Blog Oxunjon Gaybullayeva

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog’lanadi?

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog'lanadi?


Salom blogimning qadrli foydalanuvchilari! Yana sizlar bilan kamina Oxunjon G’aybullayev. Bu maqolamda sayt yoki blogingizni Google Analyticsga bironta plagin ishlatmasdan qanday bog’lash haqida yozdim.

Google Analytics – saytingizning statistikalarini ko’rsatib boradigan Googlening servislaridan biri. Sayt yoki blogingizni yuritish davomida, ko’p marotaba bu servisdan foydalanasiz.

Plaginsiz buni qilish ko’pincha qiyindek ko’rinishi mumkin. Le’kin, quyidagi meni ko’rsatmalarimdan foydalansangiz, barchasi oson bo’ladi.

Agar bilsangiz plaginlar qancha ko’p bo’lsa, sayt shuncha sekin ishlaydi. Sizda shusiz ham plaginlar soni ko’payib ketgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham plagin ishlatmasdan bu ishni qilish yaxshiroq deb o’ylayman.

Axir plaginsiz Google Analytics va saytni bog’lashning iloji bo’la turib, nega plagindan foydalanishimiz kerak?

Endi, amaliy qismga o’tamiz.

Birinchi navbatda o’zingizning Google Analytics akkauntingizni yaratib olasiz va o’sha akkauntingiz va saytingizni bir-biriga bog’laysiz.

Google Analytics akkaunt ochish va plagin orqali shu akkaunt va saytni bog’lash haqida maqola yozganman. Google Analyticsingizni yaratishda kerak bo’ladigan ko’rsatma uchun manabu ssilkaga kiring va ishingizni bitirgandan keyin ya’ni o’z akkauntingizni yaratgandan keyin, xuddi manashu joydan o’qishda davom e’ting.

Akkauntingizni yaratgan zahotingiz quyidagi rasmda ko’rsatilgani kabi sizga ham kod beriladi. Rasmda qizil ramkaga olib qo’yilgan.

Manashu butun kodni kopiya (nusxa) qilib oling!

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog'lanadi?

Endi, WordPress admin sahifaga (Dashboard) kiring va buyerdan Appearance keyin Editorga kiring.

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog'lanadi?

O’ng tarafdan header.php faylini toping va unga kiring.

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog'lanadi?

header.php faylida bir qancha kodlarni ko’rasiz. Buyerda body tegidan keyin kopiya qilib olgan kodingizni o’tkazasiz, quyidagi rasmdagi kabi, keyin Update File tugmasini bosib o’zgarishni saqlab qo’ying!

Sayt Google Analyticsga plaginsiz oson usulda qanday bog'lanadi?

Shu bilan Google Analytics xizmatidan foydalansangiz bo’ladi.

Google analytics xizmatidan foydalanishni o’rgatadigan maqola ham yozmoqchiman. Bu maqola chiqqan payti xabaringiz bo’lishini xohlasangiz manabu ssilkaga kiring! Tushunmagan joyingiz yoki bog’lashda xatoliklar bo’lgan bo’lsa kommentariyada qoldiring va javobini kuting!

Google Analyticsda saytingizning statistikalari istaganingizdek chiqishini tilab sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: