Salom do’stlar!! Sizlar bilan men Oxunjon. VKontakte ijtimoiy tarmog’ining har bir foydalanuvchisi ham bu nafaqat do’stlar bilan muloqot qilish vositasi, shu bilan birga webmasterlar uchun kuchli vosita ekanligini bilmaydi. Hatto sayt yaratishda kichik bilimingiz bilan ham Vkontakte orqali resorslaringizni birlashtirishingiz mumkin. Vkontakte sizga ya’ni sizning sayt yoki blogingizga qo’shimcha traffik ( qatnov) olib keladi.
Xullas, bu maqolamda sayt yoki blogga VKontakte Community (jamoa) vidjetini qanday o’rnatishni ko’rsatmoqchiman.
Jamoa vidjeti VK jamoasi bilan saytingizni bog’laydi. Sizning foydalanuvchilaringiz sahifani tark etmasdan VK ga obuna bo’lishlari mumkin.
Bu vidjet foydalanuvchilarning do’stlarini, jamoaga ergashadigan yoki tasodifiy foydalanuvchi rasmlarini ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, a’zolarning demografik statistikasini izdoshlar sonini bosish orqali ko’rishingiz mumkin.
Shu bilan bir qatorda, vidjet rasmlar o’rniga jamoa yangiliklarini ko’rsatishi mumkin.
Modulni pastga siljitsangiz, eski xabarlar avtomatik ravishda yuklab qo’yiladi.
Buni qanday qilish mumkin?
Vkontakte saytiga boring!
Ro’yxatdan o’ting, (o’z VK akkauntingizni yarating) agar hali ham o’tmagan bo’lsangiz:
VK.com saytiga kiring va ro’yxatdan o’tish uchun formani to’ldiring!
O’zingizga tushinarli bo’lishi uchun sahifa tilini o’zgartiring:
O’z akkauntingizdan “Разработчикам” (Dasturchilar) bo’limiga kiring!
(Rasmlarda bosqichlar aniq ko’rsatilgan).
Bu yerda siz manabu sahifani ko’rasiz. Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, “Показать все” ga kiring!
Bunda barcha vidjetlar turini ko’rsangiz bo’ladi. Xohlagan turdagi vidjetni tanlashingiz mumkin. Jamoaviy vidjet uchun “Сообщества”ga kiring.
Kirganingizdan so’ng, sal pastroqqa tushsangiz, rasmdagi kabi formani ko’rishingiz mumkin. Va shunga e’tibor bering, Bu sizning IDyingizmi yoki yo’qmi ya’ni qizil ramka bilan ko’rsatilgan ssilka.
Men o’rnatganimda umuman boshqa ID chiqdi, va keyin o’zimnikini topib o’rniga qo’ydim! O’zingizning IDingizni bilish uchun, o’z vkontakte sahifangizga kiring:
Bu sahifaning yuqorisida URLda ID ni ko’rasiz.
Bu ssilkani to’laligicha kopiya qilib oling va oldingi ssilkani o’chirib yuborib, o’sha o’zingiznikini joylashtiring!
Bu sahifada vidjetning ko’rinishini o’zgartirishingiz mumkin. O’zingizga mozlaganingizdan so’ng, qizil ramka bilan ko’rsatilgan kodni ko’chirib oling.
Kodni nusxa qilib olganingizdan keyin, WordPress adminga va bu yerdan “Appearance” à “Widgets” ga kiring!
O’zingiz xohlagan vidjetni sayt yoki blogingizning ikkita qismiga joylashtirsangiz bo’ladi: 1- saydbar (yon panel), footer (quyi panel).
O’zimnikini saydbarda o’rnatganman va sizga ham shuni ko’rsataman.
“Widgets” sahifasida “Text” ga kiring:
Text formasida:
Endi, vidjet uchun “Title” (sarlavha) ni to’ldiring va albatta Text modulga o’ting (kod text modulda yozilishi shart).
Pastdagi sohaga esa kopiya qilgan kodingizni o’tkazing va Save tugmasini bosing!
Saytingizni obnavit (yangilash) qilsangiz, vidjet ham ko’rinadi:
Oxirgi ish, vidjetning pozitsiyasini xohlaganingizcha o’zgartirsangiz bo’ladi. Widgets sahifasida xohlagan positsiyangizga joylashtirsangiz bo’ladi.
Ish yakunlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar sayt yoki blogning rivojlanishida katta rol o’ynaydi, shu sababli bular haqida malumot yozishda davom etaman, keyingi maqolalarim ham shular to’g’risida bo’ladi, o’tkazib yubormang OBUNA bo’ling!
Agar sizda o’rnatishda muammo bo’lib qoladigan bo’lsa, bemalol kommentariyada qoldirsangiz bo’ladi.
Endi esa xayrlashamiz, omad, muvaffaqiyatlar!
Xurmat bilan, Oxunjon G’aybullayev.