Salom blogimning foydalanuvchilari! Siz bilan men Oxunjon. Kompyuterdan foydalanayotganimizda ko’pincha kompyuter monitorini (ekranini) rasmga olishimizga to’g’ri keladi. Shu sababli bu vazifani bajaradigan programmalarning biridan qanday foydalanish kerakligi haqida yozishga qaror qildim – Lightshot.
Oldingi maqolamda ham shunga o’xshash vazifani bajaradigan programma (Greenshot) va undan qanday foydalanish to’g’risida yozgandim.
Lightshot BEPUL va imkoniyatlari juda keng programma. Masalan, harakatlanib turgan videodan rasm qirqib olish va unga xohlaganingizdek o’zgartirishlar (tahrir qilish) kiritishingiz mumkin.
Quyidagi videoni kuzatib programmani qayerdan, qanday kompyuterga yuklab olishni va undan foydalanishni o’rganib oling:
Agar videoda tushinmagan joyingiz bo’lsa kommentariyada qoldiring
Shuningdek kommentariyada siz yana qanday programmalar haqida o’rganishni xohlashingizni yozib qoldiring!
Maqolalarni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev