Blog Oxunjon Gaybullayeva

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Wordpress plaginlar to'plami


Salom, yana men Oxunjon. Bu maqolamda sizning WordPress sayt yoki blog yurutish faoliyatingizda kerak bo’ladigan plaginlar ro’yxatini yozdim.

Bu plaginlarning barchasidan shaxsan foydalanib ko’rmaganman, lekin, bu plaginlarning statistikalari juda baland. Shuning uchun plaginlarni o’rganib chiqdim. Bu plaginlar sizni sayt yoki blog yuritish faoliyatingizning turli vaqtiga to’g’ri kelishi mumkin.

Har bir plagin nima vazifani bajarishi va sizga nega kerakligi haqida malumot yozdim.

Quyidagi plaginlar ro’yxati:

  • All in One Seo Pack
  • WPForms
  • MonsterInsights
  • Wordfense Security
  • Related Posts
  • Akismet
  • WP-Optimize

Plagin qanday o’rnatishni bilmasangiz manabu «WordPress sayt yoki blogga qanday qilib plagin o’rnatish kerak?» nomli maqolamdan o’rganib oling.

Plagin o’rnatishdan oldin shuni bilib olishingiz kerak, sayt/blogingizga to’g’ri, kerakli plaginni o’rnatish juda muhim. Chunki, plaginlar soni ko’payib ketsa, sayt yoki blogingizning tezligi kamayadi. Bu esa sayt foydalanuvchilariga yoqmaydi.

Quyida berilgan har bir plagin haqida malumotni o’rganib chiqing va keyin aniqlang, sizga shu plagin hozir kerakmi yoki yo’q.

Endi esa plaginlar ketma-ketligini boshlaymiz.

 

  1. All in One Seo Pack.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Bu plagin sayt/blog yaratib bo’linganidan keyin birinchi o’rnatiladigan plaginlardan biri. Saytingizdagi kontentlar (maqolalar, videolar, rasmlar va hakazo) va qidiruv tizimlarini (Google, Yandex, Yahoo va hakazo) bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi.

Bu vazifani bajaradigan boshqa plaginlar ham bor, lekin, men bu plagindan o’zim ham foydalanyapman va yaxshi ishlayapti. Bu plaginni o’rnatish va sozlash haqida maqola ham yozganman, sizga bu plagin kerakligini sezgan bo’lsangiz, unda buyerga kiring! 

  1. WPForms.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Bu plagin o’quvchilaringiz va sizni bir-biringizga bog’lash uchun xizmat qiladi. Ya’ni WPForms WordPress uchun eng yangi aloqa forma plagini. Bu plagin sizga osonlik bilan aloqa formasi, e-mail obuna bo’lish formasi, buyurtma formalari, to’lov formalari, va boshqa onlayn turdagi formalarni  yaratish imkonini beradi.

Bularni bajarish uchun esa bir nechta tugmani bosishingizni o’zi yetarli.

Statistikalari ham ancha baland: hozirgacha 700000 dan ko’p o’rnatilgan.

  1. MonsterInsights.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

MonsterInsights WordPress uchun eng yaxshi Google analitycs plaginlardan biri.

Bu plagin sizning sayt/ blogingizni Google analyticsga bog’lab beradi. Xullas, siz o’z saytingizga tashrif buyuruvchilar haqida ko’proq o’rgana olasiz. Masalan, ular qayerdan kirayapti va saytingizda nimalar qilayapti, nima qidiryapdi.

Tashrif buyuruvchilarning nima qilayotganiga qarab saytingizni kuchaytirishingiz mumkin.

Hozirda bu plagin 1 mln dan ko’p marta o’rnatilgan. Statistikasi yomon emasa?

  1. Wordfence Security.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Xavfsizlik onlayn biznes egalari uchun har doim tashvish bo’lib kelgan. Wordfense Security plagini sizga katta himoya beradi. Bu plagin mutlaqo bepul va katta jamoa tomonidan boshqariladi. Agar siz sozlamalardan yaxshi foydalana olsangiz, keng qamrovli himoyaga ega bo’lasiz.  Masalan:

  • Xavfsizlik devori murakkab va qo’pol hujumlarini bloklab qo’yadi.

  • Xavfsizlik tekshiruvi xavfsizlik masalasida tezda sizni ogohlantiradi.

  • Tahdid Mudofa Feed, so’nggi xavfsizlik ma’lumotlariga ko’ra, Wordfence-ni yangilab turadi.

  • Mustahkam kirish xavfsizlik xususiyatlari.

  • Konfiguratsiya mumkin bo’lgan xavfsizlik ogohlantiruvi.

  • Traffikka oid va hujumlarga oid tushunchaga ega bo’lish.

  • Xavfsizlik hodisalarini qayta tiklash vositalari.

Bu plagin 1 mln dan ortiq o’rnatilgan.

 

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Bu plagin sayt yoki blogingizda o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatishda kerak bo’ladi. Sayt/blogga o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatish siz uchun ham o’quvchilaringiz uchun ham juda muhim. Yaxshisi bu plagin haqida ko’proq malumotni va qanday o’rnatishni mening “WordPressda saytga (blogga) o’xshash maqolalar ro’yxatini o’rnatish” nomli maqolamdan bilib oling!

  1. Akismet.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

Akismet WordPress ortidagi odamlar tomonidan ishlab chiqilgan plagin. Bu plagin WordPress o’rnatilishi bilan keladigan default plagin. Bu barcha kommentariyalarni tekshiradigan anti-spam plagin hisoblanadi.

Bu plagin sizga har bir kommentariya haqidagi malumotni yetkazib turadi, xullas ,siz qaysi kommentariya Akismet tomonidan spamga chiqarilganini bilib olasiz. Shubhali ssilkalarni ko’rib, o’chirib tashlash imkoningiz bo’ladi.

Bu plagin vebsayt yoki shaxsiy bloglar uchun bepul. Umuman olganda WordPress xavfsizligini saqlaydigan plaginlardan biri. Bu plagindan foydalanuvchilar 1 mlndan ortgan.

  1. WP – Optimize.

WordPress blog uchun 7 ta foydali plagin

WP – Optimize WordPress malumotlar bazasini tozalab turish uchun va WordPressni optimallashtirish uchun yaxshi plagin. U WordPressdan savollarsiz keraksiz malumotlarni avtomatik tarzda o’chirib turadi.

Sayt/ blogingizda siz bilmagan foydasiz malumotlar to’planib qolishi mumkin. Bu plaginni o’rnatish orqali barcha muammolaringiz yechiladi, u spam, javob qaytarilmagan kommentariyalarni, va trash postslarni o’chirib yuboradi.

Foydalanuvchilar soni 1 mlndan ziyod.

Yuqoridagi plaginlar sizning internet biznesingizni rivojlantirishda va boshqarishda yordam beradi.

Bular foydali plaginlarning bir qismi xolos, WorPress sayt/bloglar uchun minglab plaginlar yaratilgan va ular vaqt o’tgani sari yangilanib turibdi. Foydali plaginlar haqida malumot olib turishni istasangiz blogimga OBUNA bo’ling!

Plaginlarni o’rnatish yoki sozlash to’g’risida savollaringiz bo’lib qolsa kommentariyada qoldiring va javobni kuting! Sizning savollaringiz men uchun juda qimmatli, ehtimol sizdan keyin keluvchi o’quvchilar uchun ham foydali bo’lishi mumkin.

Hozircha maqolaga yakun yasaymiz, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 2
  1. AKRAMBEK

    HAMMASI ZOR AJOYIB YANGILIKLAR

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Raxmat! Foydasi tekkan bo’lsa xursandman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: