E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?


Assalomu-aleykum! Har doimgidek siz bilan yana Oxunjon. Bu maqolamdan E-Mail elektron pochta qanday ochish haqida bilib olasiz.

Shuni aytishim kerakki elektron pochtaga ega bo’lish juda ko’p ishingizni osonlashtiradi. Agar o’zingiz ham kuzatgan bo’lsangiz Internetda har bir ishda pochta manzilingizni so’rashadi.

Bu pochta manzillar Gmail, Yandex, Mail, kabi pochtalar bo’lishi mumkin. Gmailda pochta ochishni bilmasangiz “Gmail elektron pochta qanday ochiladi?” nomli maqolamdan o’rganishingiz mumkin.

Bu maqolamda esa Mail pochta ochish haqida yozdim. Gapni kamroq qilib amaliyotga o’ta qolaylik!

Ha aytgancha maqola davomida bir yangilikdan xabardor bo’lasiz, shuning uchun maqolani oxirigacha o’qing!

Demak, pochta ochishni boshlaymiz,  huh!!!

Bunda muammo qolmasligi uchun video va tekst shaklida tushintirishga harakat qildim.

Videoni ko'rib chiqing:

 

Tekst ko'rinishini o'rganib chiqing:

Ishni manabu ssilkaga kirishdan boshlang! “Registratsiya”.  Quyidagi rasm va ko’rsatmalardan foydalaning.

Rasmni yaxshiroq ko’rish uchun ustiga bosing!

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

Rasmda to’ldirishingiz kerak bo’lgan barcha etablar son bilan ko’rsatilgan. Har bir etabni o’sha sonlarga mos ravishda tushunturib chiqdim.

Demak:

1. Ismingiz.

2. Familiyangiz.

3. Tug’ilgan sanangizni: KUN/OY/YIL

4. Erkak  yoki ayol ya’ni jinsingiz.

5. Foydalanuvchi ismingizni kiriting! Unutmang bu sizning shu pochtadagi ismingiz bo’ladi ya’ni sizni shu bilan topishadi. Agar siz tallagan foydalanuvchi ism mavjud bo’lsa ya’ni kimdir bundan foydalanyotgan bo’lsa, unda boshqa bironta nom tanlashingizga to’g’ri keladi.

6. Elektron pochtangiz uchun parol kiriting. Parolni uzunroq va qiyin qilib tanlang! O’z ismingizni yoki tug’ilgan  sanangizdagi raqamlardan foydalanmang (parolni keyinroq ham o’zgartirsangiz bo’ladi) va bu albatta xavfsizlik uchun. Keyinchalik, bu parol bilangina o’z pochta kabinetingizga kiraolasiz, shu sababli bu parolni saqlab qo’ying!

7. Yuqorida oltinchi etabda kiritgan parolingizni tasdiqlash uchun bu yerga ham to’g’ri kiriting!

8. Telefon nomeringizni kiriting!

Shu bilan, har bir etabdagi malumotlarni kiritib bo’lganingizdan so’ng qizil ramka bilan ko’rsatilgan tugmani bosing!

Bu bilan keyingi bosqichga o’tasiz va bunda robot emasligingizni isbotlash uchun tasodifiy tarzda almashinib turadigan harf va sonlardan iborat birikmani quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga kiriting va Продолжить tugmasini bosing!

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

Elektron pochtangiz endi tayyor. Xohlasangiz rasmingizni kiritishingiz ham mumkin.

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

 

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

 

Yuqorida pochtangizning boshlang’ich ko’rinishi. Vuh!

Pochtani ishlatish xuddi shu joydan boshlanadi.

Mana endi siz ham bilasiz, mailda pochda qanday ochililshini.

Agar pochta ochish bo’yicha tushunmagan joyingiz yoki pochtani yuritish bo’yicha savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Blogdagi yangi, qiziqarli maqolalarni o’tkazib yubormang. Va shu hozir ochgan pochtangizga birinchi xabarni olish uchun blogimga OBUNA bo’ling!

DIQQAT, YANGILIK:

“Javadan boshlang’ich ” nomli mini kitobimni yozib tugatdim. Bu kitobda siz Java dasturlash tilidan boshlang’ich bilimga ega bo’lasiz.  Bu kitob manabu ssilkadan BEPUL yuklab olishingiz mumkin. Lekin kursni  yuklab olishda ham manashu hozirgi ochgan pochtangizga o’xshagan pochtalar so’raladi va siz pochtangizni kiritib kursni yuklab olasiz.

 

Men esa siz bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 7 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017
Свадебные платья http://new-vogue.ru/modnye-svadebnye-platya-2018/ . Новинки, тренды, тенденции 2018 года

Один комментарий для “E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

  1. Shaxzodbek

    April 29, 2018 at 10:28am

    Emailni qande ishlatadi

    0
    • Author

      Oxunjon G'aybullayev

      April 29, 2018 at 10:44am

      Salom! Aynan nimani bilmoqchisiz? Shuni aytsangiz ko'proq ko'rsatma bera olaman. pochtani ishlatish Compose kimgadir xabar yozish uchun, Inbox kelgan xabarlarni sizga ko'rsatish uchun xizmat ko'rsatadi.

      0
  2. nazarbek

    June 21, 2018 at 2:25pm

    autodata qanday skachat qilinadi javobni emailga qoliring saidnazarsaidov@bk.ru

    0
  3. Zafar

    July 15, 2018 at 11:14am

    Salom! Men telefonimga mail.ru da pochta ochuvdim hozir u telefonim ishlamayapti buzulgan. Yangi telefonimda usha pochta manzilimni ocholmayapman. Faqat nomini bilaman paroli esimdan chiqqan qayta tiklashga yozyapman bumayapti nima qsam buladi maslahat bering.

    0
    • Author

      Oxunjon G'aybullayev

      July 15, 2018 at 2:15pm

      Salom. Забыли пароль? degan joyiga bosib barcha so'ralgan ma'lumotlarni kiritib chiqing, shu joyda qo'shimcha kiritgan pochtangizga bir kun ichida javob berishlari kerak. Agar o'sha parolini yo'qotgan pochtangizga ro'yxatdan o'tish paytingizda qo'shimcha pochta va telefon raqamingizni biriktirgan bo'lsangiz o'sha pochta yoki tel raqamingiz orqali parolni tiklash mumkin.

      0

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.