WordPress saytga shablon o'rnatish va faollashtirish. 4-dars

Assalomu-alaykum! WordPressda sayt tayyorlash mini kursimizning to’rtinchi darsini boshlaymiz. Bu darsimizda saytga qanday qilib shablon (tema) o’rnatishni o’rganamiz. Dars yakunida o’z shablonimizni o’rnatgan bo’lamiz.

Dars video formatida ham tekst formatida ham tushuntirilgan. Siz o'zingizga qulay birini tanlab, darslikni o'zlashtiring! Lekin har ikkalasi bilan ham tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Shablon o’rnatish uchun WordPress boshqaruv panelimizning Tashqi ko’rinish –Shablonlar menyiusiga kiramiz.

Twenty Seventeen shablonlari

Bu yangi sahifada WordPressda o’rnatilgan shablonlarni ko’rasiz, birinchi bo’lib saytingizda faollashtirilganini.

Yangi shablon qo’shish uchun yuqoridagi Yangi qo’shish tugmasiga bosamiz.

saytda tema o'rnatish

Yangi ochilgan sahifada agar kompyuterimiz internetga ulangan bo’lsa, shablonlar ro’yxatini ko’ramiz, shu sahifaning o’zida yoq bironta mosrog’ini o’rnatib, faollashtirishingiz mumkin. Agar internetga ulanmagan bo’lsa, hech narsa ko’rsatmaydi.

Biz kursimizda kompyuterning o’zida sayt tuzayotganimiz uchun ko’p holatlarda internetga xojat yo’q. Bu holatda shablonlarni (har qanday holatda ham shu usul ish beradi) yuklash orqali o’rnatamiz.

Hozir aynana shunday turda shablon o’rnatishni ko’rib chiqamiz.

Shablon yuklash tugmasini bosamiz.

wordpressga shablon yuklash

Bizdan .ZIP formatida shablon fayllarini yuklashni so’raydi:

shablonning .zip formatdagi fayllarini yuklash

Ha, anglaganingiz dek, o’zimiz xohlagan shablonni .ZIP formatida topsak bo’ladi. wordpress.org saytidan shablon topib, kompyuterimizga ko’chirib olishni o’rganib olamiz va ishimizni davom ettiramiz.

Demak, wordpress.org saytiga kirib Themes menyusiga kiramiz.

sayt uchun temalar

Pastdagi kategoriyalarga ko’ra shablonlar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

tema bo'limlari

More Info-ga kirsangiz shablon haqida ko’proq ma’lumotlarni ko’rasiz. O’ng tomonda joylashgan Preview tugmasini bossangiz, saytingizda qanday ko’rinishini ko’rasiz.

Yaxshi shablon tanlaganingizdan keyin Download tugmasini bossangiz, kopyuteringizga ko’chirib olasiz.

Bu shablonni saytga o’rnatish uchun Boshqaruv panelga yana qaytib Choose File tugmasini bosamiz va kompyuterimizdan .ZIP formatdagi shablonni tanlab olamiz va O’rnatish tugmasini bosamiz.

temani qo'shish

Biroz vaqtdan keyin shablon o’rnatiladi, saytimizda chop etish uchun quyidagi Faollashtirish tugmasini bosamiz.

temani aktivlashtirish

Shu bilan saytimizga o’tib yangilanish (obnavit) qilsak, saytda yangi ko’rinishni ko’ramiz.

obnavit qilish

Mana shablonimizni ham o’rnatib oldik.

Endi siz ham wordpress saytga o’z shabloningizni qanday o’rnatish va faollashtirishni bilasiz.

Darsimizning yakuniy qismiga keldik, bu darsdan uyga vazifangiz shabloningizni o’rnatib olish bo’ladi.

Keyingi darsimiz ertaga shu paytda pochtangizga yuboriladi.

Endi esa xayrlashamiz, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 24 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.