Blog Oxunjon Gaybullayeva

Wordpress plaginlar

TOP 7 WordPress plaginlari. Sayt shabloniga qo'shimcha funksiyalar qo'shish


Plaginlar har qanday saytning qulayligini oshirish, dizaynini yaxshilash, shuningdek, ko’proq foydalanuvchilarni jalb etishga xizmat qiladi.
Salom uzinfobiz.ru saytining doimiy o'quvchilari va mehmonlari. Bugungi maqolada WordPress sayt (blog) ingizni sifatli va qulay bo’lishini ta’minlovchi WordPress plaginlari haqida gaplashamiz. WordPress saytga plagin qanday o'rnatilishini bilsangiz kerak albatta, agar bilmasangiz mana bu yerdan o'qib oling: Plagin o'rnatish

WordPress sayt uchun foydali bo'lgan yana 7 ta plaginlar ro'yxati bilan manabu yerda tanishishingiz mumkin: Plaginlar.

Demak, asosiy mavzuni qaytamiz. Plaginlar ro'yxatining oxiridan boshlaymiz, ya'ni 7 chi nomerdan:

1. WP Advanced PDF

WP Advanced PDF

Ushbu plagin saytingiz foydalanuvchilariga maqolalarni PDF formatida yuklab olish imkoniyatini beradi. Foydali xususiyatlari:
• maqola PDF formatiga o’tkazilganda font (yozuv turi) ni o’zgartirish mumkin;
• avtomatik tarzda sahifaga sayt nomini yozib chop etish imkoni mavjud (Masalan, sahifaning bir burchagiga UZINFOBIZ.RU deb yozish mumkin).

2. Cyr-To-Lat

Cyr-To-Lat

Kirill alifbosida yozilgan belgilarni lotin alifbosiga o’tkazuvchi plagin.
Bu plagin yordamida sayt kontentini tez va oson kirill va lotin alifbolarida
chop etish mumkin. Foydali xususiyatlari:
• oldindan yozilgan maqolalarni avtomatik tarzda boshqa alifboga o’tkazadi;
• media to’plamdagi fayl nomlarini ham lotin alifbosida qayta nomlaydi.

3. Google Captcha (reCAPTCHA)

Google Captcha (reCAPTCHA) plagini

Hozirgi kunda ko’plab saytlar Google’ning reCAPTCHA xizmatidan foydalanadi. Sababi bu plagin saytning himoyasini kuchaytirib, uning xavfsizligini ta’minlaydi. Deyarli barcha internet foydalanuvchilari ushbu plaginga duch keladi. Plagin odatda 9 ta rasm ichidan biron-bir obyekt (yo’l belgisi, avtomobil) ni topishingizni so’raydi va shu orqali robot emas ekanligingizni tasdiqlaydi. reCAPTCHA plaginini akkauntga kirish, ro’yhatdan o’tish yoki izoh qoldirish bo’limlariga joylashtirishingiz mumkin. Foydali xususiyatlari:
• kuchli himoya;
• ishonchli IP manzillarni tekshirmaydi;
• turli xil dizaynga ega.

4. WooCommerce

WooCommerce plagini

O’z tadbirkorlik faoliyatini internet orqali amalga oshirishni ko’zlayotganlar uchun juda ham foydali plagin. Ushbu plagin WordPress yordamida onlayn do’kon
yaratishingizga va biznesingizni rivojlantirishingizga yordam beradi. Foydali xususiyatlari:
• foydalanish oson va qulay;
• ishning katta qismini plaginning o’zi bajaradi;
• sotiladigan mahsulotlarni kiritish, tahrirlash uchun boshqaruv panelida alohida “WooCommerce” nomli bo’lim paydo bo’ladi;
• onlayn tarzda buyurtmalar olish imkoni mavjud (buyurtmalar boshqaruv panelidagi “WooCommerce” bo’limiga, hamda sizning elektron pochtangizga jo’natiladi);

5. Meta Slider

Meta Slider plagini

Ushbu plagin yordamida saytingizga slayder joylashtirishingiz mumkin. Slayder tanlangan rasmlarni ma’lum vaqt ichida ketma-ket almashtirib turadi va sayt dizaynini oshirishga xizmat qiladi. Meta Slider pluginini o’rnatish orqali siz tez va oson slayder yaratish imkoniga ega bo’lasiz. Foydali xususiyatlari:
• oddiy va qulay interfeysga ega;
• rasmga sarlavha, havola va qo’shimcha matn qo’yish mumkin;
• to'liq kenglikdagi slaydni qo'llab-quvvatlaydi;
• rasmlar ketma-ketligini o’zgartirish oson;
• turli xil o’tish effektlari mavjud.

