Blog Oxunjon Gaybullayeva

Xo’sh, sayt tayyor, keyinchi? Keyin esa keyingi ishlar!

Barchaga Salom! Bugun “Sayt tuzish tez va oson “ nomli mini kursimizga yakun yasaymiz va keyingi rejalarni tuzamiz…

Saytimiz kompyuter ichida tuzildi, ya’ni hali internetda mavjud emas. Bu maqolada saytni internetga chiqarguncha qilinadigan ishlar ro’yxatini tuzib ularni bajaramiz. Ko’rsatmani tushunish uchun Video yoki pastroqdagi matn formatdan foydalanishingiz mumkin:

To’g’ridan- to’g’ri internetga chiqarmasligimizning sababi shuki, saytimiz hali bo’sh. Shuning uchun hozircha host va domenga pul to’lashning ham hojati yo’q.

Biz hozir birinchi navbatta saytimizning sahifalarini to’ldiramiz, kamida o’n-o’n beshta noyob maqola yozamiz va saytimizning qolgan asosiy sozlamalarini qilib chiqamiz.

Bu qo’shimcha sozlamalar uchun ushbu saytda har biri uchun alohida maqolalar yozilgan.

Quyida ushbu maqolalar ro’yxati berilgan. Bularni tartibi bilan bajarib chiqing!

1. Asosiy plaginlarni o’rnatish va sozlash:

  1. WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o’rnatish kerak?
  2. All in One Seo pack plagini qanday o’rnatiladi va sozlanadi?
  3. WP-DB- Backup plaginini o’rnatish va sozlash, sayt fayllarini zaxiraga olish.

Shuningdek o’qish tavsiya  etiladi:

2. Saytning tarkibiy qismlarini qo’shish va to’ldirish

  1. Sahifa yaratish, menyu ochish, bo’lim tuzish, saytga maqola yozish va chop etish.
  2. Saytning aloqa formasini tayyorlash va sahifaga joylashtirish.
  3. Saytdagi barcha maqolalar ro’yxati qanday qilinadi?
  4. Maqola yozishning texnik tomoni va tarkibiy qismlarining joylashuvi. Maqola yozuvchi uchun texnik topshiriq, ya’ni TT. Qo’llanma!
  5.  Sayt uchun samarali SEO maqolasi qanday yoziladi? Saytga maqola yozishda asosiy talablar.
  6. O’xshash maqolalar ro’yxatini chiqarish.

Shu tarzda saytimizga 15-20 ta maqola yozib chop etamiz va keyin internetga joylashtiramiz. Kompyuterimizdagi saytni qanday qilib internetga yuklash to’g’risidagi maqolani o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!

Ushbu kursdan tushunmagan joylaringizni kommentariyada qoldiring, albatta javob olasiz. Men esa sizlar bilan hozircha xayrlashaman, uchrashguncha xayr!

Barcha ishlaringizga omad tilab, hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: