Blog Oxunjon Gaybullayeva

Men nega Mchost hosting xizmatini tavsiya qilaman?

Host tanlash



Salom blogimning o’quvchilari! Sizlar bilan yana Oxunjon. Sayt ochishda albatta eng yaxshi veb hosting xizmatidan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Ushbu maqolada ham o’zim foydalanadigan host xizmati to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.

Men nega Mchost hosting xizmatini tavsiya qilaman?

Hosting – bu sayt fayllarining internetdagi joyi hisoblanadi. Sayt fayllarini hostda joylashtirgandan keyingina, saytdni internetda chop etsak bo’ladi, va keyin butun dunyo bo’ylab saytimizga foydalanuvchilar kirishi mumkin.

Yaxshi host tanlash borasida Mchostni tavsiya qilmoqchiman. Bundan o’zim anchadan buyon foydalanib kelaman. Maqolani oxirigacha oqing va u haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ling!

Mchost runetda eng ko’p foydalaniladigan o’nta yaxshi hosting xizmatlar reytingi ichida birinchilardan turadi. Chunki juda ko’plab qulayliklari mavjud, bulardan asosiylari:

3 oy davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish. Bu tariflariga qarab amalga oshiriladi.

Manabu ssilkani bosib rasmiy saytiga kirsangiz, sal pastroqda Mchost tariflariga ko’zingiz tushadi.

Mchost to’rt xil tarifga ega:

Men nega Mchost hosting xizmatini tavsiya qilaman?

Mak-1 – Bu tarifda 1 GB joy, bitta sayt va bitta ma’lumotlar bazasidan foydalanishingiz mumkin.

Mak-10 – Bu tarifda 10 GB joy, beshta sayt va beshta ma’lumotlar bazasidan foydalanishingiz mumkin.

Mak-15 – Bu tarifda 15 GB joy, o’n beshta sayt va o’n beshta ma’lumotlar bazasidan foydalanishingiz  mumkin.

Mak-30 – Bu tarifda: 30GB, 40 ta sayt va 40 ta ma’lumotlar bazasi.

To’lovlarni oylik yoki yillik ravishda to’lab borishingiz mumkin va to’lov narxlari tanlagan tarifingizga va to’lov uslubingizga qarab bo’ladi. Masalan: Birinchi tarif Mak-1ni tanlaydigan bo’lsangiz va to’lovni ham oylik tarzda amalga oshirib bormoqchi bo’lsangiz, bu sizga 59 rublega tushadi.

Bir to’la yillik to’lab qo’ysangiz, oyiga 59 dan emas 52dan hisoblanadi va natijada 84 ruble pulingizni tejab qolasiz.

Men nega Mchost hosting xizmatini tavsiya qilaman?

Men sizga eng boshlanishida manashu tarifni tavsiya qilaman, tarifingizni keyinchalik ham o’zgartirishingiz mumkin.

Blogimda bepul hostdan foydalanish yo’llari to’g’risida ham maqola yozaman.  Blogimga OBUNA bo’lsangiz, maqola chop etilishi bilan pochtangizga xabar boradi.

Xizmat bo’yicha muammolar bo’ladigan bo’lsa ham YORDAM bo’limi orqali tezda muammoyingizni hal qilishingiz mumkin bo’ladi.

Mchostda hosting qilishdan tashqari domen olish imkoniyatingiz ham mavjud. Va yana agar siz saytingizni sayt tayyorlashda xizmat qiladigan platformalardan foydalanib yaratmoqchi bo’lsangiz, bunday platformalarni osongina o’rnatib olishingiz mumkin.

Xullas, bu hosting xizmatidan o’zim anchadan buyon foydalanib kelaman va avzallik ko’pligini har doim his qilaman.

Bu hosting xizmatidan foydalanib sayt tayyorlash to’g’risida bepul mini kitob ham yozganman. Siz bu kitobdagi ko’rsatmalardan foydlanib o’z saytingizni internetda chop etishingiz mumkin.

Ha, aytgancha kitobda qanday qilib 3 oy davomida hostdan bepul foydalanish to’g’risida to’liq ma’lumot berilgan.

Kitobni ushbu ssilkaga kirsangiz, yuklab olishingiz mumkin, yoki bo’lmasa KURSLAR sahifasidan olsangiz ham bo’ladi.
O’ylaymanki siz bu yaxshu host haqida kerakli ma’lumotni oldingiz, tajribani esa foydalanganingizdan so’ng olasiz. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, marhamat pastda kommentariyada qoldiring!

Yana bir marta blogimga OBUNA bo’lishingizni so’ragan bo’lardim, shunda saytda chop etiladigan maqolalardan xabardor bo’lib turasiz

Ollohdan barchamizning ishimizga rivoj tilab sizlar bilan hozircha xayrlashaman, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: