Blog Oxunjon Gaybullayeva

Google nimaligini bilasizmi? Google qidiruv mexanizmi algoritmi qanday ishlaydi?

Google qidiruv tizimi bilan tanishuv


Salom bo’lajak infobiznesmenlar. Men Oxunjonman. Bu maqolamda har bir onlayn biznes qurmoqchi bo’lgan inson bilishi kerak bo’lgan mavzu haqida gapirmoqchiman – Google va Google qidiruv algoritmi.

Ha, Google (qidiruv mexanizmi) ning qidiruv algoritmini onlayn biznes (veb-sayt, shaxsiy blog) qurayotgan odam bilishi shart. Chunki, shu biznesingiz davomida SEO bilan o’rtoqlashishingizga to’g’ri keladi.

Oldin Google nimaligini bilib olaylik.

Google Amerika qidiruv mexanizmi kompaniyasi bo’lib, 1998-yilda Sergey Brin va Larry Page tomonidan yaratilgan.

Hozirda butun dunyo bo’yicha onlayn qidiruvlarning 70% dan ko’pi Google tomonidan amalga oshiriladi.

Google nimaligini bilasizmi? Google qidiruv mexanizmi algoritmi qanday ishlaydi?

Google onlayn qidiruv firmasi sifatida o’z ishini boshlagan edi, biroq, hozir u 50 dan ortiq Internet xizmatlari va mahsulotlariga ega internetdagi eng katta kompaniyalardan biri.

Lekin, biz bugun Googlening qidiruv mexanizmi qanday ishlashini o’rganamiz.

Google har yili qidiruv mexanizmi ishlash tarzini bir necha yuz marta o’zgartiradi. Bunda, uning asosiy maqsadi malumot izlaganlarga yaxshi xizmat ko’rsatish ya’ni qidirgan narsasini topib berish va o’zining obro’sini yanada oshirish.

Sayt yoki blog egasi Googlening ishlash tarzini, qidiruv natijalarida uning sayti oldingi toplarda chiqish uchun bilishi kerak. Shunda sayt/blogiga odamlar kelishini taminlay oladi.

Google nimaligini bilasizmi? Google qidiruv mexanizmi algoritmi qanday ishlaydi?

Google qidiruv tizimining ishlashi deganda, malumot qidirilganida yoki savol so’ralganida, sayt yoki bloglarga ssilkalar qanday chiqishi tushuniladi.

Endi, Googlening qidiruv natijalari ortida qanday algoritm yotganini ko’rib chiqamiz.

Aslida algoritmga tarif beradigan bo’lsak, shunday deyishimiz mumkin:

“Xohlangan natijaga erishish uchun hisoblangan qadamlar to’plami”

Google so’ralgan savol yoki malumotga,umuman so’rovlarga to’g’ri javob qaytarishi uchun 5 katta bosqichli algoritmni bajaradi.

So’zlarni analiz qilish.

Qidiruvga mosligini tekshirish.

Foydali sahifalarni saralash.

Kontekstni ko’rib chiqish.

Eng yaxshi natijalarni qaytarish.

So’zlarni analiz qilish.

Qidiruvning manosini tushunish, yaxshi natija qaytarish uchun muhim nuqta hisoblanadi. Malumotga aloqador sahifalarni topish uchun, qidiruvdagi so’zlarni analiz qilish birinchi qadam.

Bu jarayonda, Google sizning imlo xatolarga yo’l qo’yishingiz mumkinligi va bir so’zning ko’p manoli bo’lishi mumkinligini hisobga olgan va javoban, sistemalar ishlab chiqqan.

Qidiruvga mosligini tekshirish.

Keyin, Google sizning so’rovlaringizga mos tushadigan malumotlarga ega veb sahifalarni qidiradi. Biron narsa qidirganingizda, Google algoritmi mos sahifalarni topish uchun o’sha indeksdagi qidiruv shartlariga qaraydi. Ular bu kalit so’zlar sahifada qanday va qayerida paydo bo’lishini analiz qiladi, masalan: title (nomi), headings (sarlavhada) yoki o’sha tekstning tana qismida.