6. qTranslate X

qTranslate X plagini

Saytingizni 2 yoki undan ortiq tillarda yuritmoqchimisiz? Unda bu plagin siz uchun. Foydali xususiyatlari:
• saytni kki yoki undan ko’p tillarda yuritish;
• sayt kontentini lotin va kirill alifbosi harflarida chop etish;
• turli tildagi maqolalarni bir oynada tahrirlash;
• URL manzillarni tarjima qilish;
• sayt tilini oson va tez o’zgartirish.

7. Jetpack

Jetpack plagini

Jetpack plagini WordPress tomonidan tavsiya etiladigan va ko’plab foydalanuvchilariga ega bo’lgan plagin hisoblanadi. Bu plagin turli xil funksiyalarni o’z ichiga oladi.
Foydali xususiyatlari:
• saytga chiroyli dizaynga ega bo’lgan shablonlarni o’rnatish;
• katta hajmdagi rasm yoki video fayllarini tez yuklash;
• mukammal sayt statistikasi;
• kuchli himoya;
• saytni avtomatik zaxiralash.
Jetpack plaginining barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun pullik versiyalaridan birini tanlashingiz talab etiladi.

Agar yuqorida ko’rsatilgan plaginlarni o’rnatishda muammoga duch kelsangiz, Kommentariya bo’limida izoh qoldirishingiz mumkin.

Рейтинг
( No ratings yet )
Sher Khan/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 7
  1. Mirabbos

    Men biror bir sayt yaratmoqchi bo'lsam avtomatik harakatlarni qandey qilaman java tilini o'rganinsh kerak har xil belgili yozuvlar kiritish kerak deb o'ylardim aslida hammasini shu plaginlar orqali qilsa bo'larkan. Obmen sayt ochmoqchiman ungayam plagin bormi

    1. Oxunjon G'aybullayev

      Aslida bu plaginlarning qiladigan ishlarini, agar o'zingiz kodlashni bilsangiz, ya'ni html, php, java tillarini bilsangiz o'zingiz yozishingiz ham mumkin. Agar kodlashni bilmasangiz unda plaginlardan foydalansa bo'ladi, lekin saytda ko'p plagin ishlatishning ham sayt uchun zarari bor. Obmen saytga kelsak, ha unga ham har xil plaginlar topish mumkin.

  2. Sahobiddin

    Saytingiz menga yoqdi. Juda foydali ma'lumotlar bor ekan!

  3. Bedor

    Plaginlar Haqidagi Mavzudan O`zimga Kerakliklarini Oldim Zo`r Rahmad

    Adminga Taklifim Bor Edi Ilojini Qilib Internetda Pul Ishlash Uchun Video Tayyorlang Iltimos Taklifim Kwork Saytida Pul Ishlash Haqida Video Yarating Shunday Videolarni Men Sotib Olyapman Lekin Video Darslikni Tayyorlaganlar Yahshi Zo`r Tushunarli Qila Olishmagan Asosan Rus tilida ish Bajarish Bo`lgani Uchun Shundoq O`zlari Bajarib Ketishavergan Qisqasi Video KUrsni Sotib Olgan Pulimga 100% Rozi Emasman Ko`ngildagidek Emas Lekin Ilojim Yo`q Sizdayin Kishilar Sayt Yaratish Haqida Darslik Yaratib O`ltirishibdi Bu Ham Yahshi Lekin Men Aytgan Pul Ishlash Bo`lsa Edi Hoziroq Sotib Olar edim Kursni Balkim Sizham Qilmassiz Video Darslik Tayyorlovchilarga Bir nechtasiga Taklif Qilib Aytdim Qiyin Rus Tilini Yahshi Bilmaymiz Lekin Harakat Qilamiz Deyishadi Holos

    Hullas Tez Orada Video Ishlasangiz Yahshi Bo`lar Edi...

    1. Oxunjon G'aybullayev

      Salom! Taklifingiz uchun raxmat. Frilensir saytlarida pul ishlash uchun asosan kompyuterlar bilan bog'liq ishlar qo'lingizdan kelishi kerak, rus yoki ingliz tilini bilsangiz ham yaxshi bo'ladi. Kurs yozishga kelsak pul ishlashning texnik tomonlarini ko'rsatish mumkin ya'ni ish olish, topshirish va pul olish. Ishlar har turli bo'ladi, men qilib ko'rsatib beradigan ishlarni siz bilmasligingiz mumkin, shuning uchun bu to'g'risida kurs yozmaganman. Hozirda dasturlash tillari bo'yicha kurs yozishni boshladim. Shu sababli bu yaqin orada qo'lim tegmasa kerak.

  4. Nishonboy

    Salom Ohunjon q Translate X plaginida o'zbek tiga ham o'zgartirsa bo'ladimi

    1. SARDOR

      Ha albatta o'zbek tiliga o'ziz tarjima qilib chiqsangiz ham bo'ladi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: