Foydali maslahat. Internetda qayerlarda pul ishlamaslik kerak.
Salom, bugun men sizlarga internetda qayerlarda pul ishlamaslik kerakligi to’grisida foydali maslahat bermoqchiman. Bu maslahatlarni o’zimning tajribalarimdan kelib chiqqan holda yozayapman.
Xullas internetda pul ishash uchun nimalar bilan shug’ullanmaslik kerak.
Hozirgi kunda internetda pul ishlash turlari juda ko’p.
Internetda shunday saytlar borki ular sizga reklamalarning ustiga bosish yoki reklama ko’rish va shunga o’xshash shartlarni bajarishni taklif qilishadi va pul to’lashini aytishadi. Bunday saytlar juda kam pul to’lashadi, ba’zilari umuman to’lashmaydi.
Bu saytlarda oyiga 1-2 dollor ishlashingiz mumkin, nari borsa 5-6 dollor. Bu esa, ketkizgan vaqtingiz va yo’qotgan sog’ligingizga arzimaydi. Bundan ko’ra vaqtingizni internetda o’z saytingizni yoki blogingizni yaratishga sarflang. Bu esa sizga va sizga o’xshaganlarga foydasi tegadi.
Hech qachon onlayn kazinolarda o’ynamang. U yerda hech qachon pul ishlay olmaysiz, barcha dasturlar siz yutishingiz uchun emas balki dastur egasi sizning pulingiz hisobiga pul ishlash uchun yaratilgan. Oqibatda pul ishlash o’rniga o’z pulingizni yutqazib qo’yasiz va internetda pul ishlash ishtiyoqingiz yo’qoladi.
Hayotda tez va oson pul topish bo’lmagani kabi internetda ham pul osonlikcha topilmaydi, aniqrog’i ishlanmaydi. Ha internetda pul bor lekin u sizning pulingiz emas u birovning puli. O’sha pulni ishlash uchun esa o’sha birovning xizmatini qilishingiz yoki biron yaxshilik qilishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun esa mashaqqatli xizmat qilish kerak bo’ladi.
Foydali maslahat. Internetda qayerlarda pul ishlash kerak.
Avvalo pul qanday ishlanishi haqida ikki og’iz gap.
Pul hayotda ham internetda ham biron bir maxsulot sotilsagina ishlanadi, boshqacha yo’li yo’q.
Siz aytishingiz mumkin «maktab yoki boqcha qoravuli nima sotishi mumkin, u ham pul ishlaydi-yu, maosh oladiku» deb, ha to’g’ri u ham pul ishlaydi lekin u aslida qo’riqlagani uchun emas balki o’zining qimmatli vaqtini sotgani uchun oladi maoshni.
Kimdir vaqt, kimdir bilim, kimdir buyum, kimdir esa kuch sotgandagina pul ishlanadi.
Internetda haqiqiy pul ishlash uchun men eng avvalo sizga, internetda o’zingizning shaxsiy blogingizni yaratishni tavsiya qilgan bo’lardim va albatta blog orqali pul ishlashni tavsiya qilgan bo’lardim.
Chunki blog sizga ko’p narsalar beradi, nimalar berishini keyingi maqolalarimda o’qib olasiz.
O’tkazib yubormaslik uchun saytimga OBUNA BO’LING.
Internetda haqiqiy pul ishlash turlari juda ko’p.
Youtubeda kanal yuritib pul ishlash mumkin, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash mumkin, maqola yozib pul ishlash mumkin. Bilimingiz va ortiqcha pulingiz bo’lsa forexda ishlashingiz mumkin, lekin men buni boshlanishida tavsiya qilmagan bo’lardim.
Agar siz kompyuter bilan sensirab gaplasha olsangiz, demoqchimanki ba’zi dasturlarda be’malol ishlay olsangiz yoki dizayner bo’lsangiz yoki bo’lmasam maqolalar yoza olsangiz unda sizga bir nechta xizmat ko’rsatish saytlarini tavsiya qilaman.
U yerda siz ro’yxatdan o’tasiz va profilingizda o’zingiz biladigan va bajara oladigan ishlar haqida ma’lumot berasiz. Va buyurtmalar qabul qilib, buyurtmani bajarib pul ishlaysiz.
Bu saytlar ro’yxatini «Internetdagi haqiqiy pullar» nomli mini kitobimdan bilib olasiz. Bu kitobni esa pochtangizga mana bu yerdan BEPUL yuklab olishingiz mumkin.
Qanday mening maqolam? Sizga maqulmi? Shuning bilan bugungi maqolam shu, fikr va mulohazalaringizni kommentariyalarda qoldiring. Xayr!
DESERTIGA: Miriqib dam oling (((