Shuningdek, mos kalit so’zlarni topishda, algoritmlar foydalanuvchi qidirayotgan narsaga qidiruv natijasi qanday yaxshi mos tushushini aniqlash uchun logikaga e’tibor beradi.

Google nimaligini bilasizmi? Google qidiruv mexanizmi algoritmi qanday ishlaydi?

Masalan, siz “mushuk” deb qidirganingizda, har holda siz yuz marta “mushuk” so’zi yozilgan sahifani kutmaysiz. Shu sababli, Google shunchaki savolni qaytaradigan emas, balki, savolga javobni o’z ichiga oladigan sahifani qidiradi.

Bunda, qidiruv algoritmlari o’sha sahifaga mos kontentlarni ( mushukning rasmlari, videolar yoki mushuk yeydigan ozuqalar ro’yxati va hakazo) o’z ichiga oladimi yo’qmi tekshiradi.

Google nimaligini bilasizmi? Google qidiruv mexanizmi algoritmi qanday ishlaydi?

Eng oxirida, qidiruv algoritmi topilgan sahifa savol bilan bir xil tildaligini tekshiradi,

Foydali sahifalarni saralash.

Odatda, bir so’rov uchun aloqador malumotlarga ega yuzlab, minglab va hattoki millionlab veb sahifalar bor. Eng yaxshi sahifani saralash uchun, Google o’sha sahifalar qandayligini aniqlashda algoritmlardan foydalanadi.

Ushbu algoritmlar vebdagi eng yaxshi ma'lumotni yuzaga chiqarish uchun yuzlab turli omillarni tahlil qiladi, kontentlarning yangiligidan, qidiruv so'zlarning paydo bo'lishiga va sahifaning yaxshi foydalanuvchi tajribasiga ega ekanligiga qadar.

Agar boshqa mashhur saytlardan o’sha sahifaga ssilka berilgan bo’lsa, bu sahifa yuqori sifatga ega ekanligining yaxshi belgisidir.

Internetda qidiruv natijalarida yuqoriga chiqishga harakat qiluvchi ko'plab spam-saytlar mavjud va ular kalit so’zlarni takror-takror ishlatishadi. Bu saytlar Googlening foydalanuvchilarini noto’g’ri yo’lga boshlashi mumkin yoki ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli, Google bunaqa saytlarni aniqlaydigan va qidiruv natijalaridan o’chirib yuboradigan algoritmlar ishlab chiqqan.

Kontekstni ko’rib chiqish.

Manzilingiz, oldingi qidiruv tarixingiz va qidiruv sozlamalaringizning barchasini bilgan holda, Google sizga ayni vaqtda nima mosligini aniqlaydi.

Google ayni paytdagi manzilingizni bilib, sizga qaysi tilda murojaat qilishi kerakligini ko’rsatadigan algoritmlardan foydalanadi.

Eng yaxshi natijalarni qaytarish.

Natijalarni bajarishdan oldin, Google barcha malumotlarning birgalikda mos tushushiga baho beradi: qidiruv natijalari orasida faqat bitta mavzu bormi yoki ko’pmi? Google qidiruv uchun eng foydali bo’lgan malumotlar to’plamini yetkazib berishga intiladi.

Xullas, yuqorida malumotlar ro’yxati paydo bo’lgunicha bo’ladigan umumiy ishlarni ko’rib chiqdingiz. Endi blogingizni shunga mos tarzda yurutsangiz, blogingiz birinchi toplardan joy olishi osonlashadi.

Bu maqoladan chiqib ketishdan oldin blogimga OBUNA bo’lganingizga ishonch hosil qiling, chunki, keyingi maqolalar Googlega o’xshagan boshqa qidiruv mexanizmlari haqidagi bo’ladi. O’tkazib yubormang!

Hozircha xayrlashamiz, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: