Blog Oxunjon Gaybullayeva

Saytdagi barcha maqolalar ro’yxati qanday qilinadi? Sayt mundarijasi

Bitta sahifadagi barcha maqolalalar


Salom blogimning o’quvchilari! WordPress saytdagi barcha maqolalar ro’yxatini bitta sahifa ostida chop etishni ikkita plagindan foydalangan holda ko’rib chiqamiz.

Saytda maqolalar ro'yxatining ko'rinishi

Ko’plab sayt yurituvchilar sayt maqolalarini bir sahifada ko’rsatishni ma’qul ko’rishadi. Chunki, bu sayt foydalanuvchilarga shu saytdagi maqolalar to’g’risidagi ma’lumot berish uchun yaxshi imkoniyat. Ya’ni foydalanuvchi shu tarzda maqolalar ichidan o’ziga kerakli maqolani topa olishi mumkin.

Bu ishni qilishning ko’p usullari bor: plaginlar yordamida, qisqa kodlar yordamida. Bu maqolada plagindan foydalanib bu ishni qilishni ko’rib chiqamiz.

1-USUL. Display Posts Shortcode plaginidan foydalanish.

Birinchi qiladigan ishingiz Display Posts Shortcode plaginini o’rnatish va faollashtirishdir. Plagin o’rnatish to’g’risida ko’proq ma’lumot uchun wordpress plaginni qanday o’rnatish to’g’risidagi maqolani o’qing!

Plaginlar-Yangi qo’shish-ga kirib plagin nomini qidirsangiz, quyidagi plaginni topasiz.

maqolalar ro'yxatini aks etadigan plaginni o'rnatish

Bu plaginda sozlash uchun sozlanmalar mavjud emas.

Plagin faollashtirilganidan so’ng, maqolalar o’rnatmoqchi bo’lgan sahifaga boring yoki yangi sahifa ochish. Keyin quyidagi kodni sahifa tekst maydoniga kiriting! Kodni kiritayotganda maydon moduli Tekst-da bo’lishi kerak ya’ni Visual-da emas.

[display-posts posts_per_page=»1000″ order=»DESC»]

Bu kod oddiygina maqolalringizning sarlavhalar ro’yxatini ko’rsatadi. Bir sahifada 1000 ta maqolani ko’rsatish uchun sozlangan.

Agar sizda mingdan ortiq maqola bo’lsa, koddagi 1000 sonini o’zgartirib ro’yxatni kengaytirishingiz mumkin.

Siz shuningdek maqolalar mundarijasini teskarisiga ko’rsatishingiz ham mumkin, bu uchun koddagi “DESC” so’zini “ASC”-ga o’zgartiring!

2-USUI. Simple Yearly Archive plagindan foydalanish.

Yolg’iz bir sahifada barcha maqolalarni ko’rish ko’p vaqt olashi mumkin. Siz har bir yilning ro’yxatini ko’rsatish orqali buni to’g’irlashingiz mumkin. Keyin foydalanuvchilar o’sha yil chop etilgan maqolalarni kengaytirish va ko’rish uchun yil ustiga bosishi mumkin.

Birinchi qiladigan ishingiz Simple Yearly  Archive plaginini o’rnatish va sozlash.

Yiliga qarab maqolalarni ko'rsatadigan plagin o'rnatish va sozlash

Faollashtirishdan so’ng, Sozlanmalar-dan Simle Yearly Archve-ga kiring!

kichik, ixtiyoriy sozlamalarni qilish

Bu yerda ochilgan sahifa yordamida turli xil sozlamalar qilishingiz mumkin.

Maqolalar ko'rinishi

Plagin sizga maqolalar ro’yxatini turli xil ko’rish imkonini beradi. Ularni har yilgi arxivlarga ssilkalar orqali ko’rsatishingiz mumkin, yoki ularni yig’iladigan yillarda ko’rsatishingiz mumkin.

Agar siz yig’iladigan yillar ostida ko’rsatishni xohlasangiz, unda yuqoridagi rasmda ko’rsatilgani kabi “Oldin/Keyin (“Yil” sarlavhasining)” to’g’risidagi formaga <div>, </div> kiriting!

Plaginning boshqa sozlamalari ixtiyoriy. O’zingizning extiyojlaringizga ko’ra sozlashingiz mumkin.

O’zgarishlarni saqlash uchun quyidagi Sozlanmalarni yangilash tugmasini bosishni unutmang!

Endi bir sahifada barcha maqolalar sarlavhasini ko’rsatish uchun, siz tanlagan sahifangizga  [SimpleYearlyArchive]  kodini kiriting! Faqat shuni unutmang, Tekst modulida bo’lishi kerak.

Tekst muduli

Bu sahifada “Yangilash” tugmasini bosib, saytingizni ham yangilaganingizdan so’ng  o’zgarishlarni ko’rishingiz mumkin.

Umid qilamanki siz bu maqolani foydali deb topdingiz, shu kabi saytdagi muhim sahifalardan biri bu aloqa sahifasi ya’ni sayt foydalanuvchilaringiz bilan aloqada bo’lib turadigan sahifa. Siz bunda aloqa formasini ochasiz.

Shu to’g’risida yozgan maqolam sizni qiziqtirsa, bu ssilkaga kiring!

Saytingizdagi maqolalar mundarijasini bir sahifa ostida ko’rsatib o’quvchilaringizga oson foydalanish uchun xizmat ko’rsating! Maqola yuzasidan tushunmagan yozingiz yoki qo’shimcha fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Blogimga OBUNA bo’ling! 

Maqola oxiriga keldik, xayrlashamiz, xayr!

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 2
  1. Zoir Shokirov

    Assalomu alaykum

    Bizni saytni ochish uchun to’liq registrasiyada yangilanish bo’lmay to’xtab qoldi siz aytgan joylarga parol va loginni kiritib ko’rdim lekin «слишком мало знаков в логине» yozuv chiqib pastida OK belgisini bosib yuborsam yana parol va loginni to’ldirish saxifasiga qaytib o’tib qolmoqda sizdan iltimos vaqt topib menga telefon qilib yuboring
    +998916834488

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. To’g’risini aytsam sizga umuman tushunmayapman. Keling bunday qilamiz, izma iz qilinadigan ishlarni men nomerlar bilan yozib chiqaman, siz o’qib qayerida problema bo’layotganini aytasiz keyin problemani yechamiz.

      1 mchostda ro’yxatdan o’tish

      2. Hostga pul o’tkazish

      3. domen registratsiya qilasiz.

      4. WordPress o’rnatasiz.

      5 Yoki yuqoridagi hammasini qilib bo’lib, boshqatdan saytga kirishda problema bo’lyapdimi

      Siz qayerda problemaga duch kelganingizni bilishim uchun qilgan ishlaringizni birma bir nomer bilan yozsangiz yaxshi bo’lardi, Masalan: 1 ch McHost.ru saytida ro’yxatdan o’tdim. 2 chi domen uchun pul o’tkazdim va hokazo…

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: