud emas. Vaqti-vaqti bilan zaxiralab turishimiz kerak bo’ladi.
Demak, mchost.ru-da zaxiralashni o’rganamiz.
Eng oldin saytga kiramiz va asosiy sahifadan Бэкапы-ga kiramiz.
Создать резервную копию bo’limiga kirib Сайт va База данных-ni tanlaymiz va Создать архив tugmasini bosamiz.
Shu tarzda fayllar zaxirasi yaratildi.
Bu yerda ikkita bilishimiz kerak bo’lgan asosiy narsa bor va bular yuqoridagi rasmda qizil ramka bilan ko’rsatilgan. Birinchisi zaxira fayllarining joyi yo’nalishi ya’ni yaratilgan fayllar shu yerda bo’ladi. Ikkinchisi esa bu knopkalarni bosish orqali fayllarni qurilmamizga yuklab olishimiz mumkin.
Yuqorida sayt fayllarini zaxiraga olib qo’yishning ikkita aniq yo’lini ko’rib chiqdik. Xulosa sifatida bu ish muhim ekanligini unutmaslik kerak va zaxiralab turish kerak.
Maqolani shu yerda to’xtatamiz, agar savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring va saytimga OBUNA bo’ling!
Endi esa xayrlashamiz, xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.