Blog Oxunjon Gaybullayeva

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! — Avatar!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!


Assalomu aleykum blogimning o’quvchilari! Bugungi maqolada Internetda o’z avataringizga ega bo’lish hamda Gravatar nimaligi, undan qanday foydalanishning amaliy qismi haqida gaplashamiz.

Agar kuzatgan bo’lsangiz, saytlarda maqola ostida kommentariyalar (izohlar) da izoh qoldirgan odamning rasmini ko’rib qolasiz ba’zan. Bu narsaga avatar deyiladi, ya’ni avatar insonning tasviri yoki bo’lmasam biror belgi bo’lishi mumkin. Xuddi quyidagi rasmdagi kabi:

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Hozirda ko’plab chet elliklar bundan foydalanishadi. Lekin o’zbekcha saytlarda kamdan kam uchratasiz.

Buni sababi, shaxsiy avatar nimaligi, nega undan foydalanish kerakligi haqida ma’lumot kam bo’lganligi bo’lishi mumkin.

Ayni sabablarga ko’ra, bu maqolada shaxsiy avatar ochish to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.

Eng avvalo avatar ga’lati nomdek tuyulishi mumkin, masalan birinchi marta eshitganda AVATAR filmi ko’z oldingizga kelgan bo’lsa ajab emas (shaxsan menda shunday bo’lgan).(((

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Biroq, yuqorida aytganimdek, avatar sizning rasmingiz (ko’p hollarda odamlar o’z rasmidan foydalanishadi) yoki sizga ma’qul biron belgi bo’lishi mumkin.

Internetda o’z avataringiz bo’lishining eng foydali taraflaridan shuni aytish kerakki, bu sizni internetda oldin bor va keyin taniqli qila oladi.

Masalan sizda o’z avataringiz bor deylik, va shundan foydalanib bir necha joylarda (saytlarda, forumlarda va hokazo) qiziqarli va ayni zamonda kerakli fikr bildirish orqali o’zingizni tanitishingiz mumkin. Chunki, ismini esda saqlash qiyin bo’lsada, rasm yoki surat ko’z o'nggidan ketishi qiyin. Shu tarzda boshqa saytlardagi maqolalarga izoh qoldirib o'z sayt yoki blogingizga ham o'quvchi olib kelishingiz mumkin.

Xullas, agar siz ham avataringizni yaratsangiz, saytlarda izoh qoldirganingizda, rasmingiz chiqib turadi.

Shaxsiy avatarni qanday qilib yaratish mumkin?

Shaxsiy avatarni yaratishda Gravatar tizimidan foydalanamiz.

Gravatar – Globally Recognized Avatarning qisqartma shakli bo’lib uning ma’nosi «Jahonda tan olingan Avatarlar.» Bu tizim sizga o’z avataringizni yaratib beradi.

Bunda siz rasmiy saytga kirib bir marta ro’yxatdan o’tasiz va har doim izoh qoldirganda, sizning suratingiz ham ko’rinib turadi.

Bularni qadamba — qadam ko’rib, amalga oshirib chiqamiz.

gravatar.com (ruschasiga ru.gravatar.com deb qidiring) saytidan ro’yxatdan o’tamiz, bu uchun saytga kiring!

Bu yerdan quyi o’ng tomonda joylashgan Создайте собственный граватар tugmasini bosing!
Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Siz uchun yangi sahifa ochiladi, bunda agar sizda WordPress.com saytida profilingiz (ya’ni oldin ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz) bo’lsa, login parolingizni kiritib, profilingizga kirib davom etishingiz mumkin – quyidagi rasmda, 5 raqami bilan qizil rangda ko’rsatilgan ssilkaga kiring!

Agar siz haligacha WordPress.com saytida profilga ega bo’lmasangiz, unda formalarnni to’ldirib profil ochishingiz kerak bo’ladi:

  1. Elektron pochta manzilingizni kiritishingiz kerak bo’ladi.

Agar sizda pochtangiz bo’lmasa, mana sizga qo;llanmajar: .Mail.ru, Gmail.com, Yandex.ru  ochib olishingiz mumkin.

Shuni esda tuting! Siz hozir kiritgan pochtangizdan biron saytda izoh qoldirmoqchi bo’lganingizda foydalanishingiz kerak. Bilganingizdek, izoh qoldirishda pochta kiritish so’raladi, bunda faqat manashu pochtadan foydalansangizgina sizning avatar ishlaydi.

  1. Foydalanuvchi ismingiz, izohni manashi nomdan yozgan bo’lasiz.
  2. WordPress.com uchun parol kiriting! Parolni saqlab qo’yishni unutmang!
  3. Barcha so’rovlarni kiritgandan so’ng, Continue tugmasini bosing!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

So’ralgan narsalarni to’ldirib, Continue tugmasini bosib ro’yxatdan o’tishni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin, siz yuqorida kiritgan pochtangizga ochgan profilingizni aktivatsiya qilish uchun ssilka boradi. Siz pochtangizga kirib o’sha ssilkaga kirishingiz kerak, ya'ni quyidagi rasmdagi kabi Activate Accaunt tugmasini bosing!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Aktivatsiya qilib bo’lgandan keyin gravatar profil (akkaunt) tayyor va unga kirishingiz mumkin. Bu uchun Sign in to Gravatar tugmasini bosing!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Shu tarzda qayta gravatar.com saytiga tushasiz. Bu yerda esa yuqoridagi o’ng tomonda joylashgan ssilkaga kiring!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Sizdan pochtangiz, va keyin parolingiz kiritilishi so’raladi, ularni kiritib profilingizga kiring!

Boshlanishiga sizda rasm bo’lmaydi, uni qo’shish uchun Add one by clicking here tugmasini bosing!

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

To’rt xil usulda rasm joylashtirsangiz bo’ladi.

  1. Upload new – Kompyuterdan mavjud rasmni yuklash.
  2. From URL – Internetdan ssilkasini qo’yish.
  3. Past uploads – yuklab qo’yilganlardan o’rnatib qo’yish.
  4. From webcam – vebkameradan rasm olish.

Internetda qanday taniqli bo'lish mumkin! - Avatar!

Biron usulda rasm tanlab yuklaganingizdan so’ng, quyidagilardan birini tanlashingiz kerak, men birinchisini (G – har qanday saytda foydalanish mumkin) tavsiya qilaman. Tanlagandan keyin Set Rating tugmasini bosing!

Shu bilan rasmingiz ya’ni shaxsiy avataringiz tayyor. Sinash uchun maqola ostida izoh qoldiring albatta!

Agar tushunmagan joyingiz bo’lsa yoki boshqa fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring!

Maqola oxirida yana takrorlamoqchiman: Avataringizni ishlatish uchun izoh qoldirayotganingizda, profil yaratayotganda kiritgan pochtangizdan foydalaning! Chunki avatar shu pochtaga bog'langan bo'ladi.

Maqolani tugatishdan oldin saytimga OBUNA bo’lishingizni so’rayman, shunda yangi ma’qola chiqishi bilan xabar topasiz.

Endi esa sizlarga omad tilab xayrlashaman, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: