Sayt kontentlaringizni o’g’irlashyaptimi? Bunga chek qo’ying!

rasm, maqola sarlavhalarni asrash


Assalomu-aleykum blogimning o’quvchilari.  Sizlar bilan yana men Oxunjon. Bu maqoladan qanday qilib WordPress saytdagi maqolalarni nusxa qilib olishlariga chek qo’yish to’g’risida o’qib o’rganib olasiz.
kontentlarga xujum

Maqolani oxirigacha albatta o’qib chiqing! Chunki bu sayt rivojlanishi uchun muhim.

Maqolani yozishimning asosiy sabablari shundaki, Yandex Webmasteri yordamida saytimga tashrif buyuruvchilarni kuzatayotganimda, ko’plab foydalanuvchilar maqolalarimni ko’chirib (kopiya, nusxa) olayotganini ko’rdim. Bunday foydalanuvchilar shu tarzda kerakli ma’lumotlarni tezda ko’chirib olishadida saytdan chiqib ketishadi.

Buning sizni saytingiz uchun bir nechita yomon tarafi bor.

Sayt kontentlarini ko’chirib olishning yomon tomonlari.

Sizning saytingizdan kontentni ko’chirib olib, boshqa bir saytda chop etilsa, siz qimmatli vaqtingizni sarflab tayyorlagan maqolalaringiz Internetda dublikat ( ikkita) bo’lib qoladi.

Bunda, agar nusxa qilib olgan odam sizdan chaqqonlik qilib oldin qidiruv tizimlarida (Google, Yandex) indeksdan o’tkazsa, qidiruv tizimlari maqola sizga emas, u odamga tegishli deb hisoblaydi. Natijada nusxa olganingiz uchun, qidiruv mexanizmlari tarafidan jazolanishingiz ham mumkin. Ya’ni sizga nisbatan turli xil sanksiyala qo’llashlari mumkin.

Bu esa saytingizning rivojlanishiga yomon ta’sir qiladi.

Shuningdek, foydalanuvchi saytda uzoq vaqt ushlanib turish o’rniga, yuqorida aytilgani kabi ko’chirib olib ishini bitirib tez chiqib ketsa, qidiruv mexanizmlari saytda turish statistikasini yomon statuslar bilan to’ldira boradi. Va bu bizni saytimizning qidiruv natijalarda yo’qolib borishga xizmat qiladi.

Buni oldini olish uchun WordPress plaginlaridan foydalanishimiz mumkin.

Bu vazifani bajaradigan ko’plab plaginlar mavjud, quyida siz shunday plaginlarni ko’rishingiz mumkin:

  1. WP Content Copy Protection.
  2. WP Content Copy Protection & No Right Click.

Lekin biz bu maqolada bitta plagindan foydalanishni ko’rib chiqamiz-WP Content Copy Protection& No Right Click.

Bu plaginning pulli va bepul versiyalari bor.

Bu plaginning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Kontentingizni tanlash va nusxalashdan himoya qiladi.

Sizning saytingizdan hech kim rasm saqlay olmaydi.

Sichqncha o’ng tugmasini bosish yoki kontekst menyu yo’q.

Rasm saqlash yoki o’ng tugmani bosishda ogohlantirish xabari, rasm reklama yoki HTML reklama ko’rsatadi.

CTRL+A, CTRL+C, CTRL+X, CTRL+S, CTRL+V yugmalarini o’chirib qo’ya oladi.

Kuchaytirilgan va qulay boshqaruv paneli.

Plagindan foydalanish uchun oldin uni o’rnatib, keyin uni faollashtirib olishimiz kerak bo’ladi.

WordPress admin panelimizda Plaginlar – Yangi qo’shish-ga kiramiz.

Qidirish maydoniga WP Content Copy Protection& No Right Click plagin nomini yozib qidiring! Plagin o’rnatish to’g’risidagi ko’proq ma’lumot uchun shu to’g’risida yozilgan maqolamni o’qib chiqing!

Kontentlarni himoyalash

Manashu yuqorida ko’rsatilgan plaginni o’rnatib faollashtirib oling!

Plagin faollashtirib bo’lingandan so’ng, uning ta’sirini saytingizda ko’rsangiz bo’ladi. Ya’ni saytingizdan biron narsani tanlab nusxalashtirmoqchi bo’lsangiz, ogohlantirish xabarini ko’rishingiz mumkin.

Plagin sozlamalarini Sozlanmalar menyusidan qilishingiz mumkin.

plaginni sozlash

Bu yerda asosiy qiladigan ishlaringizdan biri ogohlantirish xabarini o’zgartirish bo’lishi mumkin:

plagin sozlamalarini o'zgartirish

Boshqa narsalar standart shaklda yoqilgan bo’ladi. Ma’lumot uchun Enabled-yoqilgan, Disabled– o’chirilgan.

Biron o’zgarish qilgandan so’ng, Save Settings tugmasini bosishni unutmang!

Xullas bu plaginni o’rnatib bo’lgandan so’ng saytingizdagi kontentlarni hech kim o’g’irlay olmaydi.

Mana endi siz ham bilasiz, qanday qilib sayt maqolalarini himoya qilishni.

Maqola sizga yordam bergan bo’lsa xursandman va agar sizda boshqa savollar bo’lsa kommentariyada qoldiringKechikmasdan javob berishga harakat qilaman.

Blogimga OBUNA bo’ling, shu kabi maqolalar to’g’risida ma’lumotga birinchilardan bo’lib ega bo’la olasiz.

Endi esa xayrlashamiz, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev

 

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 6 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Comments: 2
  1. Asadbek Asqaraliyev

    Salom Ohunjon aka. Ko’p internet saytlariga kirsak WordPressda tuzilgan saytlarda xato so’zni ko’rsangiz crtl+enter ni bosib to’g’irlang deb yozishadi. Buni qanday qilish kerak yani crtl+enterni bossa xato so’zni to’g’irlash mumkin bo’lgan plagin qaysi

    0
    1. Oxunjon G'aybullayev (автор)

      Valekum. Men bilganim manashu plagin, Mistape. Lekin mening shablonimda ishlamadi, sababi, maqolalar kopiya qilib olinmaydigan qilingan. Plaginni ishlatib ko’ring va javobini shu yerga yozing. Plaginning sozlamalari oddiy. Boshqa yo’llari ham bor, yani script o’rnatib ham qilsa bo’ladi lekin men o’zim qilmaganman.

      0
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: